Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Malayziyaning Universiti Sains Malaysia (USM) universiteti vakili O‘zMUda



Bugun, O‘zMUga Malayziyaning University Universiti Sains Malaysia (USM) universiteti professori Prof. Dr Zulnaidi Yaacob tashrif buyurdi.

Maʼlumki, Malayziya davlatining ko‘pgina OTMlari dunyo reytingida yuqori o‘rinlarni egallagan. Jumladan, USM universiteti ham QS World University Rankings reytingida 146-o‘rinni egallagan.

Mazkur uchrashuvda ikki universitet o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida fikr almashildi. Shuningdek, hamkorlikda asosan ikki universitet professor-o‘qituvchilarning hammualliflikda ilmiy maqolalar nashr qilish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish hamda talabalar akademik mobilligini yo‘lga qo‘yish kabi masalalar muhokama qilindi.


Xalqaro aloqalar bo’limi