Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

«Jaholatga qarshi ma’rifat» shiori ostida targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda

O‘zbekiston Milliy universitetida fakultetlar kesimida «Jaholatga qarshi ma’rifat» shiori ostida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xorijiy filologiya fakulteti uchun tashkil etilgan tadbirda rektor maslahatchisi Jalol Ro‘ziyev, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi Ra’no Rustamova, fakultet rahbariyati, yoshlar bilan ishlovchi universitetning tegishli mas’ullari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda Toshkent shahar «Ma’rifiy targ‘ibot markazi» davlat muassasasi diniy-ma’rifiy bo‘lim boshlig‘i Zokirjon Mardonov tomonidan mavzuga doir keng ma’lumot va tushunchalar yetkazildi.

Davra suhbatida jamiyatda ma’naviy tahdidlarning oldini olish, yoshlarning sog‘lom dunyoqarashini shakllantirish va ularni turli salbiy ta’sirlardan himoya qilish masalalari muhokama qilindi.

O‘zMU Axborot xizmati