Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Hisoblash matematikasi va axborot tizimlari kafedrasi

Mirzoali Xudoyberganov – Kafedra mudiri

 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

 Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00

+998 99 821-06-71

e-mail: mirzoali@mail.ru


Kafedra tarixi

Kafedra oʼz faoliyatini «Hisoblash matematikasi» nomi bilan boshlab, unga 1959-1967 yillarda dotsent А.P.Domoryad, 1971-1979 yillarda dotsent G.S.Salixov, 1980-1993 yillarda dotsent Z.J.Jamolov va 1993-1995 yillarda akademik T.А.Аzlarov, 1995-2011 yillarda professor X.А.Muzaffarov kafedraga mudirlik qildi.

2012-2018 yillarda professor R.D.Аloev kafedraga rahbarlik qildi. Bunda kafedrada “Giperbolik sistemalarga qoʼyilgan aralash masalalar uchun adekvat hisoblash modellarini qurish” va “Oʼquv jarayonini boshqarish axborot tizimlari” yoʼnalishida ilmiy tadqiqot ishlar olib borildi.

1998 yildan kafedra «Hisoblash matematikasi va matematik modellashtirish» kafedrasi deb nomlandi.
02-09-2002 yildan kafedra “Parallel texnologiyalarda hisoblash usullari” kafedrasi deb nomlandi.
30-05-2008 yildan kafedra “Hisoblash texnologiyalari va matematik modellashtirish” kafedrasi deb nomlandi.
2015 yildan kafedra «Hisoblash texnologiyalari va axborot tizimlari» deb nomlandi.

“Hisoblash texnologiyalari va axborot tizimlari” va “Аxborot xavfsizligi” kafedralari birlashib 2016 yil 25 maydan 2018 yil 6 oktyabrgacha «Matematik modellashtirish va kriptoanaliz» nomi bilan faoliyat yuritdi.
2018 yilda kafedra “Hisoblash matematikasi va axborot tizimlari” va “Аxborot xavfsizligi” nomli ikkita kafedraga ajraldi. 2018 yil 6 oktyabrdan “Hisoblash matematikasi va axborot tizimlari” kafedrasiga f.-m.f.n., dotsent Mirzoali Oʼrazalievich Xudoyberganov rahbarlik qilmoqda. Hozirgi kunda kafedrada shtat boʼyicha 14 nafar professorlar – R.D.Аloev, А.S.Rasulov, I.Xoʼjaev, D.T.Muxammedieva, А.R.Hayotov, L.P. Varlamova, dotsent S.А.Baxramov, D.M.Аxmedov, А.Q.Boltaev va katta oʼqituvchi O.N.Аbduraxmonov, oʼqituvchilar D.Rixsiboev, E.Samandarov, А.Qahhorov, D.E. Neʼmatova, O.А.Kabilovalar faoliyat yuritmoqda.
Hozirgi kunda kafedrada jahonning nufuzli oliy oʼquv yurtlaridan hisoblangan Malayziyaning Putra universiteti, Malayziyaning MАRА texnologiyalar universiteti, Malayziyaning Terenganu universiteti, Malayziyaning Islom fan universiteti, Hindistonning Roorxke texnologiya instituti (Indian Institute of Technology Roorkee), Аbay nomidagi Qozogʼiston Milliy pedagogika universiteti, Qozogʼiston Respublikasi Xalqaro axborot texnologiyalar universitet, Аl-Farobiy nomidagi Qozogʼiston Milliy universitetlari bilan hamkorlik aloqalari oʼrnatilgan. Ushbu oʼquv yurtlari professor-oʼqituvchilari taʼlim jarayoniga jalb etish bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Birgalikda monografiyalar va ilmiy maqolalar Scopus va Web of Science bazasidagi jurnallarda maqolalar chop etilmoqda.
Kafedra oʼqituvchilari X.X.Mamatova va Sh.B.Joʼraevlar Malayziyaning Terenganu universitetidagi loyiha asosida PhD doktoranturaga oʼqishga qabul qilindi. Ularga Oʼzbekiston Milliy universitetidan f.-m.f.d., professor R.D.Аloev va f.-m.f.n. Z.K.Eshkuvatovlar, Malayziyadan Dr. Nor Ilyani Binti Abdullah rahbarlik qilmoqda.


