15 ta fakultet. 80 ta kafedra. 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi. Talabalar soni 30 000+. Professor-o‘qituvchilar soni 2 000+. Bitiruvchilar soni 200 000+.

Genetika kafedrasi

Boboyev Sayfulla - Kafedra mudiri

 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

 Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00

 +998 90 903-02-33

 email: boboyev.1979@mail.ru


Genetika kafedrasida o‘qitiladigan fanlar

Fan nomiFan xaqida qisqacha ma’lumot
Bakalavriatura
1.SitologiyaTirik  organizmning asosiy tarkibiy qismi-hujayra to‘g‘risida har tomonlama  chuqur bilim berish, prokariot va eukariot hujayralarning tuzilishi asoslari,  xususiyatlari, hujayra evolyusiyasi bilan o‘zaro bog‘liqlik jihatlarini tanishtirishdan iborat.
2.Genomika asoslariTirik organizm genomlarni sekvens qilish, genlarning struktura va funksiyalarini o‘rganish bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlari, genom darajasida yaratilayotgan yangi texnologiyalar ularning qonuniyatlari va prinsiplari to‘g‘risida bilim berishga qaratilgan.
3.Genetika va genomika asoslari  Barcha tirik organizmlar uchun  xos bo‘lgan irsiyat, irsiylanish va o‘zgaruvchanlik va boshqa genetik  qonuniyatlarni o‘rgatish, tirik organizm genomlarini sekvenirlash hamda genlarning struktura va funksiyalarini o‘rganish, genom darajasida yaratilayotgan yangi texnologiyalar, ularning qonuniyatlari va prinsiplari to‘g‘risida bilim berishdan iborat
4.Evolyusiya nazariyasiOrganik olamning rivojlanish qonuniyatlarini, hayotning paydo bo‘lishi, uni idora etishning umumiy qonuniyatlari, yangi turlarning paydo bo‘lishi va ularning xilma – xiligi, evolyusiyaning harakatlantiruvchi kuchlari, tirik organizmlarning moslanish qonuniyatlari va prinsiplari to‘g‘risida, tirik tabiatning xarakatlanishi va rivojlanishida insoniyatning o‘rni xaыida bilim berishdan iborat.
5.Seleksiya asoslariqishloq ho‘jaligining asosiy ekinlarining kelib chiqishi, genetik resurslardan foydalanish, seleksiya usullari, nav, zot yaratish mexanizmlari, turli duragaylarda belgi va xususiyatlarning irsiylanish qonuniyatlarini, nav sinovini o‘tkazish   haqida zamon talablari darajasida bilim berishdir
Magistratura
1.Biologiyaning dolzarb muammolariFanning o‘qitishdan maqsad talabalarni biologiya sohasidagi dolzarb muammolar va zamonaviy tadqiqotning istiqbolli yo’nalishlari bilan tanishtirish.  
2.O‘simliklar genetikasi  O‘simlik dunyosi uchun xos belgi va xususiyatlarni avloddan-avlodga berilishida irsiy va noirsiy omillar ta’sirida belgilarni yuzaga chiqishi, irsiyat va o‘zgaruvchanlik qonuniyatlarini o‘rganishda klassik va zamonaviy usullardan foydalanishning o‘ziga xos tomonlari, ilg‘or zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash orqali yangi intensiv o‘simlik navlarini yaratishga qaratilgan masalalarni o‘rganish va ularni xal etishdan iborat
3.O‘simliklar eksperimental mutageneziO‘simliklardagi o‘ziga xos irsiyat va belgilarning irsiylanishidagi qonuniyatlar, genetik tahlil, seleksiya jarayoni uchun boshlang‘ich material va uning nav yetishtirishdagi ahamiyati hamda genlarni aniqlash va ularni klonlash usullari bilan tanishtirishdan iborat.  
4.Odam va hayvonlar genetikasi  odam genetikasining tadqiqot metodlari, odam xromosomalarining irsiyat va irsiylanishdagi roli, odamdagi  gen, xromosoma va genom kabi irsiy kasalliklarni diagnostika qilish va qo‘llaniladigan usullarni o‘rgatish, ipak qurtining ko‘payish xususiyatlarini, genetik chatishtirishlarni, mutant va duragay avlodlarini tahlil qilish va hayvonlar seleksiyasining genetik asoslari haqida bilim berishga qaratilgan.
5.SitiogenetikaGenetik materialning sitogenetik darajasidagi tuzilishi, tarkibi, - metotik va meyotik xromosomalarning morfologiyasi, xar ikkala bo‘linishdagi o‘ziga xos  qonuniyatlar, xromosomqismlari, rekombinatsiya mexanizmlari, uzoq duragaylarda meyozning xususiyatlari  haqida bilim berishdan iborat

