Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Geokimyo va mineralogiya kafedrasi

Xoshjanova Kamila – Kafedra mudiri

 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

 Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00

+998 97 746-18-75

e-mail: kamila-kh@mail.ru


GEOKIMYО VA MINERALOGIYa KAFEDRASI TARIXI VA ASOSIY FAOLIYaTI

Geokimyo va mineralogiya kafedrasining tarixi 1924 yildan boshlanadi. Professor A.S. Uklonskiy tashabbusi bilan 1927 yilda alohida Mineralogiya kafedrasi sifatida shakllangan va 1974 yilgacha kafedra mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.”Petrografiya” kafedrasi 1952 yilda tashkil etilgan bo‘lib, 1983 yilgacha E.M.Isamuxamedov mudirlik qilgan.

Mineralogiya kafedrasining asoschilari 1920 yilda MDU bitiruvchisi akademikA.S.Uklonskiy, petrografiya va litologiya kafedrasi – 1942 y. akademik V.I.Popovlar bo‘lgan.Ushbu kafedradan mineralogiya, geokimyo, petrografiya ixtisosliklari bo‘yicha V.I.Popov, I.X.Xamrabaev, T.N.Dalimovlar akademik unvonlariga ega bo‘ldi, 10 dan ortiq doktorlik dissertatsiyalari himoya qilindi (R.I.Koneev, A.A.Koldaev, A.A.Kustarnikova, L.N.Lordkipanidze X.D.Ishbaev, R.T.Dalimov, R.A.Xalmatov va b.), 100 ga yaqin – nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Bitiruvchilar orasida aksariyati ishlab chiqarishda yetakchi mutaxassis sifatida faoliyat olib bormoqda. Kafedradan yetishib chiqqan bitiruvchilar universitetda rektor (akad.T.N.Dalimov), prorektor, dekan (X.D.Ishbaev, E.E.Igamberdiev, A.Z.Umarov) lavozimlarida ish olib bordi.

So‘ngi 30 yil mobaynida kafedraga T.N.Dalimov, X.D.Ishbaev, R.I.Koneev, O.Qo‘shmurodov, A.Z.Umarov, K.K.Xoshjanvovalar mudirlik qilgan.

 Zamonaviy talablarga muvofiq holda hozirgi kunda kafedralar birlashtirilib “Geokimyo va mineralogiya” kafedrasi nomi bilan yuritiladi.


Bakalavriatura ta’lim yo‘nalishi:

  • 5141200 – Geokimyo

Magistratura mutaxassisliklari:

  • 70530507 – Geokimyo, foydali qazilma konlarini  qidirishning geokimyoviy usullari
  • 70530509 – Mineralogiya va  kristallografiya
  • 70721601 – Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi (kon turlari bo‘yicha)

Doktorantura (PhD Dsc) ixtisosliklari:

  • 04.00.02 – Qattiq foydali qazilma konlari geologiyasi,  qidirish va razvedkaci. Metallogeniya va geokimyo
  • 04.00.03 – Geotektonika va geodinamika, Petrologiya va litologiya.

