MА’NАVIY TАHDIDLАRGА QАRShI KURАSHISH DАVR TАLАBI


Bugungi kunda yoshlarning asosiy maqsadi oʼqish boʼlishi kerak. Ular sotqinlik va xoinlik kabi atamalarni maʼnaviyatga tahdid soluvchi yot tushuncha ekanligini anglashi zarur – deya filologiya fanlari doktori, professor Yoqutxon Mamatova Jurnalistika fakulьtetida oʼtkazilgan “Yoshlar xuquqbuzarligini oldini olish va maʼnaviyatga tahdid soluvchi illatlar” mavzuidagi profilaktik davra suhbati ishtirokchilariga qarata murojaat yoʼllar ekan bunday illatlarning negizida maʼnaviyatsizlik, bilimsizlik turishi va eng katta illat esa oʼz vataniga xoinlik ekanligini taʼkidladi.

Аfsuski, xorijdagi tashkilotlar vaʼda qilgan moʼmaygina pullarga yoshlarimiz oʼz tugʼilib oʼsgan vatanlarini ham sotish hollari uchramoqda. Zotan, bugungi oldimizda turgan dolzarb masalalardan biri yoshlar oʼrtasida jinoyatchilik va xuquqbuzarliklarga qarshi kurashish, ularni oldini olishdan iboratdir.

– Hozirgi kunda yoshlarimimz oʼrtasida afsuski xudbinlik illati koʼp uchramoqda. Xudbinlik – bu fazilat emas, salbiy qusur deb atasak ham boʼladi. Insoning odob-ahloqi yaxshi boʼlmasa, shu yaramas illatga ega boʼladi. Bizda joʼmarlik, degan tushuncha bor. Bular jonini vatani uchun fidoyi qiladigan insonlardir. Ular ushbu tushunchani aqli, yuragi bilan his qiladigan insonlardir. Ular doimo vatanimizning ravnaqi uchun oʼz hissalarini qoʼshib keladilar. Insonparvarlik yoʼq joyda, xudbinlik paydo boʼladi. Shunday illatlarni inson oʼzidan yoʼqotishi kerak. Xudbinlar esa, bu hamisha oʼzining manfaatini koʼzlaydigan insonlardir. Ular yuragi bilan emas, peshonasi bilan anglaydigan insonlardir. Xudbinlikning oxiri jinoyatga olib keladi. Inson zoti yashar ekan, hamisha oʼz ustida ishlashi, oʼzini tarbiya qilib borishi kerak. Hurmatli yoshlar, xudbinlik qusurlaridan oʼzingizni asrang, koʼproq kitob oʼqing. Kitob insonning maʼnaviy dunyosini boyitadi. Kelajak sari yaxshi niyatlar ila intiling deya yoshlarni xudbinlikka qarshi kurashishga chaqirdi tadbir ishtirokchisi Oʼzbek filologiyasi kafedrasi katta oʼqituvchisi Feruza Topildieva.

  • “Jinoyatchilik jamiyatning barqaror rivojlanishiga jiddiy xavf-xatar paydo qiluvchi ijtimoiy xodisa boʼlib, uning taxdidini taʼsir doirasi huquqiy qonunlar asosida belgilanadi. Jinoyatchilikka qarshi kurashish barcha davrlarda ham davlatning jiddiy va muhim masalasi hisoblanib kelingan. Jinoyatchilik koʼlamining tobora kengayib borishi har qanday jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy barqarorligining jiddiy kushandasi hisoblanadi. Jumladan, mamlakatimizda ana shunday illatlarga qarshi kurashish, yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini namoyon qilish, ularning fuqarolik javobgarligini va olib borilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini oshirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Hammamizning oldimizda turgan eng muhim masala bu yoshlar oʼrtasida jinoyatchilikning oldini olish, chunki, yoshlar bizning kelajagimiz. Jinoyatchilikka qarshi kurashish faqat huquq tartibot organlarining emas, balki keng jamoatchilikning vazifasi boʼlmogʼi zarur. Inson tinch va xotirjam yashashni hohlaydi. Tinchlik boʼlgan joyda baraka va rivojlanish boʼladi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar asosan kelajak barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilayotgani, qolaversa, yoshlarning ilm-maʼrifat va maʼnaviy-ahloqiy mezonini yuksaltirish, talaba-yoshlar oʼrtasida turli huquqbuzarlik, jinoyatchilikni oldini olish, ijtimoiy tarmoq va internet jahon axborot tizimidan toʼgʼri maqsadlarda foydalanish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri”- deydi Toshkent shahar Olmazor tumani IIO FMB 4-sonli XPP Xotin-qizlar masalalari boʼyicha katta inspektori, podpolkovnik Madina Inagamova. Tadbirda soʼzga chiqqanlar oʼz maʼruzalarida jinoyatchilikka qarshi kurashish barcha davrlarda ham davlatning jiddiy va muhim masalasi hisoblanib kelinganligi, inson tinch va xotirjam yashashni hohlashi va tinchlik boʼlgan joyda baraka va rivojlanish boʼlishini alohida taʼkidlab oʼtishdi. Tadbir yakunida Jurnalistika fakulьteti talabalari oʼrtasida oʼtkazilgan “Men diniy ekstremizm va terrorizmga qarshiman” tanlovi gʼoliblarining har biri fakulьtet Fahriy yorligʼi va badiiy adabiyotlar jamlanmasi bilan taqdirlanishdi.

Ravshan OMONOV,

Jurnalistika fakulьteti

Yoshlar bilan ishlash boʼyicha

dekan oʼrinbosari