Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

“Islohotlar bilimdoni” Respublika ko‘rik-tanlovida ishtirok etish shartlari:

Arizalar 2 ta shart bo‘yicha saralanadi
1- shart. Nomzodlaming nominatsiya bo‘yicha amalga oshirgan ishlarining samaradorligi va natijadorligi tahlili (hujjatlar asosida) -40 (qirq) ball;
2- shart. Nomzodlaming ma’naviy, mafkuraviy siyosiy, huquqiy targ‘ibot sohasidagi faoliyati taqdimoti (5-7 daqiqa davomida proyektor ekran orqali) hamda sohaga doir savol-javob shaklida suhbat asosida – 60 (oltmish) ball.
Jami 100 (yuz) ball to‘planadi.

Ko‘rik-tanlov shartlari va baholash mezonlari

Nomzodlaming nominatsiya bo‘yicha amalga oshirgan ishlarining samaradorligi va natijadorligi tahlili (hujjatlar asosida), nomzodlar yo‘nalish bo‘yicha turli mavzularda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, viktorinalar, tanlovlar va boshqa tadbirlami tashkil etganligi, shuningdek aholi, ayniqsa talaba-yoshlami jismonan sog‘lom, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlami tarbiyalash, demokratik islohotlami chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ulaming ijtimoiy faolligini oshirish borasida amalga oshirgan ishlari hamda natijalari to‘g‘risida aniq va asosli ma’lumotlar, shuningdek, talabalar turar joyi, ijarada va xususiy xonadonlarda yashovchi talabalar bilan olib borilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar hisobotlari, beshta muhim tashabbus doirasida amalga oshirilgan ishlar (maksimal ball -10 ball);

Bular quyidagicha baholanadi:

Baholash mezoni

Nomzodning tanlagan nominatsiyasi yo‘nalishida yoshlar(tengdosh) bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning o‘rtacha samaradorlik ko‘rsatkichi 10 ball
1.1. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar sifati darajasi va yo‘nalishi bo‘yicha olib borilgan ishlar samaradorligi 3 ball

1.2. Talabalar turar joylarida yoshlaming dam olishi va ulaming bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etilishi, shuningdek, ijara va yaqin qarindoshinikida yashovchi talaba-o‘quvchilar bilan olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar holati 2 ball

1.3. Korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan ishlar natijadorligi hamda professor-o‘qituvchi va o‘quvchi-talabalaming O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlardan xabardorligi, shuningdek, ijtimoiysiyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, huquqiy sohalardagi bilim darajasi ko‘rsatkichi hamda faoliyati yuzasidan OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari, ilmiy-ommabop maqolalari (“Axborot va tyutorlik soatlari” tahlili va boshqa hujjatlar) 3 ball

1.4. Ta’lim muassasasida 5 ta muhim tashabbusning ijrosida nomzodning o‘rni (Tashkil etgan klublari va qamrab olinganlar kontingenti (umumiy kontingentga nisbatan foizda) hamda bu borada amalga oshirgan ishlar natijadorligi 2 ball

Shuningdek, nomzodlaming oliy ta’lim muassasasidagi faoliyati davomida qo‘lga kiritgan yutuqlari, jumladan, faxriy yorliqlar, sertifikatlar, diplom, tashakkumomalari hamda ilmiy-ommabop jumallardagi maqolalari, davlat mukofotlari va ko‘krak nishoni bilan ( so‘nggi ikki yil davomida qo‘lga kiritgan yutuqlari inobatga olinadi) taqdirlangan ishlar (maksimal ball – 40 ball).

Bular quyidagicha baholanadi:

Yutuqning darajasi baholanishi

1. Ta’lim muassasasi yoki tuman (shahar) miqyosida (faxriy yorliq, sertifikat,diplom, tashakkumoma) 2 ball

2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat miqyosida (faxriy yorliq, sertifikat,diplom, tashakkumoma) 2 ball

3. Respublika miqyosida (faxriy yorliq, sertifikat,diplom, tashakkumoma) 2 ball

4. Xorijiy davlatlar miqyosida (faxriy yorliq, sertifikat,diplom, tashakkumoma) 3 ball

5. Ko‘krak nishoni (1+) 4 ball

6. Davlat mukofoti (1+) 4 ball

7. Ilmiy-ommabop jumallardagi maqolalar (mahalliy) (1-4)2 (5-8)2

8. Ilmiy-ommabop jumallardagi maqolalar (xalqaro) (1-4)2 (5-8)2

9. Ilmiy-ommabop jumallardagi maqolalar (xorijiy) (5-8)2 (5-8)3

Jami ball 30 ball