KAFEDRADA O‘QITILADIGAN FANLAR

Fan nomiFan haqida qisqacha ma’lumot
Bakalavriatura
1Mineralogiya va kristallografiyaMinerallarning iqtisodiyot va sanoatning turli tarmokdarida amalda ishlatilishida va ularning yangi turlarini ochishda, fizik xususiyatlarini, ularning kimyoviy tarkibi va kristall tuzilishi bilan bog‘liqligini o‘rganishdan iborat.
2PetrografiyaTog‘ jinslarini strukturasi va teksturasi, morfologik shakllari, xosil bo‘lish sharoitlarini va petrografik xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
3Foydali qazilmalar geologiyasiFoydali qazilmalar konlarining turlari va ularni hosil bo‘lish sharoitlari, hamda konlarni shakllanish va Yer po‘stida joylashish xususiyatlari, turli genetik guruhlarga oid metalli va nometall foydali qazilmala konlarining geologik tuzilishi va ulardagi ma’danli minerallar paragenezislarini o‘rganishdan iborat.
4GeoximiyaMinerallarni tashkil etuvchi kimyoviy elementlar, kimyoviy elementlarning yer po‘stida, turli tog jinslarida tarkalishi, kimyoviy elementlarning to‘planish sabablari ularning kelib chikishi xakidagi barcha masalalarni uz ichiga oladi.
5Uran mineralogiyasi va geokimyosiUran minerallarning yuzaga kelish sharoitlarini, ularning fizik-kimyoviy xususiyatlari bo‘yicha diagnostika qilish, minerallarining paydo bo‘lish sharoitlariga ko‘ra paragenetik mineral assotsiatsiyalarini ajratishdan iborat.
6Petrokimyoviy tadqiqot usullariTog‘ jinslaridan olingan namunalarni turli xil kimyoviy analizlar uchun tayyorlashga, kimyoviy analiz natijalarini taxlil qilish va ularga ishlov berishda qo‘llaniladigan petrokimyoviy usullarni, tog‘ jinslarining kimyoviy tarkibiga hamda geokimyoviy hususiyatlariga oid ma’lumotlarga ishlov berish natijalarini majmuaviy tahlil qilish va to‘g‘ri talqin etishni o‘rganishdan iborat.
7Mineralogik tadqiqot usullariFoydali qazilma konlaridagi turli bosqichdagi minerallarni qayta ishlash ma’dan va noma’dan konlarini  mineralogik va geokimyoviy usullar orqali tekshirish va olingan natijalarni talqin qilishdan iborat.
8Nodir va tarqoq elementlar geokimyosiNodir va tarqoq elementlarning magmatik, pegmatit, gidrotermal va metamorfgen jarayonlardagi miqdori, to‘planishi va siljishi sabablarini o‘rganishdan iborat.
9Petrografik tadqiqot usullariMagmatik tog‘ jinslarining optik hususiyatlarini, minerallarning strukturasi va teksturasini, minerallar assotsiatsiyalarini o‘rganishdan iborat.
10MineragrafiyaTog‘ jinslaridagi ma’danlarni mikroskopik usullar bilan tadqiq qilish, ma’danli minerallarning optik hususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
11Zargarlik toshlari mineralogiyasiQimmatbaho va zargarlik toshlarni to‘g‘ri aniqlashning asosiy usullarini bilish hamda ularni qayta ishlab, bezak berish, sayqal berish va jilo berish usullarini o‘rganiishdan iborat.
12Ma’danlarni baholashda texnologik mineralogiyaFoydali kazilmalarni kazib olish va kayta ishlashda texnologik jarayonlarni, texnologik jarayonlarda minerallarning xatti-xaraktini anglashdan iborat. Boyitish jarayonida ishlatiladigan minerallarning texnologik xususiyatlari va boyitish jarayonlariga ta’sir kiluvchi minerallarning kimyoviy va strukturaviy xususiyatlarini o‘rganiishdan iborat.
Magistratura
1Kristallografiya va kristallokimyoKristallarning yuzaga kelish sharoitlari, kristallar haqidagi umumiy tushunchalar, geometrik kristallografiya, laboratoriya sharoitlarida kristallografik proeksiyalarni talqin qilishni, kristallarni o‘rganishdagi turli mikroskoplar, binokulyarlar va aniqlovchi qo‘shimcha asbob-uskunalar foydalanishni bilishdan iborat.
2O‘zbekiston ma’dan konlar geokimyosiO‘zbekistonning mineral xom-ashyo bazasi va uning istiqbollari, ma’danli konlarning geokimyoviy tiplari, ma’dan konlarini qidirishda geokimyoviy usullar, mineralogik-geokimyoviy assotsiatsiyalar turlari va geologik jarayonlarda kon hosil qilish sabablari o‘rganishdan iborat.
3Evolyusion geologiyaErning tadrijiy rivojlanishidagi (evolyusiyasidagi) turli xil jarayonlarni aniqlash va o‘tmishdagi geodinamikaviy vaziyatlarni rekonstruksiyalashda (qayta tiklashda) qo‘llaniladigan usullar yordamida olingan ma’lumotlarni tahlil qilish va talqin etishdan iborat.
