Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan tashkil etilayotgan “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovida ishtirok etishga taklif qilamiz!
Tanlovning maqsadi:
kitobxonlik madaniyatini keng targʻib qilish;
talaba va oʻquvchilarning soʻz boyligini oshirish;
yoshlarni ijodiy fikrlashga undash;
oʻzbek va jahon adabiyotining sara asarlari bilan tanishtirish.
Tanlov qanday oʻtkaziladi?
1-bosqich – saralash: onlayn test (Telegram bot orqali)
2-bosqich – final: Markazlashgan formatda (videokonferensiya orqali)
Gʻoliblarni nimalar kutmoqda?
1-oʻrin: Noutbuk va I darajali diplom
2-oʻrin: Smart televizor va II darajali diplom
3-oʻrin: Planshet va III darajali diplom
4-5-oʻrin: Smartfon va faxriy yorliq.