Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Jahon tarixi kafedrasi

D.J.Urakov – Kafedra mudiri

 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

 Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00

+998 71 227-12-24

e-mail:


“Jahon tarixi” kafedrasi 1935 yilda tarix fakulteti qayta tashkil etilgandan keyin  “Yangi va eng yangi tarix” kafedrasi nomi bilan o‘z faoliyatini boshlagan.

Fakultetning ba’zi kafedralari ya’ni, “Qadimgi dunyo va o‘rta asrlar tarixi”, “Evroosiyo tarixi” “Osiyo va Afrika mamlakatlari tarixi” hamda “Yangi va eng yangi tarix” kafedralari birlashib, 1998 yildan “Jahon (Umumiy) tarix” nomi bilan atala boshlandi.

Kafedrada 3000 dan ortiq yuqori malakali mutaxassislar tayyorlangan, ulardan 20 dan ortiq fan doktori, 180 dan ortiq fan nomzodi ilmiy darajasiga erishdilar. 

Kafedrada Respublikaga taniqli olim – professorlardan quyidagilar faoliyat ko‘rsatgan.

Professorlar: t.f.d.,

  1. G.A. Xidoyatov,
  2. T.S. Sattorov,
  3. T.K.Xodjaev,
  4. R.F.Farmonov,
  5. A.Axmedjonov,
  6. A.M.Matveev,
  7. X.G‘. Gulomov,  

Hozirgi kunda – t.f.n. dotsent Dilshod Jamoliddinovich Urakov kafedraga rahbarlik qilmoqda.

       Kafedrada hozirda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar:

  1. D.J.Urakov
  2. A.G.Xolliev
  3. S.I.Gabrielyan
  4. R.N.Tursunov
  5. B.B.Xaynazarov,

Katta o‘qituvchilar:

  • A.A.Razakov
  • R.Djuraev
  • Q.Matxoliqov
  • O.A.Maxmudov
  • S.N. Madyarova
  • T.R. Shadmanov
  • A.A.Biykuziev

O‘qituvchi: 

  1. X.Sayfullaev
  2. A.A. Abdusattorov
  3.  M.I. Berdieva
  4.  Sh.Luqmonovlar

ilmiy va pedagogik faoliyatlarini olib bormoqda.


Kafedrada hozirgi kunda Tarix (yo‘nalishlar va mamlakatlari bo‘yicha) magistratura mutaxassisligi faoliyat olib bormoqda. Kafedraning olib borayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari “Jahon tarixini o‘rganish va o‘qitishning dolzarb muammolari” mavzusi bilan bog‘liqdir, bu mavzu doirasida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilib, kafedra tomonidan darslik va o‘quv qo‘llanmalar nashr qilindi.

1991 yildan hozirgi kunga qadar G.A.Xidoyatovning o‘zbek va rus tillaridagi “Mening jonajon tarixim” nomli kitobi nashrdan chiqdi.Dotsent X.G‘.G‘ulomov – “Rossiya bilan Buxoro xonligining o‘zaro diplomatik aloqalari” tarixiga oid asari nashrdan chiqqan. Unda Rossiya bilan Buxoro o‘rtasidagi munosabatlar tarixi ancha keng va mazmunli yoritilgan.

Dotsent Farmonov R. – “Revolyusiya 1848-1849 godov i evolyusiya fransuzskoy politicheskoy sistemы II respubliki (1848-1851 gg.)” nomli doktorlik dissertatsiyasini Moskva shahrida himoya qilgan.

Kafedra negizida uchta mustaqil bo‘lgan: “Yangi va eng yangi tarix”, “Osiyo va Afrika mamlakatlari tarixi”, “Qadimgi dunyo va o‘rta asrlar tarixi” kafedralari  vujudga keldi.

“Yangi va eng yangi tarix” kafedrasiga 1993-1994- yilning. sentyabr oyigacha t.f.d., professor R.F.Farmonov , “Osiyo va Afrika mamlakatlari tarixi” kafedrasiga t.f.d. T.S.Sattorov, “Qadimgi dunyo va o‘rta asrlar tarixi” kafedrasiga T.K.Xodjayovlar rahbarlik qilganlar. 

 “Yangi va eng yangi tarix” hamda “Osiyo va Afrika mamlakatlari tarixi” kafedralari birlashgandan so‘ng 1995-1998 yillarda t.f.d., professor T.S.Sattarov – “Yangi va eng yangi tarix” kafedrasi mudiri  vazifasida foliyat ko‘rsatgan.