 Nanogeokimyo asoslariNanogeokimyo – elementlarning tarqalishi, konsentratsiyasi va elementlarning topilish shaklini ppm-ppb  (106-109 tonna) miqdorini o‘rganadigan geokimyoning bir sohasidir. Bular oltin, tellur, selen, vismut, surma, simob va boshqa kabi elementlarni, nano, mitti o‘lchamda o‘rganadi nanogeokimyo fanining nazariy va amaliy bilimlarini rivojlantirish va nanogeokimyoviy tekshirish usullari – kimyoviy, spektral, ratsional, massa spektrometrik, rentgen fazasi, infraqizil spektrometrik, elektron zond tahlillari bilan tanishishni o‘z ichiga oladi.
4Radioaktiv va nodir yer elementlari mineralogiyasiRadioaktiva va nodir yer elementlarining mineral shakllarini aniqlash, ularni fizik-kimyoviy xususiyatlari bo‘yicha diagnostika qilish, minerallarining paydo bo‘lish sharoitlariga ko‘ra paragenetik mineral assotsiatsiyalarini ajratishdan iborat.
5Qidirishning shlixli tahlil usullariShlixli usullar yordamida olingan namunalarni tegirmonlarda maydalash, ulari laboratoriyalarga topshirish, solishtirma og‘irliklari yuqori bo‘lgan minerallarni aniqlash, talabalarga siyrak va siyrak yer minerallarni xamda boshqa metalli ma’danlarni qidirishda shlix taxlil usulini muvaffaqiyatli qo‘llay olishini o‘rganishdan iborat.
6GemmologiyaQimmatbaho va zargarlik bezak toshlarning fizik va kimyoviy xususiyatlarini o‘ragnish,  zargarlik toshlarini o‘rganishda dala va laboratoriya usullaridan foydalanish, rangli toshlardan xalq xujaligida bezak toshlar sifatida foydalanish, bezak  toshlar mineralogiyasi, bezak toshlarning optik xususiyatlari, bezak toshlarga sayqal berish usullari, toshlarga  ishlov berishda qo‘llaniladigan asbob-uskunalar bilan ishlash usullarini o‘rganishdan iborat.
7MinerageniyaEr qobig‘ining asosiy strukturaviy-formatsion zonalarini paydo bo‘lishi va rivojlanishining zamonaviy tushunchalari, ushbu strukturalarga xos bo‘lgan geologik va ma’dan formatsiyalarining o‘ziga xos turlari, turli miqyosli bashorat-metallogenik xaritalarni tuzish metodikasini o‘rganishdan iborat.
8PetrogeokimyoTog‘ jinslarining kimyoviy tarkibiga hamda geokimyoviy hususiyatlariga oid ma’lumotlarga ishlov berish natijalarini majmuaviy tahlil qilish va to‘g‘ri talqin etishga o‘rgatish orqali talabalarda tegishli bilim, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
9Metallogeniya va foydali qazilma konlarini muayyan bashoratlash  Turli ierarxik birliklarga mansub hududlarda maqsadga yo‘naltirilgan loyihalarni taklif etish va geologik-qidiruv ishlarini zamonaviy talablar doirasida ishonch bilan tashkil etish qobiliyatiga ega mutaxassislar tayyorlashdan iborat.
10Mineral xom ashyo bazasini o‘zlashtirish nazariyasiO‘zbekistonda mustaqillik yillarida shakllangan mineral xomash’yo negizini rivojlantirish va o‘zlashtirish tizimi, uning amal qiladigan konunlari, tamoyil, talab va geologik axborotni qabul qilish tartibini talabalarga o‘rgatishdan iboratdir.  
11Geologiya-qidiruv ishlari bosqichlarida geologik-iqtisodiy baholashO‘zbekistonda mustaqillik yillarida shakllangan mineral xomash’yo negizini rivojlantirish va o‘zlashtirish tizimini samarador faoliyatini ta’minlovchi geologik-iqtisodiy baholash asoslari, unda amal qiladigan konunlari, tamoyil, talab va geologik axborotga ishlov berish tartibini talabalarga o‘rgatishdan iboratdir. Ushbu yo‘nalishdagi ichki va tashqi talablar majmui bo‘lg‘usi mutaxasislarga kengroq bilim berishga yo‘naltirilgan.
12Magmatizm va ma’dan hosil bo‘lish jarayonlariMa’dan hosil bo‘lishini ta’minlovchi endogen (magmatogen, gidrotermal, teletermal va b.), ekzogen (nurash, chaqiq, qoldiq va b.) va metamorfogen jarayonlarni makon va zamonda namoyon bo‘lishi, ularni ma’dan xosilalari joylashuv sharoitlari, morofologiyasi, mineral tarkibi va tuzilishini shakllanishida aks etishini o‘rganishdan iborat. Shu bilan birga mineral va konlarning genetik masalalari – paydo bo‘lish yo‘llarini taxlil etishga ham ahamiyat beriladi.

