Jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish istiqbollari, muommo va yechimlariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman o’tkazildi
Joriy yilning 3-may kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetida Taekvondo va sport faoliyati fakulteti tomonidan "Jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish istiqbollari: muommo va yechimlari" mavzusida IV Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo'lib o'tdi.
Mazkur anjumanda jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyat olib borayotgan yetakchi olimlar, mutaxassislar, professor-o'qituvchilar, shuningdek, doktorantlar, magistrlar hamda talabalar ishtirok etdi.
O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti professorlari R.D.Xolmuxamedov, D.D.Safarova, S.S.Tojiyevlar, dotsent N.K.Svetlichnayalar, Taekvondo WT sport turi bo'yicha O‘zbekiston terma jamoasi katta murabbiysi A.A.Kim, O‘zbekiston Regbi federatsiyasi ijrochi direktori (PhD), dotsent B.B.Ibragimov, Namangan davlat universiteti tayanch doktaranti Sh.D.Boltayev, O'zbekiston Milliy universiteti Sport menejmenti kafedrasi dotsenti A.I.Platunov hamda U.O.Matniyovlar sohadagi muommolar, sohani rivojlantirish yo'lida olib borilyotgan islohotlar va yechimlar xususida chiqish qilishdi.
O‘zMU Axborot xizmati