Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Islohotlar va davlat dasturi loyihalari yuzasidan “Fikrlar marafoni” tashkil etildi

O’zbekiston Milliy universitetida Ijtimoiy fanlar fakulteti «Yurisprudensiya» yo‘nalishi talabalari ishtirokida “Fikrlar marafoni” o’tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” doirasidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirishga qaratilgan Davlat dasturi loyihasi muhokama qilindi.

Ijtimoiy fanlar fakulteti yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Bahodir Ergashev, Siyosatshunoslik kafedrasi mudiri, siyosiy fanlar doktori Xayrulla Umarov tomonidan Davlat dasturi loyihalariga taklif kiritish tartibi bo’yicha talabalarga tushunchalar berildi.