Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

“Kelajakka qadam” dasturi doirasida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun universitet rahbariyati, “Kelajakka qadam” Markazi mas’ul xodimlari ishtirokida bitiruvchi bosqich talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda “Kelajakka qadam” Markazi mas’ul xodimlari Prezidentimiz tomonidan bitiruvchilarga yaratilayotgan imkoniyatlar va ulardan foydalanish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, Universitet huzurida “Kelajakka qadam” Markazi tashkil etilganligi, bu Markazda bank xodimlari doimiy faoliyat yuritishi hamda bitiruvchilarning biznes, start-up g‘oyalarini tayyor loyihagacha olib borish jarayonida to‘liq hamrohlik qilishi, shu jumladan, qulay shartlarda moliyalashtirish jarayonlari haqida so‘z yuritildi.

Uchrashuv yakunida biznes g‘oyasiga ega, tadbirkorlik qilish istagidagi bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

O‘zMU Axborot xizmati