Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Kitob — millatning madaniy va ma’naviy merosi” nomli kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Toshkent viloyatidagi “TURON” axborot-kutubxona markazida V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Kitob — millatning madaniy va ma’naviy merosi” nomli kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda taniqli adiba, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Gulchehra Jamilova, jurnalist va adiba Matluba Qosimova, filologiya fanlari nomzodi Rahim Gulshan Muhiddin qizi, shoir va tarjimon, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Oygul Suyundikova hamda “TURON” axborot-kutubxona markazi qoshidagi “Kitobsevarlar klubi” a’zolari — Xonbibi Himmat qizi, Maqsuda Ergasheva va O‘zMU o‘qituvchisi Nigora Parmanova ishtirok etdilar.

Tadbir davomida mehmonlar kitob va ma’naviyat haqida fikr almashdilar, zamonaviy yoshlarning kitobxonlikka bo‘lgan munosabati va o‘qish madaniyati yuzasidan o‘z qarashlarini bildirdilar.

Tadbir yakunida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Biologiya va ekologiya fakulteti, Hayot faoliyati xavfsizligi yo‘nalishi 2-bosqich talabalari hamda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari mehmonlarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, atroflicha javoblar oldilar.

Mazkur tadbir yoshlarning kitobga mehrini oshirish, ularni ma’naviy va intellektual rivojlanishga undashda muhim ahamiyat kasb etdi.