Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Jurnalistika fakultetida «Jaholatga qarshi ma’rifat» mavzusida uchrashuv tashkil etildi

Jurnalistika fakultetida tegishli tashkilot mas’ullari va fakultet professor-o‘qituvchilari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Suhbat jarayonida yoshlarning bilim olishi, tarbiyasi, ularning jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlarida e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlarga to‘xtalib o‘tildi. Bugungi kunda asr vabosiga aylangan giyohvandlik va psixotrop moddalar iste’mol qilish, ularning savdosi bilan shug‘ullanish, yot va buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga tushib qolishdan saqlanish hamda talaba-yoshlarni milliy an’analarga va urf-odatlarga sodiq, vatanparvar va bunyodkor g’oyalar ruhida tarbiyalash xususida fikr almashildi.

Biz bugun tarbiyalayotgan yoshlarga ertangi kunimizni, millat taqdiri, yurt kelajagini topshiramiz. Shunday ekan kelajak uchun biz bugun qayg‘urishimiz darkorligi xususida fikr-mulohazalar bildirildi.

Ta’limdagi islohotlar, yechimini kutayotgan masalalarga ham to‘xtalindi. Yoshlarga hunar o‘rgatish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun turli to‘garaklar tashkil etish, ularni fikrlaydigan, ma’rifatli, madaniyatli shaxs bo‘lib shakllanishiga mas’ulligimiz va bu insoniy burchimiz ekanligi ta’kidlandi. Bu yo‘lda ilm ahliga kitob, kitobxonlik ma’rifat mash’alasi bo‘lishi, uni yoquvchilar esa ustozlar ekanligi qayd etildi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zMU rektori maslahatchisi Jaloliddin Ro‘ziyev, Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens nazorat tizimini boshqarish» bo‘limi boshlig‘i Shohnazar Gʻulomov, O‘zMU Coworking markazi xodimi Mahmud To‘xtayev, O‘zMU profilaktika inspektori podpolkovnik Alisher Abdulhaqov hamda leytenant Jannatbibi Haydarovalar tizimli ravishda universitetning talaba-yoshlari, shuningdek, professor-o‘qituvchilari bilan davra suhbati, ochiq muloqot, press klub, tet-a-tet suhbatlar ko‘rinishida muloqotlarni olib bormoqda.

O‘zMU Axborot xizmati