Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

lmiy-amaliy konferensiyasiga taklif etamiz!

Hurmatli hamkasblar!

2025-yilning 29-31-oktyabr kunlari «Strategiyalash nazariyasi va amaliyoti» doirasida VIII Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya «Markaziy Osiyo Strateg Universitariumi» yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Ushbu konferensiyaning tashkilotchilari Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining “Davlat va korporativ strategiyalar” kafedrasi, Navoiy davlat konchilik va texnologiya universitetining “Mintaqaviy va korporativ strategiyalar” kafedrasi, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining “Iqtisodiy va moliyaviy strategiyalar” kafedrasi, M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Moskva iqtisodiyot maktabining “Iqtisodiy va moliyaviy strategiya” kafedrasi, Moskva universitetining “Murakkab tizimlarni tahlil qilishning matematik usullari” Fanlararo ilmiy-ta’lim maktabi va Moskva davlat universiteti Strategik tadqiqotlar markazining “Murakkab tizimlarni matematik tadqiq qilish” instituti hisoblanadi.

Sessiya strategiyalashning nazariyasi, metodologiyasi va amaliyotiga bag‘ishlangan mavzular bo‘yicha seksiyalar va tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Ular bilan batafsil «Markaziy Osiyo Strateg Universitariumi» sessiyasi dasturida tanishish mumkin.

Sessiya ishining natijalari bo‘yicha RINS (Rossiya ilmiy iqtiboslar indeksi)da indekslanadigan ilmiy maqolalar to‘plamining maxsus soni nashr etiladi, eng yaxshi ma’ruzalar kafedra va “Strategik tadqiqotlar” markazi jurnallarida chop etish uchun tavsiya qilinadi.

Ma’ruzachilar sertifikatlar va mukofotlar bilan, eng yaxshi ma’ruzalar diplom bilan taqdirlanadilar!
Sessiyada ishtirok etish uchun to‘ldirilgan arizalarni 2025 yilning 15 sentyabriga qadar caus_mse@mail.ru elektron pochtasiga yuborish lozim.

Ma’ruza bilan chiqish va to‘plamda chop etishni istaganlar maqolalarini caus_mse@mail.ru elektron pochtasiga 2025 yilning 15 sentyabrgacha yuborishlari mumkin (maqolalarni tayyorlash bo‘yicha talablar beriladi).
Sizni ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz!
* * *
Sizni VIII Xalqaro «Strategiyalashning nazariyasi va amaliyoti» ilmiy-amaliy konferensiyasining keyingi sessiyalarida ham ishtirok etishga taklif qilamiz!

Strateglarning Universitariumi barcha sessiyalari o‘tkazilish sanalari va ma’lumotlari haqidagi axborot havola orqali taqdim etilgan.

Ariza namunasi
Dastur
Maqola talablari