Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

“Inklyuziv jamiyat sari” mavzusida anʼanaviy maqolalar tanlovi g’oliblari aniqlandi

O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi va O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti “Ijtimoiy ish” kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNTning qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining moliyaviy ko‘magida talabalar orasida “Inklyuziv jamiyat sari” mavzusida anʼanaviy maqolalar tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovning maqsadi inklyuziv jamiyat haqida keng ommani xabardor qilish, shuningdek, talabalarga nogironligi bor shaxslar uchun teng imkoniyatlar yaratish jarayoni haqida maʼlumot berishdan iborat.
Tanlovda quyidagi talabalar g‘olib bo’ldi:

  • Abdugafurova Charos – O‘zMU O‘zbek-Qozon qo‘shma fakulteti talabasi;
  • Zaitova Sitora – O‘zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti talabasi;
  • Muxtorov Mirsaid – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya univyersiteti talabasi;
  • Zurabova Tamila – O‘zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti talabasi;
  • Izatulayeva Nilufar – O‘zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti talabasi.
    G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

O’zMU Axborot ximati