May-iyun oylarida kafedra aspiranti A.G.Xolliev Buyuk Britaniyaning Ekseter Universitetiga borib malaka oshirib qaytdi.

Kafedra katta o‘qituvchisi A.S.Tatibaevning  “Central Asia and World History” Tashkent, University Press. “Uzbekistan: the frnits of independence” // Aqua et Terve, № 6-7, English / Italian Text. nomli  maqolalari xorijda chop etildi.

May-iyun oylarida kafedra aspiranti A.G.Xolliev Buyuk Britaniyaning Ekseter Universitetiga borib malaka oshirib qaytdi

1998 yil  “Qadimgi dunyo va o‘rta asrlar tarixi”, “Yangi va eng yangi tarix”, “Evrosiyo tarixi”, “Siyosiy partiyalar tarixi” hamda “Tarix o‘qitish metodikasi” kafedralari yagona “Jahon tarixi” kafedrasi deb nomlanib unga  t.f.n., dotsent A.S.Tatiboev 2005 yil sentyabr oyigacha rahbarlik qilgan. 

Kafedra dotsenti Azizbek Guzalovich Xolliev – “Buyuk Britaniya va AQShning mustaqil O‘zbekiston bilan iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalari” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.

Kafedra qoshida “Markaziy Osiyo va Jahon tarixi” mavzusi bo‘yicha TASIS (TEMPUS) dasturi asosida xalqaro konferensiya o‘tkazilgan,  konferensiyada  Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Daniya va Rossiyadan     15 ta professor-o‘qituvchilar ishtirok etganlar.

Kafedraning professor-o‘qituvchilari Yevropaning yetakchi universitetlari bilan doimiy ravishda ilmiy tadqiqot va pedagogik sohalarda aloqalar olib bordilar.  Jumladan TASIS (TEMPUS) “Tarix” loyihasi bo‘yicha Buyuk Britaniyaning Ekseter Universiteti, Fransiyaning Renn Universiteti, Daniyaning Frederiksberg seminariyasi bilan hamkorlikni amalga oshirdi.

T.f.n.  dos.U.V.Raxmonov – Fransiyaning Renn Universiteti,

T.f.n A.S.Tatыbaev – Buyuk Britaniyaning Ekseter Universiteti va Daniyaning Frederiksberg seminariyasida, t.f.n A.G.Xolliev – Buyuk Britaniyaning Ekseter Universitetida, katta o‘qituvchilar S.I.Gabrilyan va A.A.Razakovlar – Daniyaning Frederiksberg seminariyasida malaka oshirib qaytdilar.

Kafedra negizida 5A120302-Tarix (Umumiy tarix) magistratura mutaxassisligi ochilganlgi.

Hamkorlik TASIS (TEMPUS) “Evraziya” loyihasi doirasida davom ettirildi. Ushbu loyihalar negizida kafedraning bir qator professor-o‘qituvchilari (X.G‘ulomov, U.Raxmonov, A.Tatiboev, A.Xolliev, S.Gabrielyan, A.Rozakov) Yevropaning hamkor universitetlarida o‘z malakalarini oshirib qaytdilar. Kafedra bo‘yicha ixtisoslashgan talabalar ham ushbu universitetlarda o‘qib qaytishdi.

Kafedra katta o‘qituvchisi Sofya Ivanovna Gabrielyan – “Osnovnыe napravleniya vneshney politiki Velikobritanii v Irane v konse XIX veka” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.

Kafedra dotsenti X.G‘.G‘ulomovning  – «Rossiya i xanstva Sentralnoy Azii XVIII – pervaya polovina XIX vekov» nomli monografiyasi chop etildi.

t.f.n., dotsent A.G.Xolliev – “Jahon tarixi” kafedrasining mudiri  etib tayinlandi.

Dos.X.G‘.G‘ulomov “Istoriya diplomaticheskix otnosheniy gosudarstv Sredney Azii s Rossiey (XVIII – pervaya polovina XIX vv.)” mavzuida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.

Kafedraning o‘qituvchisi Oybek Anvarovich Maxmudov “Isma’ilizm v Sentralnoy Azii: suщnost, osobennosti razvitiya i formы suщestvovaniya (seredina XIX – nachalo XX veka)” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.