Tadqiqotchilar va ilmiy ishlar to‘g‘risida

Tadqiqotchi professor-o‘qituvchining F.I.Sh.Ilmiy darajasi, unvoniDissertatsiya ishi mavzusi
1Boboev Sayfulla G‘afurovichb.f.d., katta ilmiy xodimMurakkab turlararo duragaylash orqali g‘o‘zaning ko‘p genomli yangi duragaylarini yaratish va xususiyatlarini ochib berish
2Bekmuxamedov Abduqayum Azimovichb.f.n.Izuchenie kombinirovannogo deystviya gamma luchey i fitogormonov na liniyax geneticheskoy kolleksii xlopchatnika vida G.hirsutum
3Miraxmedov Mirvaxob Sodiqovichb.f.n., katta ilmiy xodimIzuchenie nasledovanie strukturnыx osobennostey kusta na inbrednыx liniyax geneticheskoy kolleksii xlopchatnika
4Yakubov Iskandar Toxirovichb.f.n., katta ilmiy xodimRizobnal bakteriyalarni molekulyar-genetik taxlili
5Abdulov Ildar Abdulxaevichb.f.n.Izmenchivost yachmeniya pod deystviem ximichiskix mutagenov v razlichnix vыsotnыx zonax
6Boboxo‘jaev Shuxrat Umarovichb.f.f.d.(PhD)Sitogeneticheskiy analiz form s zameщeniyami otdelnыx xromosom u xlopchatnika  vida G.hirsutum L.
7Axmedova Dilfuza Xudoyberdievna Nasledovanie ustoychivosti xozyaystvenno -sennыx priznakov u gibridov xlopchatnika na iskusstvenno zarajyonnыx a,v rasami vыrtitsilleznogo vilta
8Gulmirzaeva Kumush Kadirbergan qizi Identifikatsiya univalentnыx xromosom u novыx monosomnыx liniy xlopchatnika G. hirsutum L. s pomoщyu translokatsionnыx markerov
9Amanturdiev Ikrom G‘ulomovichb.f.d., katta ilmiy xodimEkologo-geografik uzoq g‘o‘za duragaylarida biotik omillarga tolerantlikning genetik jihatlari va ayrim biokimyoviy ko‘rsatkichlar bilan bog‘liqligi
10Sanam’yan Marina Feliksovnab.f.d., katta ilmiy xodimSitogenetika translokantnыx i monosomnыx rasteniy xlopchatnika G. hirsutum L.
11Ernazarova D.B.f.n., doktorantGossypium  L.  turkumiga mansub ayrim madaniy allopoliploid turlarning genetik xususiyatlari va ularning filogeniyasi bilan bog‘liqligi
12Toshpo‘latova G.K.Tayanch doktorantTurli genetik asosga ega g‘o‘za oila va tizmalarining vilt va tuprok sho‘rlanishiga bardoshliligi
13Norova S.U.Tayanch doktorantIdentifikatsiya xromosom v mejxromosomnыx obmenax s pomoщyu nabora testernыx liniy s pronumerovannыmi xromosomami
14Oripova B.B.Tayanch doktorantG‘o‘zada gullash genlarini molekulyar tavsiflash va funksional o‘rganish
15Ergashev Sh.D.Tayanch doktorantOdam papilomavirus infeksiyasi profilaktikasi uchun rekombinant vaksina va uni olish usuli
16Abduqodirov M.Tayanch doktorantTut ipak qurtining ikki noallel Z-letallar bo‘yicha muvozanatlangan va pillaning yuqori sifat ko‘rsatkichlariga ega genetik tizmalarini olish usulini ishlab chiqish
17Asadov F.S.Tayanch doktorantMolekulyar markerlar yordamida bug‘doyning turli ekologik geografik guruxlariga kiruvchi navlar orasidagi genetik bog‘liqlikni tahlil qilish
18Narkizilova G.NTayanch doktorantG‘o‘zaning G.hirsutum. L turi duragaylarida ayrim morfoxo‘jalik belgilarini irsiylanish qonuniyatlarini ananaviy va zamonaviy uslublar asosida aniqlash

