Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti dekani, professor Alisher Muminov Rossiya Fanlar akademiyasi Umumiy tarix instituti va bir qator ilmiy muassalar hamkorligida tashkil etilgan nufuzli xalqaro tadbirda ishtirok etdi.

➡️ Mazkur xalqaro konferensiya Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan bo‘lib, soha mutaxassislarini bir maydonga jamladi.

➡️ Tadbir joriy yilning 22–23-aprel kunlari Moskva shahrida o’tkazilib, unda MDH davlatlari, Yevropa, Osiyo, Afrika, Shimoliy va Janubiy Amerika mamlakatlaridan tashrif buyurgan mutaxassislar ishtirok etdilar. Ikkinchi jahon urushi tarixi va uning turli mamlakatlarda o‘rganilishi bilan bog‘liq dolzarb masalalar bo‘yicha fikr almashdilar.

➡️ Anjuman doirasida MDHga a’zo davlatlar tarixchilari va arxivchilari xalqaro assotsiatsiyasining tantanali yig‘ilishi ham tashkil etildi.