Kafedra t.f.d. professor X.G‘.G‘ulomov hamda t.f.n. dotsent A.Tatiboevlar Markaziy Osiyoni tadqiq qilish Xalqaro institutining “Karl fon Shprunerning tarixiy atlasi” nomli YuNESKO xalqaro grantiga sazovor bo‘lgan.

Dos. Ya.X.G‘afforovning “Tarix o‘qitish metodikasi” darsligi “Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi” – 2012 yil Respublika tanlovida ishtirok etib, sovrinli o‘rinni egalladi.

T.f.n. D.J.Urakovning “O‘zbekiston tarixi” va “Jahon tarixi”dan universal qo‘llanmalari “Akademnashr”da chop etildi.

T.f.n. A.Tatiboevning “Anqara yonidagi jang: tarixi va ahamiyati” nomli ilmiy maqolasi turk tilida (Turkiya, Anqara) nashr etildi.

A.Xollievning “XVIII-XIX asrlarda Rossiyaning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi” o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi, “Jahon tarixi (Yangi davr Osiyo va Afrika mamlakatlari)” hamda “Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi” nomli ma’ruzalar to‘plami nashr etildi.

T.f.n. O.A.Maxmudovning – “Turkestan v imperskoy politike Rossii monografiya v dokumentax”. Moskva shahrida chop etildi.

Jahon tarixi kafedrasining “Aktualnыe problemы istoriografii Vsemirnoy istorii” (sbornik nauchnыx trudov kafedrы Vsemirnoy istorii) nomli ilmiy to‘plami nashr etildi.

2017 yilda Kafedra mudiri D.Urakov boshchiligidagi kafedra jamoasi OT-A-1-99-sonli “Xorijiy adabiyotlar asosida Oliy o‘quv yurtlari uchun Jahon tarixi darsligining 1-tomini tayyorlash” mavzusidagi amaliy loyihasi grantlar tanlovida g‘alaba qozonildi.

2018 yil 26 oktyabr kuni kafedra o‘qituvchisi Xaynazarov Baxromjon Baxtiyorovichning «O‘zbekiston uyg‘urlari diasporasi tarixi (1925-2012 yy.)» mavzusidagi 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi.

2018 yilda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan  Jahon tarixi I jild I qism (Qadimgi Sharq tarixi) O’quv qo’llanma. – T.: “Navro’z”, 2018. – 304 b.  va  Jahon tarixi (Qadimgi Sharq, Qadimgi Yunoniston va Rim tarixi) O’quv qo’llanma. – T.: “Navro’z”, 2018. – 304 b. chop etildi.

2018 yilda 07.00.03-Jahon tarixi bo‘yicha ixtisoslik ochildi.  

2019 yilda Kafedra mudiri D.Urakov boshchiligida I-OT-2019-26 “Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga O‘zbekiston xalqining qo‘shgan xissasi to‘g‘risida multimedia kompleksini yaratish” mavzusidagi Innovatsion grant tanlovida g‘alaba qozonildi.

2019 yilda AO UZVTORSVETMET DUK  bilan “Podgotovka i oformlenie istorcheskix ekspozitsiy v bibliotechnom zale AO UZVTORSVETMET v selyax provedeniya vospitateonoy rabotы s rabotnikami predpriyatiya i chlenami ix semey”  mavzusidagi xo‘jalik shartnomasi imzolandi.

2021 yil 30 iyun kuni kafedra o‘qituvchisi Djuraev Ravshan Xurramovichning “O‘zbekistonda chorvachilik ahvoli va muammolari (1917-1941 yy)” mavzusidagi 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi.

2021 yil 14 dekabr kuni kafedra mudiri D.J.Urakovning «Turkiston general‑gubernatorligining qo‘shni davlatlar bilan aloqalari (1867‑1917 yy.)”. 07.00.01 – “O‘zbekiston tarixi” ixtisosligi  bo‘yicha tarix fanlari doktori (DSc)  ilmiy darajasini olish  uchun yozilgan dissertatsiyasi hamda  kafedrasi katta o‘qituvchisi A.A. Biykuzievning “Kushon-Qang‘ aloqalari: “O‘rta Osiyo ko‘chmanchi va o‘troq xalqlari munosabatlari” 07.00.01 – “O‘zbekiston tarixi” ixtisosligi bo‘yicha tarix fanlari  falsafa  doktori  (PhD)  ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi.