Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Leybnits o‘tish davridagi iqtisodiyotda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish instituti

2024 yilning 22 yanvar sanasida Germaniyaning Leybnits o‘tish davridagi iqtisodiyotda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish instituti (IAMO; Germaniya) bo’lim boshlig’i, Berlindagi Humbold universiteti professori Daniel Muller. O’zbekiston milliy universitetiga tashrif buyurdi.

Delegatsiyani xalqaro aloqalar boyicha prorektor R.Shirinova kutib oldilar.

Tashrifdan asosiy maqsad: O’zbekiston va Germaniya davlatlari o’rtasida ilmiy tadqiqot va ta’limda hamkorlikni yo’lga qo’yish va rivojlantirishdan iborat. Xususan, Iqlim oz’garishi sharoitida yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, uglerod gazlari va “issiqxoba effekti” gazlarini kamaytirishga qaratilgan tadqiqotlar olib borish bo’yicha o’z taklifini berib o’tdi.

Germaniya xukumati tomonidan e’lon qiligan tanlovda ishtirok etish uchun O’zMU hamkor sifatida qatnashishiga taklif etildi.

Muayyan sohalarda IAMO va O’zMU o’rtasida almashinuv dasturlarini yo’lga qo’yish, malaka oshirish va boshqa o’quv, uslubiy va tadqiqot yo’nalishlarida hamkorlini yo’lga qo’yish bo’yicha kelishib olindi.

 Ma’lumot o’rnida, IAMO oʻtish davridagi iqtisodiyotlarda, xususan, Markaziy va Sharqiy Yevropa, shuningdek, Markaziy va Sharqiy Osiyoda qishloq xoʻjaligini rivojlantirishga eʼtibor qaratadi.


Joriy yilning  1-mart kuni, Germaniyaning Leybnits oʻtish davridagi iqtisodiyotda qishloq xoʻjaligini rivojlantirish instituti (IAMO; Germaniya) boʻlim boshligʻi, Berlindagi Humbold universiteti professori Daniyel Muller Oʻzbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida Oʻzbekiston va Germaniya davlatlari oʻrtasida ilmiy tadqiqot va taʼlimda hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, xorijlik professorlar Iqlim oʻzgarishi sharoitida yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, uglerod gazlari va “issiqxoba effekti” gazlarini kamaytirishga qaratilgan tadqiqotlar olib borish boʻyicha oʻz taklifini berib oʻtdi. Shuningdek, Germaniya hukumati tomonidan eʼlon qiligan tanlovda ishtirok etish uchun Oʻzbekiston Milliy universiteti vakillari hamkor sifatida qatnashishga taklif etildi.

Uchrashuv soʻnggida, muayyan sohalarda yaʼni, IAMO va Oʻzbekiston Milliy universiteti oʻrtasida almashinuv dasturlarini amalga oshirish, malaka oshirish va boshqa oʻquv, uslubiy va tadqiqot yoʻnalishlarida hamkorlini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishib olindi.

Maʼlumot oʻrnida, IAMO oʻtish davridagi iqtisodiyotlarda, xususan, Markaziy va Sharqiy Yevropa, shuningdek, Markaziy va Sharqiy Osiyoda qishloq xoʻjaligini rivojlantirishga eʼtibor qaratadi.