Mahalliy va xorijiy hamkorlar bo‘yicha ma’lumot

Hamkor tashkilotlar  va markazlar nomiHamkorlikdan kuzlangan maqsad
1.O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika    O‘quv jarayoniga malakali mutaxassislarni jalb etish,  hamkorlikda, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash bakalavr va magistr talabalariga laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish, amaliyotlar olib borishni yo‘lga qo‘yish; Kafedraning tayanch doktorantlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrlarning molekulyar darajadagi tadqiqotlarini bajarish uchun shart-sharoitlar yaratish, ilmiy rahbar va maslahatchilar belgilash asosida yosh kadrlarni tayyorlash va hamkorlikda ilmiy loyihalar, o‘quv adabiyotlari  va maqolalar yozish hamda  ilmiy sohani rivojlantirish; Hamkorlikda ilmiy loyihalar tayyorlash, ilmiy anjumanlar, davra suhbatlari, seminarlar tashkil etish.
2.O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi  Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti markazi
3.O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi qoshidagi Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot  instituti
4.O‘zbekiston Respublikasi ipakchilik va qorakulchilikni rivojlantirish qo‘mitasi Ipakchilik ilmiy-tadqiqot  instituti
5.  O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi
 Xalqaro hamkorlik
6.Belorus davlat universiteti A.D.Saxarov nomidagi Xalqaro Davlat ekologiya instituti
7.M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti
8.Tojikiston Fanlar Akademiyasi Pomir biologik instituti
9.Navosbirsk  sitologiya genetika instituti

Kafedra tarkibi

F.I.Sh.LavozimiIlmiy darajasi va unvoniO‘rindosh
1Boboev Sayfulla G‘afurovichKafedra mudiri, professor v.b.b.f.d., katta ilmiy xodimAsosiy
2Bekmuxamedov Abduqayum AzimovichKatta o‘qituvchib.f.n.Asosiy
3Miraxmedov Mirvaxob SodiqovichDotsent b.f.n., katta ilmiy xodimAsosiy
4Yakubov Iskandar ToxirovichDotsent b.f.n., katta ilmiy xodimAsosiy
5Abdulov Ildar AbdulxaevichKatta o‘qituvchib.f.n.Asosiy
6Boboxo‘jaev Shuxrat UmarovichO‘qituvchib.f.f.d.(PhD)Asosiy
7Axmedova Dilfuza XudoyberdievnaKatta o‘qituvchi Asosiy
8Gulmirzaeva Kumush Kadirbergan qiziO‘qituvchi Asosiy
9Amanturdiev Ikrom G‘ulomovichDotsentq/x.f.f.d.(PhD),  katta ilmiy xodimichki o‘rindosh (3 kurs doktorant)
10Sanam’yan Marina FeliksovnaProfessor v.b.b.f.d., katta ilmiy xodimichki o‘rindosh (loyiha rahbari)
11Kushanov Faxriddin NematullaevichDotsentb.f.d., katta ilmiy xodimtashqi o‘rindosh
12Raximov Atanazar KarimovichProfessor v.b.p.f.d., dotsenttashqi o‘rindosh
13Nasrillaev Baxtiyor UbaydullaevichProfessorq/x.f.d., professortashqi o‘rindosh
14Turaev Ozod SunnatalievichDotsentb.f.f.d.(PhD),  katta ilmiy xodimtashqi o‘rindosh
     

