Bo’lim boshlig’i-Bekimatova Gulchexra Kalandarovna
100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy
Chorshanba-Juma, 09:00 – 17:00
Tel: +998 94 316 51 19
E-mail:
Iqtidorli talabalarning faoliyatini tashkil etish bo‘limi
Bo‘lim universitetda tahsil olayotgan iqtidorli talaba va magistrlarning ilmiy faoliyatini tashkil etish bilan shug‘ullanadi.
Bo‘limning tarkibi: 1 nafar bo‘lim boshlig‘i va 2 nafar xodimlardan iborat.
Bo‘limning funksional vazifalari:
– iqtidorli talabalarni izlash va aniqlashni tashkil etish;
– iqtidorli talabalarni intellektual salohiyatini aniqlab borish;
– iqtidorli talabalarni qobiliyati va qanday yo‘nalishga moyilligiga qarab maqsadli tayyorlashni tashkil etish;
– iqtidorli talabalar uchun O‘zbekiston tarixi, chet tili, axborot texnologiyalari va internetdan foydalanish bo‘yicha maxsus mashg‘ulotlarni tashkil etish;
– iqtidorli talabalarni fundamental ilmiy tadqiqot ishlariga, ilmiy to‘garaklarga va ijodiy jamoalariga jalb qilish;
– iqtidorli talabalarni ilmiy va amaliy anjumanlarga, universitet, universitetlararo, Respublika va xalqaro konferensiya, simpozium, olimpiada va tanlovlarda qatnashishlarini tashkil etish;
– iqtidorli talabalar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi va nomli Davlat stipendiyalariga, fan olimpiadalariga nomzodlarni tayyorlash;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti granti uchun ajratilgan qabul kvotalarining ta’lim sohalari kesimidagi taqsimoti bo‘yicha tanlovlarda nomzodlar ishtirokini tashkil etish;
– reytingi yuqori iqtidorli talabalar va ularning rahbarlarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash;
– iqtidorli talabalarni ilm-fan namoyondalari, universitet rahbarlari, tajribali professor-o‘qituvchilar bilan davra suhbatlarini tashkil etish.