GERMANIYANING YETAKCHI UNIVERSITETLARI BILAN HAMKORLIK ALOQALARI
2023 yil 22-mart sanasida Oʼzbekiston Milliy universiteti xalqaro aloqalar boʼyicha prorektor Raima Shirinova va strategik rivojlantirish va xalqaro reyting boʼlimi boshligʼi Gulasal Rofievalar xalqaro reyting sohasida Yevropaning yetakchi universitetlari tajribasi, universitetni transformatsiya qilishda xalqaro malaka va talablarni oʼrganish maqsadida Germaniyaning Leybnits nomidagi Gannover universitetiga tashrif buyurdilar.
Hamkor universitet bilan talabalar almashinuvi, 2024-yilda magistraturada qoʼshma ta’lim dasturini yoʼlga qoʼyish, talabalar yozgi maktabini hamkorlikda oʼtkazish, universitetni reytingda qatnashish strategiyasi bilan tanishish kabi bir qator masalalarni muhokama qildilar.
Shuningdek, universitetning tuproqshunoslik, biologiya, ekologiya boʼyicha ilgʼor va zamonaviy yoʼnalishdagi ilmiy laboratoriyalari bilan tanishdilar. Qoʼshma ta’lim dasturini yoʼlga qoʼyish bilan bogʼliq hujjatlar kontenti bilan tanishdilar.
Qoʼshma hamkorlik masalalarini oʼquv boʼlimi bilan birgalikda onlayn uchrashuvlarda muhokama qilishga kelishib olindi.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va Germaniya Federativ Respublikasining Leybnits nomidagi Gannover Universiteti o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasiga asosan akademik almashinuv dasturi doirasida 2022 yilning 10-15 avgust kunlari mazkur xorijiy universitetning 2 nafar professor-o‘qituvchilari va 19 nafar talabalari O‘zMU professor-o‘qituvchi, tadqiqotchi va talabalari bilan hamkorlikda O‘zMUda ilmiy tadqiqotlar olib borish, ma’ruza o‘qish va “Chorvoq” o‘quv-dala amaliyot bazasida o‘quv-dala amaliyot o‘tash uchun tashrif buyurishdi.
🔸Ma’lumot uchun: Leybnits nomidagi Gannover Universiteti Germaniya Federativ Respublikasi oliy ta’lim tizimining etakchi universitetlaridan biri bo‘lib, Times Higher Education xalqaro reyting agentligi tomonidan 401-500 o‘rinda, Quacquarelli Symonds xalqaro reyting agentligi tomonidan 601-650 o‘rinda joylashgan.