Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha talaba-yoshlar klubining davra suhbati bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Milliy universiteti korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha talaba yoshlar klubining fakultetlar yetakchilari ishtirokida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, uni oldini olish va bartaraf etish masalalariga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish “Koplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Shohnazar Gʻulomov yig‘ilganlarga talaba-yoshlar klubi faoliyatini jadallashtirish, korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan chellendj va videoroliklar tayyorlash, fakultetlar miqyosida tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Klub rahbari Bobomurod Sa’dullayevga yetakchilar faoliyatini nazoratga olish, korrupsiyaviy holatlar bo‘yicha ma’lumotlar olishni faollashtirish yuzasidan topshiriqlar yuklatildi.

Fakultetlar bo‘yicha yetakchilarning qiziqtirgan savollariga javob berildi. Korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha videorolik namoyish etildi.

O‘zMU Axborot xizmati