TADQIQOTChILAR VA ILMIY IShLAR

                Tadqiqotchi professor-o‘qituvchining F.I.Sh  Tadqiqot turi  Dissertatsiya ishi mavzusi va ilmiy rahbari
  1  Akbarova Zuxra Tashtemirovna  PhD doktorant“Mineralogo-geoximicheskie kriterii formirovaniya uranovыx mestorojdeniy peschanikovogo tipa Zapadnogo Uzbekistana (na osnove sopostavleniya mestorojdeniy Djasaga, Djengeldы i Zapadnыy Ziaetdin)”. Ilmiy rahbar g.-m.f.d. A.A.Xalilov
  2  Saxibov Turmon Qo‘ylievich  PhD doktorantOltin ma’danlashuvining mineralogik-geokimyoviy xususiyatlari va qidiruv belgilari (Auminza tog‘laridagi Shariqti istiqbolli maydoni). Ilmiy rahbar g.-m.f.n., dotsent K.K.Xoshjanova
  3  Oripov Saidazimxo‘ja G‘iyos o‘g‘li  PhD doktorantZakonomernosti lokalizatsii zolotoy mineralizatsii na vostoke Kыzыlkumskoy provinsii. Ilmiy rahbar  – g.-m.f.d., A.E. Antonov
  4  Xaliyorov Xolmurod Xalmirzaevich  PhD doktorantShaugaz-Kondirsoy oralig‘idagi mis ma’danlashuvining joylashish qonuniyati (Sharqiy Olmaliq tog‘-kon hududida) Ilmiy rahbar g.-m.f.n., dotsent K.K.Xoshjanova

Ilmiy loyihalar. Kafedrada ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha grant, amaliy hamda innovatsion va xo‘jalik shartnomalari bajarib kelindi:

  • F-5.1.2 Nanokristallicheskie strukturы samoorganizuyuщixsya

mineralno-geoximicheskix sistem – novыy podxod k problemam obrazovaniya i osvoeniya prirodnыx i texnogennыx mestorojdeniy poleznыx iskopaemыx. 2004-2007 yy. Ilmiy rahbar Koneev R.I.

  • A-4-104 Metod poiska, tipizatsii i otsenki skrыtogo zolotogo

orudeneniya na osnove mikromineralogicheskogo i geoximicheskogo analiza selenidno-telluridnыx sistem. 2004-2007. Ilmiy rahbar Koneev R.I.

  • A13-16 Usloviya lokalizatsii, mineralno-geoximicheskiy sostav

i perspektivы netraditsionnogo zoloto-platino-palladievogo orudeneniya v Almalыk-Angrenskom gorno-rudnom rayone. 2015-2017 yy. Ilmiy rahbar Koneev R.I.

  • x/sh 11/09 Mineralogo-petrograficheskie issledovaniya na

Zengibobo-Sheyxdjeylinskoy i Urusayskoy ploщadi gor Sultan-Uvays NPS Geologiya dragotsennыx metallov i urana 2010-2011yy. Ilmiy rahbar Koneev R.I.

