Abdurahmonova Nilufar Zaynobiddin qizi – Kafedra mudiri
Manzil: 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy
Qabul vaqti: Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00
Tel: +998 9
e-mail: n.abduraxmonova@nuu.uz
Kompyuter lingvistikasi va raqamli texnologiyalar kafedrasi 2023-yilda tashkil etilgan O’zbek tili kafedrasi negizida yaratilgan. Kafedra faoliyati talabalarda tabiiy tilni qayta ishlash (NLP), avtomatik tarjima, til korpuslarini yaratish boʻyicha amaliy masalalarni yechish, filologik axborot tizimlarini ishlab chiqish, qidiruv tizimlari, kompyuter grafikasi, ma’lumotlar bazasini yaratish va ulardan foydalanish boʻyicha bilim beradi, ko‘nikma hamda malakalarni shakllantiradi. Kafedra qoshida Kompyuter lingvistikasi laboratoriyasi tashkil etilgan. Ushbu markaz filologik masalalarni modellashtirish, ularning maʼlumot va bilimlar bazalarini yaratish, tadqiq etish; sunʼiy intellekt uchun tilni modellashtirish usullarini yaratish, shuningdek, leksik maʼlumotlar bazalari – lingvistik ontologiya, axborot qidiruv tizimlari, kompyuter leksikografiyasi, mashina tarjimasi, kompyuter lingvistikasi terminologiyasi, kompyuter lingvodidaktikasi muammolari tadqiqi bilan shug‘ullanadi va lisoniy raqamli texnologiyalar ishlanmalarini yaratish boʻyicha izlanishlar olib boradi.
Respublikamizda Kompyuter lingvistikasining zamonaviy texnologiyalariga oid tadqiqotlarni keng targ‘ib qilish, tajriba almashinish hamda eng so‘nggi ilmiy yutuqlardan xabardor bo‘lish maqsadida vazirlik miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Kompyuter lingvistikasi va amaliy tilshunoslik kafedrasi, Yaponiya raqamli universiteti (JDU), Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda “ASMIRUS” ilmiy anjumanlarni qo‘llab-quvvatlash markazi bilan hamkorligida «KOMPYUTER LINGVISTIKASINING ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARI – CTCL.2023» mavzusida vazirlik miqyosida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.
Kafedrada 3 nafar ilmiy darajali professor-o‘qituvchilar dars beradi. Shundan 1 nafar filologiya fanlari doktori (DSc), 2 nafari falsafa fanlari doktori (PhD). Kafedraning ilmiy salohiyati: 40%.
Kafedra mudiri: Filologiya fanlar doktori, professor Abduraxmonova Nilufar Zaynobiddin qizi.
Ayni damda kafedrada quyidagi professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar: f.f.n., prof. Z.T.Taxirov, f.f.n. F.Egamberdieva, Z.Chorieva, katta o‘qituvchilar: N. Bekmuxamedova, U. Xalmuxamedova, N.Inog‘omova, F.Topildieva, o‘qituvchilar: O. Yulbarsov, F.Aliev.
Kafedraning ustuvor yo‘nalishlari:
- O‘zbek tili elektron korpusini http://uzbekcorpus.uz/ rivojlantirish;
- O‘zbek tili kompyuter lingvistikasi va NLP (tabiiy tilni qayta ishlash jarayoni) uchun lingvistik va dasturiy ta’minotlar yaratish;
- O‘zbek tilining zamonaviy kompyuter leksikografiyasini rivojlantirish;
- Til va nutq hodisalarini tahlil qiluvchi sun’iy intellekt modellari va texnologiyalarini takomillashtirish;
- Tarjimon dasturlar va parallel korpus texnologiyalarini amaliyotga tatbiq etish;
- Lingvistik ekspertiza va amaliy tilshunoslik bo‘yicha til muammolarini yechishda ilg‘or tajribalarni tatbiq etish orqali o‘zbek tilining kommunikativ imkoniyatlarini oshirish;
- Korpusga asoslangan ta’lim, korpusga asoslangan tarjimashunoslik, korpusga asoslangan tahlil kabi metodologik usullarni o‘zbek tili doirasida takomillashtirish.
