Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Milliy armiya – Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!

O‘zbekiston Milliy universitetida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Milliy armiya – Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!” shiori ostida tantanali tadbir tashkil etildi.

Tadbir talabalar shaharchasidagi Beruniy maydonida o‘tkazilgan harbiy paraddan boshlanib, unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rahbariyati, Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi, O‘zbekiston Milliy universiteti hamda universitet qoshidagi harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi rahbar-xodimlari, tegishli mas’ullar va harbiylar ishtirok etdi.

Tadbirni O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov kirish so‘zi bilan ochib, yurtimiz tinchligi va xavfsizligini ta’minlash yo‘lida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarni bayram bilan samimiy tabrikladi.

Oʻzbekiston Milliy universiteti bosh maydonida universitet qoshidagi Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi tomonidan harbiy qurol-aslaxalar hamda texnikalar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Harbiy chiqishlar va konsert dasturi namoyishi oldidan so‘zga chiqqanlar Qurolli Kuchlar tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan yig‘ilganlarni qizg‘in tabriklashdi.

Tadbir davomida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar akademiyasi harbiy xizmatchilari, Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi hamda Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari ijrosida harbiy chiqishlar namoyish etildi.