  • x/sh 1/12 Mineralogo-petrograficheskie i analiticheskie

issledovaniya po zone okisleniya i pervichnыm rudam rudoproyavleniya Yasvay i uchastka Karatau NPS Geologiya dragotsennыx metallov i urana 2010-2012 yy.

  • x/sh 5/11 Mineralogo-petrograficheskie i analiticheskie

iissledovaniya na Zapadno-Sheyxdjeylinskoy ploщadi gor Sultan-Uvays NPS Geologiya dragotsennыx metallov i urana 2010-2012 yy. Ilmiy rahbar Koneev R.I.

  • x/sh 5/12 Izuchenie veщestvennogo sostava, mineralogo

geoximicheskix osobennostey okislennыx, pervichnыx rud i porod rudoproyavleniya Kыzыltash i mineralizovannыx zon uchastkov Tayman, Severnыy Tayman NPS Geologiya dragotsennыx metallov i urana 2011-2014 yy. Ilmiy rahbar Koneev R.I.

  • F8-17 Prirodnыe nanotexnologii i nanochastisы v protsessax

obrazovaniya rudnыx mestorojdeniy blagorodnыx i svetnыx metallov. Geologicheskie, mineralogo-geoximicheskie zakonomernosti i prakticheskie sledstviya. 2012-2016 yy. Ilmiy rahbar Koneev R.I.

  • OT-F8-01 Zoloto Uzbekistana: novыe konsepsii

rudoobrazovaniya, evolyusii orudeneniya vo vremeni i prostranstve, problemы prognozirovaniya, poiska i otsenki novыx i netraditsionnыx mestorojdeniy 2017-2020 yy. Ilmiy rahbar Koneev R.I.

  • OT-F8-02 Nurota tog‘ ma’dan hududi daykai hosilalarini hosil

bo‘lish qonuniyatlari va ularning ma’dan hosil bo‘lishidagi roli 2018-2020 yy. Ilmiy rahbar Ishbaev X.D.


MAHALLIY VA HORIJIY HAMKORLAR

Horijiy hamkorlar:

  • Qozon Federal uniersiteti
  • Rossiya Davlat geologiya qidiruv universiteti
  • Norvegiya  Tromsyo universiteti

Mahalliy hamkorlar:

  • H.M.Abdullaev nomidagi Geologiya va geofizika instituti
  • Mineral resurslar instituti
  • Geologiya muzeyi
  • Ilg‘or va innovatsion texnologiyalar markazi
  • Geologiya tarmog‘i xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti DK