Kafedra tomonidan o‘qitiladigan yo‘nalish va mutaxassisliklar
Magistratura mutaxassisliklari uchun:
70230801 – Kompyuter lingvistikasi
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar
1. Kompyuter lingvistikasi
2. O‘zbek tili
3. O‘zbek tilini sohada qo‘llanilishi
4. Amaliy tilshunoslik
5. Tabiiy tillar jarayoni uchun statistik metodlar
6. Tabiiy tillar jarayoni uchun dasturlash (Python)
7. Mashinali tarjimon texnologiyalari
8. Korpus lingvistikasi
9. Kompyuter leksikografisi
10. Ontologiyalar va semantik texnologiyalar
Bakalavr ta’lim yo‘nalishlari uchun quyidagi fanlar o‘qitiladi:
1. Kompyuter lingvistikasi
2. O‘zbek tili
3. O‘zbek tilini sohada qo‘llanilishi
4. Amaliy tilshunoslik
O‘QUV NASHRLAR:
1. Abduraxmonova N. Kompyuter lingvistikasi (darslik). –Toshkent: Nodirabegim, 2021. –398 b.
2. Abduraxmonova N. Mashina tarjimasining lingvistik asoslari (o‘quv qo‘llanma, 2012);
3. Abduraxmonova N. O‘zbek tilidan universal qo‘llanma (hammualliflikda, 2014);
4. Abduraxmonova N. Mashina tarjimasining lingvistik ta’minoti (monografiya, 2018);
5. Abduraxmonova N. English-Uzbek dictionary of phrasal verbs (2018);
6. Abduraxmonova N. Kompyuter lingvistikasi terminlarining izohli lug‘ati (2019)
7. Abduraxmonova N. Ontologies and semantic technologies (hammualliflikda, o‘quv qo‘llanma 2020)
8. Abduraxmonova N. O‘zbek tili elektron korpusining kompyuter modellari (monografiya, 2021);
9. Abduraxmonova N. O’zbek tili omonimlarining o’quv lug’ati (2022)
10. Abduraxmonova N. A. Sharipbay, A. S. Mukanova, R.S. Niyazova, B.SH.Razakhova, A. S. Omarbekova, N.Z.Abdurakhmonova ONTOLOGIES, SEMANTIC TECHNOLOGIES (Electronic textbook) –Nursultan, 2021. – P. 88.
11. Abduraxmonova N. Ismailov A. Tabiiy tillar jarayoni uchun dasturlash (Python)”(o‘quv qo‘llanma) , 2022
12. Tahirov Z. Adabiy tahrir (darslik) Toshkent, Tafakkur bo‘stoni, 2012. 320 b.
13. Tahirov Z. Nashr jarayoni asosiy bosqichlari. (darslik) Toshkent: Tafakkur bo‘stoni, 2015. 320 b.
14. Tahirov Z. O‘zbek tilining amaliy uslubiyati (darslik) Toshkent: Noshr., 2021. 240 b.
15. Tahirov Z. Tahrir mantiqi (o‘quv qo‘llanma) Toshkent: O‘zbekiston., 2017. 264 b.
16. Tahirov Z. Adabiy tur, termin, tahrir va muharrirlik mahorati Toshkent: Noshr., 2019. 250 b.
17. Tahirov Z. Badiiy nutq (monografiya) Toshkent: Fan va texnologiyalar., 2018. 240 b.
18. Tahirov Z. Ijod laboratoriyasi Toshkent: Zarqalam, 2008. 96 b.
19.
MUALLIFLIK GUVOHNOMALAR:
1. Abduraxmonova N., Maharov Q. O‘zbek tili elektron tezaurusining dasturiy ta’minot 21.01.2022 № DGU 14735
2. Abduraxmonova N., Maharov Q. “Mahalla” konseptiga doir o‘zbek tili elektron tezaurusining dasturiy ta’minoti 21.01.2022 DGU 14720
3. Abduraxmonova N. va boshq. Yangi avlod o‘quv lug‘atlari va ularning mobil ilovalarini yaratish – Omonimlar lug‘ati 11.05.2022
4. DGU 2022 2572
5. Abduraxmonova N., Babajonov U., Abduvaxobov G‘. O‘zbek tilidagi turli sohaga doir terminologik ma’lumotlar bazasi uchun http://uztermin.uzbekcorpus.uz sayti platformasi №DGU 20099, 08.12.2022
6. Abduraxmonova N., Ismoilov A. Tabiiy tilni qayta ishlashda (NLP) Piton (Python) dasturlash tili uchun o‘zbek tili morfoanaliz kutubxonasi №DGU 19833, 02.12.2022
7. Abduraxmonova N., Ismoilov A. Tabiiy tilni qayta ishlashda (NLP) Piton (Python) dasturlash tili uchun o‘zbek tili stemmer kutubxonasi №DGU 17845, 23.07.2022