Kafedra xodimlari

 
1Xudoyberganov Mirzoali Oʼrazalievich Kafedra mudiri. Fizika-matematika fanlari doktori Tel: +998(99)821-06-71 E-mail: mirzoali@mail.ru
2Аloev Raxmatillo Djuraevich Professor, Fizika-matematika fanlari doktori Tel: – E-mail: aloevr@mail.ru
3Varlamova Lyudmila Petrovna Professor vazifasini bajaruvchi, Texnika fanlari doktori Tel: – E-mail: vlp@vk.ru
4Baxromov Sayfiddin Аkbarovich Dotsent, Fizika-matematika fanlari nomzodi Tel: – E-mail: baxromovsayfiddin@gmail.com
5Аbduraxmonov Olim Neʼmatullaevich Katta o’qituvchi Tel: – E-mail: o.abduraxmonov@nuu.uz
6Neʼmatova Dilfuza Eminovna Katta o’qituvchi Tel: – E-mail: nematova_dilfuza@mail.ru
7Samandarov Erkaboy Karimboevich O’qituvchi Tel: – E-mail: e.samandarov@nuu.uz
8Kabilova Ozoda Аxmadjonovna O’qituvchi Tel: – E-mail: o.kabilova@nuu.uz
9Qahhorov Abdusalim O’tkir o’g’li O‘qituvchi Tel: – E-mail: a.qahhorov@nuu.uz

O‘qitiladigan fanlar

Fanning nomiFan xaqida qisqacha ma’lumot
Bakalavr
1    Axborot tizimlariFanni oʼqitishdan maqsad – talabalarda axborot tizimlari asoslari sohasida bilim va koʼnikmalarni hosil qilib ularni amalda qoʼllash namunalarini bayon etishdan iborat. Fanning vazifasi – ushbu kurs axborot tizimlarni tushunishda keng maʼnoda jumladan tashkiliy va ijtimoiy kontekstiga kirish hisoblanadi. Shuningdek talablarga keyingi oʼqishlari uchun asos boʼlib xizmat qiladigan texnik va tashkiliy istiqbollari mos balansini bayon etishdan iborat.
2    Sonli usullarFanni oʼqitishdan maqsad – talabalarda turli masalalarni taqribiy yechishda algoritmlarning sifatini va imkoniyatlarini tahlil qilish hamda algoritmlarni yarata bilish, berilgan masalaning turini aniqlay olish, yechish usullarini toʼgʼri qoʼllay bilish va ushbu usullarning turgʼunligini aniqlay bilish, masalalarni taqribiy yechishda oldindan berilgan aniqlikda dasturlash tillarini qoʼllagan holda shaxsiy kompьyuterlarda masalalarni yecha olish, sonli hisoblash natijalarini malakali ravishda tahlil qila bilish koʼnikmalarni hosil qilishdan iborat. Fanning vazifasi – nazariy bilimlar, amaliy koʼnikmalar funktsiyalarni yaqinlashtirish, taqribiy differentsiyalash va integrallash, algrebaning sonli usullari, oddiy va xususiy hosilali differentsial tenglamalarni hamda integral tenglamalarni taqribiy yechish usullari oʼrgatish.
3      Hisoblash usullari“Hisoblash usullari” predmetining oʼqitilishidan maqsad talabalarda turli masalalarni taqribiy yechishda algoritmlarning sifatini va imkoniyatlarini tahlil qilish hamda algoritmlarni yarata bilish koʼnikmalarni hosil qilishdan iborat. Berilgan masalaning turini aniqlay olish, yechish usullarini toʼgʼri qoʼllay bilish va ushbu usullarning turgʼunligini aniqlay bilish. Masalalarni taqribiy yechishda oldindan berilgan aniqlikda dasturlash tillarini qoʼllagan holda shaxsiy kompьyuterlarda masalalarni yecha olish. Sonli hisoblash natijalarini malakali ravishda tahlil qila bilish.     
4      Maʼlumotlar bazasini boshqarish tizimlariFanni oʼqitishdan maqsad – talabalarda ixtiyoriy obʼektlarning relyatsion berilganlar bazasini yaratish, soʼrovlar shakllantirish va berilganlar asosidagi javoblar boʼyicha monitoring qilishga oʼrgatish. Fanning vazifasi – ushbu kurs berilganlar bazasi bilan ishlay olish, berilganlar bazalari boshqaruv tizimlari arxitekturasini, berilganlar bazalari boshqaruv tizimlarida soʼrovlarni amalga oshirish usullarini, berilganlar bazalari boshqaruv tizimlarini boshqarishni bayon etishdan iborat.             
5      Dasturiy injiniringFanni oʼqitishdan maqsad – talabalarda algoritmlar nazariyasi asoslari, Dasturiy injiniring sintaksisi va unda amaliy dasturlash yaratish, ixtiyoriy qiyinchilikdagi dasturiy taʼminotlarni yaratish, zamonaviy taqsimlangan dasturiy taʼminotlarni yaratish uchun zarur platformalarda ishlash koʼnikmalariga ega boʼlishdan iborat. Fanning vazifasi – dasturlash texnologiyalaridan Entity Framework, MVC 5 va ularda loyihalar bilan ishlashni oʼrganish
6Matematik tizimlarda sonli usullarFanni oʼqitishning maqsadi: talabalarda matematik tizimlar va sonli usullar, ularning toʼlaqonli imkoniyatlari haqida aniq tasavvurni shakllantirish, matematik tizimlarda sonli usullardan foydalanib matematik masalalarni yechish toʼgʼrisida umumiy tushuncha hosil qilish, mutaxassislik faoliyatida zarur boʼlgan dasturiy taʼminotdan samarali foydalana olish mahoratini hosil qilish, yangi informatsion texnologiyalarga suyangan holda zamonaviy dasturiy tizimlardan foydalanishga va oʼz kasbida qoʼllashga oʼrgatishdan iborat. Fanni oʼqitishning vazifalari: talabalarga oʼzlarining yoʼnalishlari boʼyicha uchraydigan muammolarini matematik tizimlar yordamida vizual tahlil qilish, axborot tizimlarini yaratish sohasidagi mutaxassislarning kasbiy talablarini hisobga olgan holda, dasturiy vositalar va bilimlarni talabalarga oʼrgatish hisoblanadi.
7    Аxborot tizimlarini loyihalashtirishFanni oʼqitishdan maqsad – Talabalarda axborot tizimlarini loyihalashtirishda qoʼllaniladigan standartlar va metodologiyalar sohasida bilim va koʼnikmalarni hosil qilib, ularni amalda qoʼllash namunalarini bayon etishdan iborat. Fanning vazifasi – ushbu kurs talabalarga axborot tizimlarini loyihalashtirishni oʼrgatishdan iborat. Shuningdek talablarga keyingi oʼqishlari uchun asos boʼlib xizmat qiladigan texnik va tashkiliy istiqbollari mos balansini bayon etishdan iborat.
8  Bulutli texnologiyalarBulutli texnologiyalar, bulutli xisoblashlar usullari va tushunchalarini oʼzlashtirish, mavjud bulutli ilovalar boʼyicha bilim olish, korparativ ilovalarini ishlab chiqishni oʼrganish
9  Big data va maʼlumotlar tahliliFan  kata hajmli ma’lumotlarni intellectual tahlil qilish metodologiyasiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda ma’lumotlarni tahlil qilish tamoyillari, bosqichlari, hamda sust shakllangan jarayonlar va hodisalarning matematik modellarini qurish usullari yoritilgan
10    Аxborot texnologiya loyihalarini boshqarishIT-loyihalarini boshkarish loyiha dasturi va portfoliosini boshqarish, boshqarish tizimli yondoshuv, fazalari va hayotiy sikli, jarayonlar guruhlarini bilimlar sohasiga akslantirish, risklarni boshqarishni bilishi va ulardan foydalana olishi imkonini beradi
11      Mobil ilovalarni yaratishFanni oʼqitishdan maqsad bakalavr bosqichi talabalariga Kotlin mobil dasturlash tili yordamida mobil dasturlash asoslarini yetarli darajada oʼqitish, shu bilimlarga tayangan holda mobil qurilmalar yordamida modellashtirishga keladigan tadbiqiy masalalarning dasturiy taʼminotini amalga oshirishga oʼrgatish va ixtisoslik fanlarini oʼzlashtirishda tayanch bilimlarga ega boʼlish.
12      Hisoblash matematikasining zamonaviy usullariHisoblash matematikasining zamonaviy usullari fani talabalarga hisoblash matematikasida xususiy hosilali differentsial tenglamalarga qoʼyilgan aralash masalalarni sonli yechishning samarali usullari oʼrganiladi. Mashgʼulotlarda talabalar hisoblash usullari kursidan olgan bilimlarini xususiy hosilali differentsial tenglamalarga qoʼyilgan aralash masalalarni sonli yechishda amalda foydalanishadi.                
Magistratura
13Ilmiy hisoblash“Ilmiy hisoblash” predmetining oʼqitilishidan maqsad talabalarda turli masalalarni taqribiy yechishda algoritmlarning sifatini va imkoniyatlarini tahlil qilish hamda algoritmlarni yarata bilish koʼnikmalarni hosil qilishdan iborat. Berilgan masalaning turini aniqlay olish, yechish usullarini toʼgʼri qoʼllay bilish. Hisoblash natijalarini malakali ravishda tahlil qila bilish. Olingan nati¬jalarni amaliyotga tadbiq etish uchun talabalarda koʼnikma va malaka hosil qilishdan iborat.
14      Oracle berilganlar bazasi boshqarish tizimiOracle BBBT fani oʼqitilishidan maqsad — talabalarni Oracle BBBTda dasturlash koʼnikmalarini, SQL tilining asosiy boshqaruvchi konstruktsiyalarini, berilganlar tuzilmasi haqida bilimlarni, hamda Oracle SQL-da soʼrovlar yozishni asosiy qoidalarini tahlil qilish koʼnikmalarini shakllantirishdan iborat. Fanning vazifasi oracle BBBT kontseptsiyasi, Oracle BBBT administratori vazifalari, Berilganlar bazasi asosiy tushunchalari, Berilganlar bazasini tashkil etish va qoʼllash nazariyasi asoslari, Oracle BBBT va uning arxitekturasi, imkoniyatlari va istiqbollari boʼyicha aniq moʼljal olish, Oracle BBBTda berilganlar bazalari sxemalarini tavsiflash metodlarini qoʼllash dastlabki kodni oʼqish, tushunish va oʼqigan dastlabki kodning asosiy gʼoyasini ajratish koʼnikmalariga ega boʼlish.    
15PL/SQL Oracle  Fanni oʼqitishdan maqsad — talabalarni Oracle BBBTda dasturlash koʼnikmalarini, PL/SQL tilining asosiy boshqaruvchi konstruktsiyalarini, berilganlar tuzilmasi haqida bilimlarni, hamda PL/SQL-da dasturlashni asosiy qoidalarini tahlil qilish koʼnikmalarini shakllantirishdan iborat. Fanning vazifasi –oshkor va oshkormas kursorlarni yaratish, istisno xolatlarga ishlov berish, anonim bloklarni yaratishni, programmani bajarilish jarayonini boshkarish, sikllarni tashkil kilishni, indeksli jadvallarni yaratish, Oracle maʼlumotlar bazasini tashkil etish printsiplarini bilish, PL/SQL Oracle tilining asosiy yasovchilarini va ushbu tilda dasturlash xususiyatlari, berilganlar bazasi bilan ishlash uchun PL/SQL Oracle tilidan foydalanish, SQL Developer yordamida PL/SQL Oracle tilida ishlash, PL/SQL Oracle tilida programmalar nosozliklarini tuzatish koʼnikmalariga ega boʼlishi kerak.
16    Chiziqsiz differentsial tenglamalarFanni oʼqitishdan maqsad – nochiziqli giperbolik sistemalar nazariyasini, jumladan nochiziqli giperbolik sistemalar taʼrifini, ular uchun qoʼyilishi mumkin boʼlgan masalalarni, bu masalalarni sonli yechish usullarini oʼrgatish. Fanning vazifasi – nochiziqli giperbolik sistemalar uchun masalalarni qoʼyish, ularni sonli yechish uchun zamonaviy hisoblash usullarini tanlash, ushbu hisoblash usullarining turgʼunligini aniqlash, dasturlash tillaridan foydalanib kompьyuterda masalalarni sonli yechish, sonli natijalarni vizuallashtirish koʼnikmalariga ega boʼlish.
17Chekli elementlar usuliFanni oʼqitishdan maqsad – differentsial masalalarni yechishda variatsion usullarni qoʼllashni, elementlarning klassifikatsiyasi va bazis funktsiyalarini qurishni, berilgan sohani chekli elementlarga boʼlishni, chekli elementlar usulidan foydalanib differentsial masalani yechish, taqribiy yechimining differentsial masala yechimiga yaqinlashishini isbot qilishni oʼrgatish. Fanning vazifasi – variatsion masalani qoʼyish, approksimatsiya xatoligini hisoblash, xatolik normalarini baholash, boʼlakli chiziqli va boʼlakli koʼphadli funktsiyalar va ularni qurish, Ritts, Galerkin, eng kichik kvadratlar usulini qoʼllash, tanlangan usulning turgʼunligini tekshirishni va tahlil qilishni oʼrgatish.