Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Inklyuziv volontyorlik – har kim uchun imkoniyat!

O‘zbekiston Milliy universitetida Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Volontyorlar Assosiatsiyasi, Yoshlar uchun ijtimoiy markaz hamkorligida ilk marotaba tizimli inklyuziv volontyorlik klubi doirasida amaliy uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir doirasida “Ijtimoiy himoyaga muhtoj, qiyin vaziyatda qolgan va nogironligi bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy inklyuziyasi” loyihasi haqida talabalarga ma’lumot berildi.

Volontyorlar assosiatsiyasining direktori Shirin Obidova ishtirokchilarga ruhiy barqarorlik, kreativ va kirishuvchan yechim, tashabbuskorlik va mas’uliyatli bo‘lish borasida so‘z yuritib, o‘zining «Hayot parchasi» mualliflik o‘yinini taqdim etdi.
Inkluziv volontyorlik – bu turli qatlamlar vakillarini, jumladan, imkoniyati cheklangan insonlarni o‘z ichiga oluvchi volontyorlik turi bo‘lib, jamiyatda ularning faol ishtirok etishini ta’minlashga qaratilgan.
Inkluziv volontyorlik yo‘nalishlariga imkoniyati cheklangan insonlarga ko‘maklashish, qariyalar va yetim bolalar bilan ishlash, qo‘shma ijtimoiy loyihalar kiradi.

O‘zMU Axborot xizmati