Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

“Har kuningiz Navroʼz boʼlsin!” shiori ostida bayram sayllari oʼtkazildi

<p style="text-align:center"><iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/q7j6s8PphzQ" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture"></iframe></p>

Navroʼz – bu yangi kun, yangilanish, yosharish va nafosat bayrami. Navroʼz barchamiz uchun sharqona yangi yil debochasi, maʼnaviyatimizning bir qismiga aylanib ulgurgan eng qadimiy, asl milliy bayram sifatida eʼtirof etiladi. Poklanish va yangilanish bayrami Navroʼz arafasida sayilgohlarga katta doshqozonlar oʼrnatilib, sumalaklar pishiriladi, xotin-qizlar bahoriy koʼkatlardan somsalar yopishadi, turli milliy taomlar tayyorlashadi.

Bugun “Navroʼz” umumhalq bayrami munosabati bilan Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy Universitetida “Har kuningiz Navroʼz boʼlsin!” shiori ostida professor-oʼqituvchi va talabalar uchun bayram sayillari oʼtkazildi. Navroʼz sayliga bahoriy taom – sumalak solish bilan start berildi. Аnʼanaga muvofiq sumalakka universitet rektori, professor Inomjon Majidov boshchiligida faxriy ustozlar, oqsoqol pedagoglar va talaba-yoshlar ishtirokida oq fotiha berildi. Universitet rektori, professor, Inomjon Madjidov soʼzga chiqib bayram sayliga tashrif buyurgan mehmonlar, universitet professor-oʼqituvchilari va talabalarni Navroʼz – umumhalq bayrami bilan samimiy muborakbod etdi.

Mazkur bayram saylida har bir fakulьtet talabalarining 12 ta viloyat, Qoraqalpogʼiston Respublikasi va Markaziy Osiyo halqlarining urf-odatlari, milliy liboslari, qadriyatlari hamda bahoriy kayfiyat ulashuvchi devoriy gazetalari, shuningdek quy-qoʼshiqlari sadolari ostida sahna koʼrinishlari namoyish etildi.

Bayram tadbirida talabalar 3 ta shart, yaʼni talabalar turar joylari hududida fakulьtetlarga taqsimlangan viloyatlarning urf-odatlari va anʼanalari namoyishi, “Mohir oshpazlar” va “Yurtimizda Navroʼz!» mavzusidagi devoriy gazetalar tanlovi boʼyicha oʼzaro bellashdilar. Shuningdek, talabalar anʼanaviy milliy oʼyinlar, kurash, arqon tortish, shaxmat va shashka musobaqalarida faol ishtirok etdi.

Navroʼz sayli barchaga bahoriy kayfiyat va oʼzgacha shukuh bagʼishladi. Hurmatli ustozlar, aziz talabalar! Barchangizni kirib kelayotgan Navroʼz ayyomi bilan chin dildan tabriklab, honadoningizga tinchlik-xotirjamlik, dasturhoningizga fayz-u baraka va har kuningiz Navroʼz boʼlishini tilab qolamiz.

Yoshlar bilan ishlash,

maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi