Bugun, 18-iyun kuni “Kelajakka qadam” dasturini amalga oshirish bo‘yicha mas’ul ishchi guruh vakillari O‘zbekiston Milliy universitetida bo‘lishdi. Dastlab, universitetda tashkil qilingan “Kelajakka qadam” Markazining hududiy bo‘linmasiga borilib, u yerda yaratilgan sharoitlar, amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
So‘ng ishchi guruh vakillari universitet rahbariyati, “Kelajakka qadam” Markazining hududiy bo‘linmasi mas’ullari va fakultet dekanlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ochiq muloqot davomida ishchi guruh tomonidan “Kelajakka qadam” dasturi doirasida qilinishi lozim bo‘lgan asosiy vazifalar hamda kelgusidagi faoliyat yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Mavjud masalalar va ularni ijobiy hal qilish bo‘yicha fikr almashildi.

