Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Gidrogeologiya kafedrasi

Tadjibayeva Nodira - Kafedra mudiri

 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

 Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00

+998 71 246-71-63

e-mail: nadira-ruzievna@mail.ru


Gidrogeologiya kafedrasi professor o’qituvchilari

  1. Tadjibayeva Nodira Ruziyevna (dotsent)ru
  2. Miraxmedov To’lqin Djurayevich (dotsent)
  3. Suyunov Sobirjon Eshboy o’g’li  
  4. Atakulova Mohinur Utkir qizi  
  5. Begaliyev Norbek Sahadinovich
  6. Hasanov No’mon Rahmatovich
  7. Mardiyev O’tkir Berdiyevich
  8. Usmanov Mo’bin Sayfurjonovich
  9. Anorboyev Erkin Alisher o’g‘li

1.Gidrogeologiya kafedrasi Oʼrta Osiyo davlat universiteti tashkil topgan ilk davrlardan – 1926- yildan boshlab prof. O.K.Lange rahbarligida fizika-matematika fakulteti tarkibida tashkil qilingan.

 Oʼrta Osiyo muhitida suv tanqisligi, yerosti chuchuk suvlariga boʼlgan ehtiyojning oshib borishi,  yerlarni oʼzlashtirish ishlari gidrogelogiya ishlarini jadallashtirishni shart qilib qoʼydi. Shu tufayli Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan 1952- yilda ushbu mutaxassislik universitetda qayta tiklandi va Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi kafedrasi prof. M.M.Krilov boshchiligida tashkil qilindi.

 Kafedrada 1952-2009 yillar davomida M.M.Krilov, А.S.Xasanov, P.P.Nagevich, V.G.Samoylenko, N.T.Taxirov, U.U.Umarov, D.V.Zaxidovalar rahbarlik qilishgan, 2019 yildan N.R.Tadjibaeva kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

Kafedrada oʼquv, metodik va ilmiy tadqiqot ishlarini shakllantirish hamda rivojlantirishda prof. V.G.Gafurov, А.S.Xasanov, dots.F.I.Voronov, P.P.Nagevich, V.G.Samoylenko, N.T.Taxirov va boshqalar katta hissa qo‘shgan.

 Kafedra xodimlari kafedrani tashkil topganidan boshlab ilmiy-pedagogik maktabni urf-odatlarni saqlab va rivojlantirib kelmoqda. 1952-1990 yillarda gidrogeologik va muhandislik geologik sikl fanlari boʼyicha geologiya, biologiya va geografiya fakultetlari negizida tayyorgarlikni taʼminlashda kafedra faol qatnashgan. Kafedra 1952 yildan keyin 2000 ga yaqin mutaxassis tayyorlagan. Kafedra bitiruvchilari K.B. “Uzbekgidrogeologiya” va “GIDROINGEO” institutini ilmiy va muhandis tarkibini toʼldiradi.

Hozirgi kunda kafedrada Yosh gidrogeologlar to’garagi faoliyat olib bormoqda. To’garakga o’qituvchi S.Suyunov rahbarlik qiladi. 25 nafar talaba muntazam ravishda to’garakga qatnashib kelyapti.

Bundan tashqari kafedra ko’plab korxona va tashkilotlar bilan hamkorliklarni yo’lga qo’ygan.( “Uzbekgidrogeologiya”, “GIDROINGEO” instituti, O’zbek geofizika instituti H.M.Abdullayev nomidagi “Geologiya va geofizika instututi” DM  ).


Professor o’qituvchilar to’g’risida

2.1 Professor o’qituvchilarning umumiy soni 9 tani tashkil etadi, jumladan

- 1 nafar fan nomzodi

- 1 nafar PhD

- 7 nafar ilmiy darajaga ega bo’lmagan professor o’qituvchilar

2.2 Professor o’qituvchilar tarkibi

2 nafar ayol 7 nafar erkak.

3.Ta’lim dasturlari soni

  • Bakalavr – Foydali qazilma konlarini baholash va geomodellashtirish yo’nalishi
  • Magistratura- Gidrogeologiya (o`rganish obyektlari bo`yicha) mutaxassisligi
  • Doktorantura- Gidrogeologiya

Kafedrada quyidagi fanlar o’qitiladi:


Bakalavriat ta’lim yo’nalishida

  1. Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi asoslari
  2. Geologiyada geoinformatsion tizimlar
  3. Gidrogeologiya
  4. Foydali qazilma konlarinig gidrogeologiyasi
  5. Geomodellashtirish
  6. Komyuter dasturlarida foydali qazilma konlarini baholash
  7. Geologiya masalalarini yechishda matematik statistika usullari
  8. Geologik ma’lumotlar bazasi va uni loyixalashtirish
  9. Gidrogeologik jarayonlarni modellashtirish
  10. Yer osti suvlari rejimi balansini o’rganish
  11. Gidrogeologik tadqiqot usullari
  12. Yer osti suv monitoring
  13. Mintaqaviy gidrogeologiya

Magistratura mutaxassisligida

  1. Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi asoslari
  2. Gidrogeokimyo asoslari
  3. Yer osti suv resurs va zahiralarini baholash
  4. Shaharlar gidrogeologiyasi
  5. Meliorativ gidrogeologiya
  6. Gidrogeoekologiya
  7. O’zbekiston gidrogeologiyasi

  Gidrogeologiya kafedrasi professor o’qituvchlar elektron pochta manzili  
Familiya ismi sharifiElektron pochta
1Tadjibayeva Nodira Ruziyevna (dotsent)nadira-ruzievna@mail.ru
2      Miraxmedov To’lqin Djurayevich (dotsent)               tolqinDjurayevich@gmail.com
3Suyunov Sobirjon Eshboy o’g’li suyunovsobirjon@gmail.com
4Atakulova Mohinur Utkir qizi  atakulovamokhinur@gmail.com
5Begaliyev Norbek Sahadinovichbegaliyevnorbek@gmail.com
6Hasanov No’mon Rahmatovichkhasanovnomon@gmail.com
7Mardiyev O’tkir Berdiyevichmardiyevotkir@gmail.com
8Usmanov Mo’min Sayfurjonovichusmanovmomin@gmail.com
9Anorboyev Erkin Alisher o’g‘lianorboyeverkin@gmail.com