Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

KOʼHNА YASHNOBODDА YOShLАR BOGʼI OCHILDI

“Mahallabay” ishlash tizimi boʼyicha joriy yilning 8 fevral kuni Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vaziri hamda Prezident Аdminstratsiyasi rahbari ishtirokida boʼlib oʼtgan videoselektor yigʼilishida Oʼzbekiston Milliy universitetiga Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi “Muxtor Аshrafiy” mahallasi biriktirilgan edi.

Oʼzini-oʼzi boshqarish maskani boʼlgan mahallada Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 11 fevraldagi “Mahallabay tizimini joriy qilish boʼyicha mahallalarga biriktirilgan vazirlik va idoralar tomonidan joylarda amalga oshirilishi lozim boʼlgan ishlar toʼgʼrisida”gi 19-sonli bayonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida hududdagi muammolarni aniqlash hamda bartaraf etish boʼyicha universitet tomonidan amalga oshiriladigan ishlarning manzilli dasturi asosida muntazam ravishda bir qator ijobiy ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

“Joriy yilning 11 fevralidan shu kunga qadar Muxtor Аshrafiy MFYda Oʼzbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov boshchiligida universitetning soha prorektorlari, yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan oʼrinbosarlari, professor-oʼqituvchilar va yosh tadqiqotchilardan tarkib topgan ishchi guruhi tomonidan jami 362 ta xonadonda 1448 nafar fuqarolar bilan uyma-uy yurish orqali sotsiologik suhbat oʼtkazildi. Shuningdek, uyma-uy yurish orqali jami 189 ta muammoli holatlar (uy-joy, bandlik, ijtimoiy himoya, fuqarolik pasportini rasmiylashtirish, nafaqa puli, ichimlik suvi, elektr energiya taʼminoti, “Temir daftar” roʼyxatiga kiritish, sogʼliqni saqlash, taʼlim, kredit, tadbirkorlik, xavfsizlik va boshqalar) aniqlandi hamda 68 tasi oʼz joyida hal etildi. Muxtor Аshrafiy MFYda joylashgan 56 ta obʼektlar (umumiy ovqatlanish shaxobchalari, koʼchalar, koʼpqavatli uylar, savdo doʼkonlari, hududda joylashgan ishlab chiqarish, xizmat koʼrsatish tashkilotlari va boshqalar) universitet ishchi guruhi tomonidan toʼliq oʼrganilib, ulardagi 77 ta muammoli holatlar (bolalar maydonchasini taʼmirlash, koʼpqavatli binolarni ichki va tashqi taʼmirlash, kanalizatsiya tizimi, sim yogʼochlar, piyodalar yoʼlakchasi, taʼmirtalab asfalьt yoʼllari, obodonlashtirish ishlari va boshqalar) aniqlandi hamda Yashnobod tuman hokimligi Shtabiga maʼlumotlar taqdim etildi” – deydi suhbatdoshimiz OʼzMU Yoshlar bilan ishlash prorektori Kamoliddin Mirzaaxmedov.

Yana bir suxbatdoshimiz boʼlmish Oʼzbekiston Milliy universitetining Moliya-iqtisod ishlari boʼyicha prorektori Fayzullaxon Dumaev bilan qilgan samimiy suhbat mazmunidan bizga quyidagi ishlar ham ayon boʼldi.

Hududda 20-21 fevralь kunlari M.Аshrafiy shoh koʼchasi boʼylab 3 km masofada obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, 60 tup daraxtlarga qoʼshimcha ishlov berildi. Shuningdek, universitet psixologlari tarkibidan iborat 12 nafar amaliyotchi psixologlar tomonidan 57 nafar(stress va agressiyaga moyil, oilaviy nizolari mavjud, nogironligi boʼlgan, uyushmagan yoshlar) fuqarolar bilan individual psixologik trening oʼtkazilib 10 nafar ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalarga 12 turdagi oziq-ovqat maxsulotlari umumiy qiymati 3,5 mln. soʼm miqdorida moddiy yordam koʼrsatilgan.

Muxtor Аshrafiy MFY binosining 28 m2 maydoni toʼliq taʼmirlab berilib, 1 ta chet tilini oʼrgatish toʼgaragi uchun xona mebellar bilan jihozlangan. 500 dona badiiy va ilmiy adabiyotlar bilan taʼminlangan. Shuningdek, 2 ta bolalar maydonchasi uchun universitet byudjetdan tashqari mablagʼlari hisobidan 2 juft 3 shakldagi sport turnik moslamalari, 2 juft sport turnik brus jihozlari oʼrnatib berilgan.

Bugun esa Yashnobod tumanidagi “Muxtor Аshrafiy” mahallasida tashkil etilgan “OʼzMU yoshlar bogʼi”ning ochilish marosimi boʼlib oʼtdi.

Dono xalqimizning “Yaxshidan yaxshi nom va bogʼ qoladi” degan purmaʼno xikmatini maxkam tutgan oliygoh mutasaddilari bogʼning ochilish marosimiga bagʼishlab katta doshqozonda osh damlab, shu hududda yashovchi kam taʼminlangan, nogironligi boʼlgan, boquvchisini yoʼqotgan oilalarga begʼaraz tarqatishganining guvohi boʼldik.

Ravshan OMONOV,

jurnalist