Rossiya Federatsiyasining Janubiy Federal universiteti Psixologiya va pedagogika akademiyasi vakillari bilan onlayn uchrashuv
2023 yil 10 oktabr sanasida Rossiya Federatsiyasining Janubiy Federal universiteti Psixologiya va pedagogika akademiyasining prorektori Bondarev Maksim Germanovich va O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti “Psixologiya kafedrasi” mudiri, mazkur kafedraning professor-o‘qituvchilari hamda xalqaro bo‘lim xodimlari bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida universitet bilan yakunlangan memorandumni qayta imzolash masalalari muhokama etildi. Janubiy Federal universitet prorektori M.G.Bondarev tomonidani hamkorlik faoliyatini kengaytirish bo‘yicha takliflar bildirildi. Shuningdek, prorektor ilmiy loyihalarda ishtirok etish, talabalar va o‘qituvchilar akademik mobilligini yo‘lga qo‘yish, universitet strukturasi, zamonaviy ilm-fan yo‘nalishida olib borilgan ishlari hamda halqaro reytingdagi natijalari to‘g‘risida taqdimot qilib berdi.
Onlayn muloqot davomida hamkorlik bo‘yicha yo‘nalishlar belgilab olindi. Memorandum imzolash bilan birga ilmiy yo‘nalishlarda hamkorlik qilish, inklyuziv taʼlim sohasidagi tajribalarni almashish, hamkorlikda barqaror rivojlanish maqsadlari mavzularida ilmiy konferensiyalar o‘tkazish hamda universitetlarning ilmiy jurnallarida hammualliflikda maqolalarni nashr etish masalalari ko‘rildi. Shuningdek, universitetda ilmiy tadqiqot olib boradigan yosh tadqiqotchilarning aftoreferatlari va ilmiy maqolalarini taqrizlash imkoniyatlari o‘rganildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar memorandumga mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni kiritib, o‘zaro kelishilgan holda keyingi bosqichda ushbu hujjatni imzolash masalalarini kelishib oldilar.