KAFEDRA TARKIBI

Professor-o‘qituvchining F.I.Sh.LavozimiIlmiy darajasi va ilmiy unvoniIlmiy yo‘nalishlariTelefon Ye-mail
1 Xoshjanova K.K.Kafedra mudiriG.-m.f.n. dotsentMineralogiya va kristallografiya; Nodir va tarqoq elementlar geokimyosi; O‘zbekiston ma’dan konlar geokimyosi(99897) 746 18 75 kamila-kh@mail.ru
2 Ganiev I.N.dotsentdotsentFoydali qazilmalar geologiyasi; Petrokimyoviy tadqiqot usullari; Petrologiya(99890) 134 64 61 iganiev@mail.ru
3 Shukurov A.X.Dotsent v.b.G.-m.f. PhDPetrologiya; Petrografiya asoslari(99890) 799 30 10 buxarist.best@mail.ru
4 Atabaeva N.E.Katta o‘qituvchi Umumiy geokimyo; Petrologiya; Mineragrafiyanasinamova2003@mail.ru (99890) 358 72 00
5 Xaliyorov X.X.o‘qituvchi Umumiy geokimyo; Petrologiya; Amaliy mineralogiyaxolmurodgeolog@gmail.com (99888) 125 03 89
6 Ro‘ziev M.A.o‘qituvchi Petrologiya; neft va gaz geokimyosi; Petrlogiyamansur.abdirashidovich@gmail.com (99894) 407 09 08
7 Ziyayeva o‘qituvchi Geofizika asoslari va geokimyo; Mineralogiya va kristallografiya4 Foydali qazilmalar geologiyasiziyaeva1974@mail.ru (99890) 910 03 80
8 Shanazarov S.I.o‘qituvchi Mineralogiya va kristallografiya; Petrologiya; MineragrafiyashanazarovS@mail.ru (99893) 439 07 76
9  Akbarova Z.T.o‘qituvchi Mineralogiya va kristallografiya; Petrologiyaakbarova.z.t@mail.ru (99897)4434488
10 Zayniddinov F.A.o‘qituvchi Mineralogiya va kristallografiya; Petrologiya(99890)3553343
11 Umarov A.Z.dotsentG.-m.f.n. dotsentKristallografiya va kristallokimyo; Zargarlik toshlari mineralogiyasi(99890) 9086297 uakrom@mail.ru
12 Soy V.D.professorG.-m.f.d. professorGeokimyoviy ma’lumotlarni tahlil qilish usullari; Elementlar geokimyosi(99893)5133457
13 Pirnazarov M.M.professorG.-m.f.d. professorMetallogeniya va foydali qazilma konlarini muayyan bashoratlash; Mineral xom ashyo bazasini o‘zlashtirish nazariyasipirnazarov59@inbox.ru
14 Sadiqova L.R.professor  G.-m.f.Dsc.Gemmologiya; Radioaktiv va nodir yer elementlari mineralogiyasisamotsvet1@rambler.ru
15 Xalmatov R.A.professor  G.-m.f.Dsc.Umumiy geokimyo; mineragrafiya; Nanotexnologiya va nanomineralogiya asoslari(998909923259 info@cht-tashkent.uz
16 Turapov M.K.professorG.-m.f.d. professorEvolyusion geologiya; Petrologiya 
17 Xalilov A.A.professor.  G.-m.f.dGeokimyoviy tadqiqot usullari; Amaliy mineralogiya(99890)9157053
18 Shukurov N.E.dotsentG.-m.f.n.Ekologik geokimyo; Radioaktiv va nodir yer elementlari mineralogiyasi(99890)3540373 nosirsh@gmail.com
19 Roziqov O.T.dotsent       G.-m.f.n.Texnologik mineralogiya; Minerallarda gaz-suyuq aralashmalarni aniqlash usuliodil.razikov@mail.ru
20Jo‘raev M.N.dotsentG.-m.f. PhDMa’danlarni tadqiq qilishda texnologik mineralogiya; mineralogiya va kristallografiya(99890)9731183

ILMIY LABARATORIYaLAR

“O‘rta Tyan-Shan magmatizmi va geodinamikasi” ilmiy laboratoriyasi rahbari dotsent I.N.Ganiev.

Laboratoriya jihozlari va priborlar.

1. MP-3 polyarizatsion mikroskopi  (petrografiya fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari uchun).

2. Mikroskop MIN-8 – tadqiqot ishlari uchun.

3. Mikroskop «POLAM» – tadqiqot ishlari uchun.

4. Binokulyar mikroskoplar modeli MBS-1 va MBS-2 mineralogiya va shlixli tahlillpr uchun.

5. MIN-9 mikroskopi – petrografik shliflar bilan ishlash uchun.

6. Barcha singoniyadagi yog‘och kristall shakllari (kristallografiyadan mashg‘ulotlar uchun).

7. Tog‘ jinslari va mineral kolleksiyalari (petrografiya, mineralogiya, foydali qazilma konlari geologiyasidan mashg‘ulotlar uchun).


TO‘GARAKLAR

“Yosh geokimyogar” o‘quv to‘garagi – ilmiy rahbar dotsent K.K.Xoshjanova va o‘qituvchi X.X.Xaliyorovlar mashg‘ulot olib boradi.


IQTIDORLI TALABALAR

  • Abduxaliqov Abduraxmon –Yil talabasi 2021 y.