Kafedra tarixi

  • Kafedra 1920 yilda “Sitologiya” bo‘limi sifatida tashkil topgan. Bulim boshlig‘i prof. Pavel Aleksandrovich Baranov.  
  • 1925 y-“O‘simliklar morfologiyasi va biologiya” kafedrasi nomi bilan atalgan. Kafedra mudiri prof. P.A.Baranov.
  • 1938 y-“O‘simliklar morfologiyasi va anatomiyasi” kafedrasi nomi bilan atalgan. Kafedra mudiri prof. P.A.Baranov.
  • 1945 y-“Darvinizim va seleksiya” kafedrasi nomi bilan atalgan. Kafedra mudiri prof. I.A.Raykova.
  •  1950 y-“Darvinizim vagenetika” kafedrasi nomi bilan atalgan. Kafedra mudiri prof. I.A.Raykova.
  • 1961-1981 yy. “Darvinizim,genetika eksperimental morfologiya”  kafedrasi nomi bilan atalgan.  Kafedra mudiri prof. I.A.Raykova.
  • 1974 y - Kafedra qoshida g‘o‘zaning xususiy genetikasi laboratoriyasi tashkil qilindi. Laboratoriya mudiri sifatida b.f.d., prof. Musaev D.A. faoliyat olib borgan.
  • 1982-1988 y. “Darvinizim,genetika eksperimental morfologiya”  kafedrasi nomi bilan atalgan. Kafedra mudiri b.f.n., dos. M.F. Abzalov.
  • 1989-2014 yy. “Genetika va sitoembriologiya” deb nomlangan. Kafedra mudiri akademik D.A.Musaev.
  • 2015 y.  “Genetika va sitoembriologiya” deb nomlangan. Kafedra mudiri b.f.n. Latipova E.
  • 2016-2017 yy. “Genetika va kompyuter biologiya” deb nomlangan. Kafedra mudiri b.f.n., dos. Xalbekova X.U.
  • 2018 yildan hozirgi kungacha “Genetika” kafedrasi deb nomlanib, Kafedra mudiri sifatida b.f.d., dos. Boboev S.G‘. faoliyat olib bormoqda.

Kafedraning asosiy ilmiy yo‘nalishlari

  • G‘o‘za va boshqa qishloq xo‘jalik ekinlarida sifat va miqdor belgilari genetikasining fundamental  va amaliy muammolarini o‘rganish;
  • G.hirsutum g‘o‘za genetik kolleksiyasini izogen, mutant, introgressiv va sitogenetik liniyalaridan samarali foydalanish va genofondni boyitish;
  • G‘o‘zaning morfogenetik determinatsiya va xo‘jalik jixatdan ahamiyatli belgilarni irsiylanishini o‘rganish asosida tola sifati va hosildorligini oshirishning genetik asoslarini ishlab chiqish;
  • Kafedra qoshidagi ilmiy laboratoriyada olib borilayotgan genetika, sitoembriologiya, molekulyar genetika va an’anaviy genetika  yo‘nalishidagi tadqiqotlar rivojlantirish, yangi navlar yaratish va joriy etish;
  • Kafedrada o‘simliklar, hayvonlar va odam genetikasi bo‘yicha chuqur ilmiy tadqiqotlar olib borish va  rivojlantirish;
  • Genetika sohasida bilimli, iqtidorli yosh kadrlarni tayyorlash.

Kafedraning asosiy yutuqlari

Kafedra biruvchilari qatorida 75 ta fan nomzodlari, 15 ta fan doktorlari va 2000 dan ortiq genetik va botanik mutaxassislar.

Kafedrada mustaqillik yillarida M.F.Abzalov, M.F.Sanamyan, Boboev S.G‘., Raximov A.K., Nasrillaev B.U., Amanturdiev I.G‘. lar doktorlik, I.A.Abdulov, E.Sharipova, M.S.Mirahmedov, A.K.Raximov, A.A.Bekmuxamedov, Z.N.Usmanova, V.V.Gulin, Yu.Petlikova, E.Raxmatulina, Sh.Xayitova, Sh.U.Boboxo‘jaevlar nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qildi. 

Kafedra professori 2012-yilda Sanamyan M.F. xalqaro “TWAS” grantiga sazovor bo‘lgan. D.A.Musaev boshchiligida chop etilgan “Genetika va seleksiya asoslari” darsligi “Yilning eng yaxshi darsligi muallifi-2014” tanlovida sertifikat bilan taqdirlangan.

      2019-2020 yillarda  Genetika kafedrasida I.A.Abdulov  X.U.Xalbekovalarning “Hujayra biologiyasi” darsligi,  A.K.Raximovning “Evolyusion talimot” fanidan pedagogik tajriba-sinov o‘tkazish materiallari, I.G‘.Amanturdiev, S.G‘.Boboev, T.A.Raximovlarning “G‘o‘za genetikasi va seleksiyasida biotik stress omillarga tolerantlik” hamda M.F.Sanamyanning “Sitogenetika mutatsiy, translokatsiy, monosomii i mejvidovoy gibridizatsii u xlopchatnika” monografiyalari hamda V.B.Fayziev, D.X.Axmedova, M.S.Abdullaeva, D.T.Jovlievalarning o‘quv-uslubiy qo‘llanmalari chop etildi.

