Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Ilm va ijod kechasi

O‘zbekiston Milliy universitetida Yangi O‘zbekiston Yosh fiziologlari akademiyasining navbatdagi ijodiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur noodatiy tadbir «Dotsent Oqilbek Kubayev ilmiy faoliyati hamda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist Dilnoza Kubayevaning ijodiy kechasi» deb nomlandi. Uchrashuvda olimlar, yosh tadqiqotchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.

Akademik B. Zaripov, AQSHlik olim A. Maxmudov tomonidan dotsent Oqilbek Kubayevning ilmiy faoliyati, fiziologiya sohasidagi tadqiqotlari hamda ilmiy izlanishlari haqida so‘zlab berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist Dilnoza Kubayeva o‘zining san’at yo‘lidagi faoliyati, ijodiy izlanishlari va sahnadagi tajribalarini ishtirokchilar bilan bo‘lishdi.

Tadbir ishtirokchilari ilm-fan va san’at sohasidagi muvaffaqiyatlar hamda yosh avlodni ilm va ijodga oshno etish masalalari bo‘yicha fikr almashdilar.

O‘zMU Axborot xizmati