O’zbekiston Milliy universiteti delegatsiyasi Fransiyada
O’zbekiston Milliy universiteti deligatsiyasi Erasmus dasturi doirasida Fransiyaning Tur universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida universitetning til va adabiyot hamda gumanitar fanlar fakulteti dekanlari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda o’quv jarayonini tashkil qilish, kredit-modul tizimi, professor-o’qituvchilarning samaradorlik ko’rsatkichlari bo’yicha fikr almashildi. Shuningdek universitet axborot resurs markazida talabalarning mustaqil ta’limini tashkil qilish, loyihalar ustida ishlash hamda o’qituvchilarning til o’qitish metodikasi bo’yicha tajribasi o’rganildi.