          So‘nggi 3 yil davomida kafedra xodimlari hamda O‘zR FA Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ITI olimlari  hamkorligida SP-1303, Kamolot-79, SP-Kamolot, SP-7333, S-8292, S-9088, ATM-1 kabi g‘o‘za navlari yaratilgan. Kafedra xodimlari hamkorlikda yaratilgan g‘o‘za navlari va  “G‘o‘za urug‘lariga ekishdan oldin ishlov berish usuli” kabi ixtirolari uchun 10 dan ortiq patent olingan. 2019-2021 yillarda hamkorlikda yaratilgan 3 ta g‘o‘za navi istiqbolli topilib, ishlab chiqarishga joriy etilgan.

G‘o‘za gulini tasiflash va ma’lumotlarni statistik qayta ishlash bo‘yicha “Florews”,  g‘o‘za changini fertilligini aniqlash bo‘yicha “Pollen”, O‘zMU sitogenetik kolleksiya liniyalarini tavsiflash bo‘yicha “G‘o‘zaning G.hirsutum L. turiga mansub noyob sitogenetik kolleksiyaning elektron katalogi” dasturlari ishlab chiqilgan va mualliflik guvohnomalari olingan.

a) Fundamental dasturlar doirasida:

VA-KXF-5-027 “Murakkab turlararo duragaylarning donorlik qobiliyatini sitologik jihatdan baholash”. 2017-2020 yy. Loyiha rahbari: M.F.Sanamyan.

F-OT-2021-155 raqamli“G‘o‘zaning Gossypium barbadense dan Gossypium hirsutum ga xromosomasi almashinuvi asosida yangi qimmatli-ho‘jalik belgilariga ega liniyalar yaratish” 2021-2026 yy. Loyiha rahbari: M.F.Sanamyan.

b) Amaliy dasturlar doirasida:

ITD-8.№A-8-6 raqamli “G‘o‘za genetik koleksiyasining istiqbolli liniyalari va qurg‘oqchilikga chidamli yangi navlar seleksiyasidatakomillashtirilgan usullarni qo‘llash”. 2015-2017 yy. Loyiha rahbari: A.A.Bekmuxamedov.

OT-A-QX-2018-379 raqamli “G‘o‘zaning G.hirsutum L. turi tola sifatini yaxshilash, maqsadli duragaylashda G.barbadense L. turining turlararo aniq gomolog xromosomalardan alohida almashtirish uchun maqsadli duragaylashda foydalanish”. 2018-2020 yy. Loyiha rahbari: M.F.Sanamyan.

OT-A-QX-2018-348 raqamli «G‘o‘zani yangi  introgressiv murakkab turlararo duragaylaridan foydalanish asosida tola sifati IV –tipga mansub bo‘lgan  tezpishar, tola chiqimi yuqori, viltga chidamli belgilari majmuasiga ega tizma va navlarini yaratish» 2018-2020 yy. Loyiha rahbari: S.G‘.Boboev.

 v) Ilmiy noyob ob’ekt doirasida:

Ilmiy noyob ob’ekt: “G‘o‘za belgilarining sintetik gen manbalari bo‘lmish izogen, introgressiv, mutant va sitogenetik liniyalarni genetik kolleksiyasi” mavzularida tadqiqotlar olib borilmoqda. Ilmiy rahbar: A.A.Bekmuxamedov.

           2019-2021 yillar davomida kafedra jamosi tomonidan10 ta dan ortiq patent (hamkor tashkilotlar olimlari bilan), 3 ta mualliflik  guvohnomasi, 80 dan ortiq OAK jurnallarida moqolalar, 34 ta xorijiy, shu jumladan “Web of Science Core Collection”, “Scopus” ma’lumotlar bazasida indekslangan jurnallarda 10 ta ilmiy maqolalar chop etildi. 2021 yilning o‘zida 2 nafar biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 1 nafar doktorlik (DSc) dissertatsiyalari himoya qilindi.


