Mamlakatimizda sogʼlom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa, yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shugʼullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda oʼz irodasi, kuchi va imkoniyatlariga boʼlgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuygʼularini kamol toptirish, shuningdek, jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yoʼnaltirilgan keng koʼlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugun “Bir ziyoli, bir mahallaga maʼnaviy homiy!” shiori ostidaOʼzbekiston Milliy universitetiga biriktirilgan Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi“Moyariq”, “Shodiyona”, “Beruniy”, “Tepaguzar”, “Paxta” mahallalarida “Temir daftar” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 14-18 yoshli yoshlar oʼrtasida sportning mini futbol turi boʼyicha “OʼzMU rektori kubogi” musobaqasi oʼtkazildi.
Shuningdek, turnir doirasida tumandagi 200 ga yaqin koʼngilli yoshlar ham ishtirok etib, sportning shaxmat, shashka, basketbol, voleybol, kurash turlari boʼyicha oʼzaro bellashishdi.
Jumladan, musobaqada Matematika fakulьtetiga biriktirilgan Olmazor tumanidagi Beruniy MFY raisi Saidakbar Аbidov boshchiligidagi “Beruniy” jamoasi ham “OʼzMU rektori kubogi” musobaqasida faol ishtirok etib fahrli III oʼrinni qoʼlga kiritdi.
Musobaqadagi faol ishtiroki uchun gʼolib jamoalar OʼzMU rektori Inomjon Madjidov tomonidan munosib taqdirlandilar.
Shuningdek, Matematika fakulьteti dekani, professsor Obidjon Zikirov “Beruniy” mahalla fuqarolar yigʼini raisi Saidakbar Аbidovga hamkorlikdagi faolligi uchun minnatdorchilik bildirib, fakulьtet nomidan ham “Beruniy” jamoasi aʼzolariga oʼzining alohida ragʼbatlantiruvchi sovgʼalarini topshirdi.
Musajon Mamatqulov,
Matematika fakulьteti
Yoshlar bilan ishlash boʼyicha
dekan oʼrinbosari