Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Konstitutsiya – inson farovonligini va jamiyatning barqaror rivojlanishining huquqiy kafolati

O‘zbekiston Milliy universitetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan qator tadbir va tanlovlar, olimpiada va viktorinalar tashkil etildi.

Bugun, 5-dekabr kuni universitetida sanaga bag‘ishlab “Konstitutsiya – inson farovonligini va jamiyatning barqaror rivojlanishining huquqiy kafolati” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiyasini o‘tkazildi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Parlament tadqiqotlari instituti, siyosiy partiya vakillari, universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, magistr va talabalar ishtirok etishdi.

Ushbu anjuman O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tarixiy rivojlanish bosqichlari, yaratilishi, huquqiy asoslari va o‘ziga xos xususiyatlari, inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari, jamiyat va shaxs, davlat hokimiyatining tashkil etilishga oid masalalarni qamrab oldi.

Konferensiyada ma’ruzachi-spikerlar tomonidan konsitutsiya bilan bog‘liq turli mavzular bo‘yicha taqdimotlar qilindi. Qizg‘in muhokamalar o‘tkazildi.

Anjumanning 2-qismi Ijtimoiy fanlar fakultetida sho‘balarga bo‘lingan holda davom etdi.

O‘zMU Axborot xizmati