Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

“Kreativ” teatr jamoasi Respublika bosqichida!

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar masalalari bo‘yicha respublika idoralararo kengashi majlisining 2018 yil 8 fevraldagi 4-son bayonida rejalashtirilgan “Yoshlar - kelajak bunyodkori!” shiori ostida “Yoshlar festivallari” doirasida har yili respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalarining ijodkor yoshlari o‘rtasida talabalar teatr studiyalari festivali o‘tkazib kelinmoqda.

Joriy yilning 28 oktabr kuni O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashining Yoshlar markazi saroyida mazkur festivalning hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Milliy rassomlik va dizayn instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent davlat texnika universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti teatr jamoalari ishtirok etdi.

Festivalning hududiy bosqichida Mirzo Ulug‘bek nomidgi O‘zbekiston Milliy universitetining “Kreativ”teatrjamoasi “Jaholat qurbonlari”, Toshkent kimyo-texnologiya instituti “Kimyogarlar” teatr jamoasi “Urushning so‘ngi qo‘rboni” spektakillari bilan o‘zaro kuch sinashdi.

Hakamlar xay’ati tomonidan baholangan umumiy natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston Milliy universitetining “Kreativ” teatr jamoasi tomonidan namoyish etilgan “Jaholat qurbonlari” nomli sahna asari mutloq g‘olib deb topildi va keyingi respublika bosqichga yo‘llanma berildi.

Festival so‘ngida ishtirokchilarga O‘zbekiston milliy unversiteti va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashining qimmat-baho sovg‘alari topshirildi.

Universitetining “Kreativ”teatrjamoasiga festivalning ruyespublika bosqichidagi ishtirokida omad va mavaffaqiyatlar tilaymiz!

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat Ma’rifat bo‘limi