“GENETIKA” maktabi (G‘o‘za genetikasi xususiy laboratoriyasi)

MUSAEV JO‘RA AZIMBOEVICh-genetika maktabining asoschisi Atoqli genetik olim, O‘zbekiston Respublikasi FA akademigi (1984), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatganfan arbobi (1980), biologiya fanlari doktori (1973), professor (1975). 

D.A.Musaevni asosiy ilmiy ishlari g‘o‘zaning belgilarini va xususiyatlarini irsiylanishga genetik kolleksiyani yaratib shu muommolariga  yo‘naltirilgan.G‘o‘zaning xususiy genetikasi labaratoriyasi yaratilgandan so‘ng kafedrada g‘o‘zaning 500 ga yaqin gomozigot liniyalar yaratilgan, ular dunyo bo‘yicha qabul qilingan va G.hirsutum L.g‘o‘zani turi bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi. Bu ilmiy maktab zaminida g‘o‘za genetikasining fundamental va amaliy muammolari bo‘yicha amalga oshirgan ilmiy tadqiqot ishlarining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat bo‘lib, ular tobora rivojlanmoqda:

          O‘zFA akademigi prof. Musaev D.A boshchiligida g‘o‘za genetik kolleksiyasidan tashqari xromosomalardagi alohida genlarni identifikatsiyalash natijasida g‘o‘zaning G.hirsutum turiga mansub o‘simliklarning monosom  va translokatsion liniyalar kolleksiyasi yaratildi. Bu kolleksiya AQSh da yaratilgan kolleksiyadan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.

Musaev D.A. rahbarlik qilgan “Genetik” maktabda 40 ta fan nomzodlari va 5 ta fan doktorlari dissertatsiyasi himoya qilingan. Akademik D.A. Musaev 170 ta maqola muallifi, 2 ta muallif va 2 ta hammualiflikda darslik, bir qator darslik va ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar chop etilib, bakalavr va magistrant genetika yo‘nalishida tayyorlanganlar. Maktab tashkil etilgandan beri genetik kolleksiya yaratilishidan tashqari bir nechta yangi navlar (Navbahor, Armug‘on, Bag‘dod, Farovon) yaratilgan.

  Yuqoridagi ishlari natijasida buyuk genetik olim D.J.Musaev 1991-yil “Yuksak xizmatlari uchun” ordeni, 1998 yil “El yurt hurmati” medali, 2003 yil “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni  va 2012-yilda “1-darajali Davlat mukofoti” bilan taqdirlangan.


XALQARO HAMKORLIK

Genetika kafedrasida 2021 yilda xorijiy davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish tashkilotlaridan ko‘plab olimlar o‘quv jarayonlariga taklif etildi. Ravi Prokash Dani-b.f.d., professor “Gene Scan” kompaniyasi prezidenti, Umidjon Shopulatov –b.f.d., Singapur milliy universiteti tadqiqotchisi, Yusupov Shamshaddin-q.x.f.n., M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti dotsenti, Abdulamonov Qozimamad –q.x.f.d., akademik, Tojikiston Fanlar Akademiyasi Pomir biologik instituti, Barno Rizaeva –Lebnis Gannover tadqiqotchisi bakalavriat va magistr talabalariga ma’ruzalar olib bordi. 


Kafedraning taniqli professor-o‘qituvchi va bitiruvchilari

Yuldashev S.X. - O‘zbekiston fanlar Akademiyasi O‘rtaosiyo bo‘limining prezidenti, Rossiya Akademiyasining qishloq xo‘jalik fanlari akademigi.

Abdullaev A.A. - O‘zFA akademigi, O‘zFA prizidumi a’zosi, O‘zFA Genetika va O‘EB instituti laboratoriya mudiri.

Jalilov O.J.- O‘zFA akademigi, O‘zFA Genetika va O‘EB instituti laboratoriya mudiri.

Abzalov M.F. - O‘zFA Genetika va O‘EB instituti laboratoriya mudiri, Nyu-York Akademiyasining akademigi.

Ravi Prokash Dani- Hindiston Akademiyasining akademigi, AQSh Genetika Instituti laboratoriya mudiri.

Sultonov A.S. - Qozog‘iston Fanlar akademiyasining akademigi, Qozog‘iston Ekologiya va eksperimental biologiya instituti rektori

Vlasova N.A. - O‘zFA akademigi.

Turaev A.M. - Vena Universiteti professori.