Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

“Matematik fizikaning noklassik tenglamalari va ularning tatbiqlari” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiyasi o‘tkazilmoqda

Bugun, 24-oktyabr kuni O‘zbekiston Milliy universitetida O‘zbekiston Matematika jamiyati, O‘zR FA V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti, Rossiya Fanlar Akademiyasi Sibir Bo‘limi S.L.Sobolev nomidagi Matematika instituti, Dunyo miqyosidagi Matematik Markaz «Математический центр в Академгородке» hamda Novosibirsk davlat universiteti bilan hamkorlikda “Matematik fizikaning noklassik tenglamalari va ularning tatbiqlari” Xalqaro ilmiy konferensiyasi o‘z ishini boshladi.

Ushbu anjumanni o‘tkazishdan maqsad matematik fizika va analizning noklassik masalalari, buziladigaan va aralash tiplagi tenglamalar, qo‘shma va aralash-qo‘shma tipdagi tenglamalar nazariyasi, kasr tartibli differensial tenglamalar va ularning xossalari, optimal boshqaruv va differensial o‘yinlar nazariyasi va ularning tadbiqlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar hamda mazkur sohaning istiqbolli ustivor yo‘nalishlarini muhokama qilishdan iborat.

Konferensiyada Rossiya, Germaniya, Bolgariya, AQSH, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston kabi mamlakatlardan 90 dan ortiq xorijlik olimlar bevosita ishtirok etmoqda.

Ushbu Xalqaro konferensiyaga yoshlar olimlar, magistrantlar va doktorantlar keng jalb etib kelinmoqda. Ularga respublikamizdagi va xorijdagi nufuzli olimlar bilan ilmiy hamkorlik qilish, xorijiy davlatlarning nufuzli ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tashlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berilmoqda.

Mazkur ilmiy konferensiya qatnashchilari atoqli matematik olim, davlat va jamoat arbobi, akademik, fizika-matematika fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Xalqaro oliy maktab akademiyasining akademigi, Fan, ta’lim, sanoat va san’at Xalqaro akademiyasi akademigi, Beruniy nomidagi Respublika Davlat mukofoti laureati To‘xtamurod Jo‘rayevich Jo‘rayev (1934-2009 yillar) tavalludining 90 yilligi munosabati bilan zamondoshlari, hamkasblari, do‘stlari, shogirdlari olimning fan va ta’limda qoldirgan ilmiy meros haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.