Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Hamkorlik memorandumi doirasidagi istiqbolli uchrashuv

Avval xabar berganimizdek, Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti va O’zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolangan edi. Ushbu memorandumning maqsadi ta’lim sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot faoliyatlari yuzasidan ikki tomonlama hamkorlik munosabatlarini yo’lga qo’yishdan iborat.
Joriy yilning 23-noyabr kuni mazkur hamkorlik memorandumi doirasida O’zMU Axborot xizmati, Ijtimoiy fanlar va Jurnalistika fakultetlarining bir guruh vakillari O’zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti va O’zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Axborot xizmatlari mediastudiyada hamkorlikda ishlash, O’zMU Jurnalistika fakulteti talabalar amaliyotini Jamoat xavfsizligi universiteti Axborot xizmatida o’tashga kelishib olindi.
Shu bilan bir qatorda, tegishli yo’nalishlar bo’yicha o’zaro masofaviy ta’lim tizimini joriy etish, ilmiy va amaliy yutuqlarni amaliyotga tadbiq etish, professor-o’qituvchilar hamda talabalar almashinuvi va shu kabi masalalar muhokama qilindi. Hozirgi kunda ikki universitet hamkorlikda o’quv qollanmalar, darsliklar chop etishyapti, ochiq dars mashg’ulotlari, seminar-treninglar tashkil etilyapti.

O’zMU Axborot xizmati