Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Jamoatchilik bilan aloqalar va reklama kafedrasi

O‘zMU rektorining 2023 yil 3 fevraldagi 01 -26 sonli buyrug‘iga asosan Jamoatchilik bilan aloqalar va reklama kafedrasi tashkil qilindi. Jamoatchilik bilan aloqalar va reklama kafedrasi Respublika vazirliklariga, tashkilotlariga va agentliklariga, viloyat va shaxar xokimliklariga  matbuot xizmatlari uchun yetuk mutaxasislarini yetkazib beradi. Respublika, viloyat, shaxar va tuman gazeta-jurnallariga jurnalist kadrlarni tayyorlaydi.Xozirgi vaqtda jurnalistika fakultetining talabalari Respublika ommaviy axborot vositalarida tashkilotlarning axborot xizmatlarida amaliyot o‘taydilar.

Kafedra qoshida ikkita yo‘nalish mavjud:

5220200 -Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar,

60320100-Jurnalistika: bosma OAV

Asosiy o‘qitiladigan fanlar:

Jamoatchilik bilan aloqalar (PR) texnologiyalar,

Turli soxalar rivojida PRning щrni,

Jurnalistik ijod nazariyasi va metodikasi,

Uslubiyot va taxrir.

      Jamoatchilik bilan alokalar va reklama kafedrasida 1 nafar fan doktori, professor, 5 nafar dotsent, 2 nafar o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda. Bular:

  1. Tarix fanlari doktori, professor Irnazarov Kudrat Tuganovich – “Mehnat shuxrati” ordeni sohibi
  2. Dotsent Meliboev Axmadjon – O‘zbekistonla xizmat ko‘rsatgan jurnalist, “Do‘stlik” ordeni sohibi
  3. Tarix fanlari nomzodi, dotsent Miralimov Shavkat Abbosovich –  

    “Mehnat shuxrati” ordeni sohibi

  • Filologiya fanlari nomzodi, dotsent Eshbekov To‘lqin Usmonovich –

    “Do‘stlik”ordeni sohibi, 2021 yilda “Islohotlar bilimdoni”  respublika  

      tanlovi g‘olibi

  • Tarix fanlari nomzodi, dotsent Xusanov Mirbatыr  Mirdjamolovich
  • O‘qituvchi Omonov Ravshanjon Rustamovich – 2022 yilda “Uchinchi  renessans – yoshlar nigohida” respublika tanlovi g‘olibi
  • O‘qituvchi Xamrakulova Aziza Xamzakulovna
  •  Kafedra mudiri Filologiya fanlari nomzodi, dotsent – Abdusatorov 

      Ramziddin Xayridinovich

Kafedra a’zolarining so‘ngi yillarda chop etgan darslik va o‘quv qo‘llanmalari

  1. To‘lqin Eshbekov. Axborot xizmatlari. O‘quv qo‘llanma. –T.: Fan va texnologiyalar nashriyoti, 2019. – 224 bet.
  2. Abdusattorov R.X. Reklama. O‘quv qo‘llanma – Universitet 2022 yil
  3. Abdusattorov R.X. Ommaviy kommunikatsiya tili va uslubi. Darslik  – Universitet 2022 yil
  4. Mirsoatova M. Eshbekov T. Mo‘minov F. Jamoatchilik bilan aloqalar va reklama. Universitet 2022 y

     Kafedra a’zolari tomonidan so‘ngi yillarda 8 ta chet el jurnallarida,              10 dan ortiq respublika jurnallarida, 100 dan ortiq respublika Ommaviy axborot vositalarida materiallari chop etilgan va efirga uzatilgan.