Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Finlandiyaning Oulu universiteti va  VTT texnika tadqiqot markazi professor va mutaxassislari OʻzMUga tashrif buyurishdi


Tashrifdan asosiy maqsad – Finlandiya tashqi ishlar vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan loyiha doirasida OʻzMU bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdan iborat. Loyiha arid mintaqalarda iqlim, suv, energiya, oziq-ovqat ssenariylarini modellashtirish maqsadlarini ko’zda tutadi.

Shuningdek, tashrif davomida mahalliy daryo havzalarini bevosita kuzatish va mahalliy hamkorlar bilan aloqa o’rnatish rejalashtirilgan.

Ushbu uchrashuvda TU-NEXUS bilan, qishloq xo‘jaligi maqsadlarida suv resurslaridan samarali foydalanish, ekinlarni suv bilan ta’minlash, sug‘orishda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, shu bilan birgalikda hamkorlik va tarmoq imkoniyatlarini oʻrganish boʻyicha Oʻzbekiston Milliy universitetining ilmiy faoliyati bilan tanishtirildi va fakultet professor-oʻqituvchilari, yosh tadqiqotchilari hamda bakalavr va magistratura talabalariga oʻzlarining loyihalari va universiteti haqida seminar tashkil qilindi.

Tadqiqot guruhi quyidagi tadqiqotchilardan iborat:

  • Professor Björn Klove, Oulu universiteti
  • Dotsent Ali Torabi Xagigi, Oulu universiteti
  • Jan-Nikolas Lui, VTT tadqiqot guruhi rahbari
  • Juha Kiviloma, VTT bosh olimi
  • Nelli Putkonen, VTT tadqiqotchisi
  • Rinat Abdurafikov, VTT katta ilmiy xodimi
  • Doniyor Urishov, VTT tadqiqotchi olimi



XALQARO ALOQALAR BO`LIMI