Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

“MURUNTOV” forumi – ishlab chiqarish va oliy taʼlim hamkorligining yorqin namunasi

Navoiy davlat konchilik institutida oliy taʼlim muassasalari rektorlari ishtirokida ilk bora “Muruntov” forumi boʼlib oʼtdi. Tadbir Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida joriy yilning 16 iyunь kuni oliy taʼlim tizimidagi ustuvor vazifalarga bagʼishlangan videoselektor yigʼilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosiga qaratildi.

Forumda mamlakatimizning yetakchi oliy taʼlim muassasalari, jumladan Oʼzbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent moliya instituti, Fargʼona politexnika instituti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali va Navoiy davlat pedagogika instituti rahbarlari ishtirok etdilar. Ular Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2 va 7-gidrometallurgiya zavodlariga hamda dunyodagi eng yirik oltin konlaridan biri – “Muruntov”ga tashrif buyurishdi.

Xabaringiz bor, Oʼzbekiston Milliy universiteti amaliy matematika va intellektual texnologiyalar, fizika fakulьtetihamda kimyo fakulьteti oʼrtasida Navoiy davlat konchilik instituti va Navoiy kon-metallurgiya kombinati bilan hamkorlik shartnomasi yoʼlga qoʼyilgan edi.

OʼzMU Fizika fakulьtetida «Navoyazot” АJda ishlab chiqarilgan poliakrilamidni uning flokulyatsion xususiyatlarini yaxshilash maqsadida oʼzgartirish» mavzuida qoʼshma ilmiy-texnik tadqiqotlar oʼtkazish va ular asosida xoʼjalik shartnomalari asosida ish olib borish masalalari tasdiqlangan edi. 2019 -2021 davrida ishlar uch jihatdan amalga oshirildi:

  1. «Navoiyazot» poliakrilamidning (PАА) tuzilishi va xossalari hamda poliakrialamid modifikatsiyasini oʼtkazishning asosiy jihatlarini aniqlash maqsadida Rossiya va Xitoy tomonidan ishlab chiqarilgan «Praestal-2500» polimerining analogini qiyosiy oʼrganish;
  2. Biologik faollikni baholash uchun gidrodinamik, reologik, spektroskopik tadqiqotlar va dala sinovlarini oʼtkazish yoʼli bilan poliakrilamid va oltingugurt (muborak gazni qayta ishlash zavodi) asosida biologik faol komplekslar, jel va kompozitlarni ishlab chiqish;
  3. Polimer aralashmalari va jellarning reologik xossalari PАА va oltingugurt asosida nanokompozitsion materiallarni shakllantirishga taʼsiri » mavzusida dissertatsiya ishi olib borilmoqda.

Olingan natijalar asosida 10 dan ortiq ilmiy ishlar chop etilgan.

«Navoiyazot» АJ va OʼzMU oʼrtasida 2021-yilning 4-choragida oʼtkazilgan tadqiqotlar yakuni boʼyicha xoʼjalik shartnomalari tuzish rejalashtirilgan.

Fizika fakulьtetida aynan shu hamkorlik doirasida ilmiy-amaliy izlanishlarning asosiy yoʼnalishlari quyidagicha belgilab olingan:

  1. Rux metalini rux elektrolitidan ajratib olishda xalakit qiluvchi yondosh ionlarni aniqlash;
  2. Mis metalini rux elektrolitidan ajratib olishda xalakit qiluvchi yondosh ionlarni aniqlash;
  3. Nodir metallarni miqdorini aniqlashda elektrokimyoviy usullarni qoʼllash;
  4. Nodir metallarni miqdorini aniqlashda optikaviy usullarni qoʼllash;
  5. Nodir metallarni miqdorini aniqlashda sorbtsion spektroskopik analiz usullarini qoʼllash;
  6. Ishlab chiqarishda xosil boʼlgan chiqindilar tarkibini xam sifat, xam miqdor tahlillarini olib borish, hamda ularni qishloq xoʼjaligi maxsulotlarini yetishtirishga jalb qilish;
  7. “Uzmetkombinat” АJning ishlab chiqarishda chiqindi tarzida ajralib chiqayotgan rux metalini qoldiqlarini qoʼllanilishi boʼyicha tadqiqodlar olib borish.

Hozirgi kunda Kimyo fakulьteti Аnalitik kimyo kafedrasi bilan Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi markaziy ilmiy tadqiqot laboratoriyasining analitik laboratoriyasi boshligʼi Ye.S. Serova va analitik laboratoriya muxandisi V.I.Kovalenko va D.B.Kurbanovalar bilan hamkorlikda Xrom va marganets ionlarini sorbtsion spektroskopik aniqlash usullarini ishlab chiqish boʼyicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aktsiyadorlik jamiyati Rux zavodi kimyo laboratoriya gurux boshligʼi Аtakulova N. bilan hamkorlikda Rux metallini ajratib olishda rux elektrolitidagi halaqit beruvchi ionlarni inversion volьtamperometrik aniqlash usullarini ishlab chiqish hamda xrom va marganets ionlarini sorbtsion spektroskopik aniqlash usullarini ishlab chiqish boʼyicha ilmiy tadqiqot ishlari ham yoʼlga qoʼyilgan. Mazkur ilmiy-amaliy izlanishlarning ustuvor vazifalari “Uzmetkombinat” АJning elektrda poʼlat ishlab chiqish sexidagi xosil boʼladigan muammolarni xal etishda analitik ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, ishlab chiqarishda ajralib chiqayotgan rux kukunlarini tarkibini tahlil qilish, hamda ularni qishloq xoʼjaligi va porfyumeriya sohalarida qoʼllanilish imkoniyatlarini oʼrganishdan iborat.

Bundan tashqari, Аmaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulьteti Navoiy togʼ-kon metallurgiya kombinati bilan hamkorlikda “Togʼ jinslari va gruntlarning plastik deformatsiyalanish va shikastlanish jarayonlarini matematik modellashtirish” ustuvor yoʼnalishi doirasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Bunda Muruntov karьerining V navbati doirasida olib boriladigan burgʼilash-portlash, togʼ nurashi va seysmik taʼsirlar ostida kon devorlarini, kuchlanish kontsentratsiyasi yuqori boʼlgan uchastkalarini, togʼ massivi pillapoyalarining lokal xarakterga ega boʼlgan deformatsiyalarini turgʼunligini taʼminlovchi optimal parametrlarini aniqlash masalasining matematik modeli, yechish usuli, algoritmi va dasturiy taʼminoti ishlab chiqiladi.Togʼ jinsi massivlarini kuchlanish-deformatsiya holatini oʼrganish doirasida olib boriladigan tadqiqotlar, geologik jarayonlarining holati, hamda foydali qazilmalarni joylashishi va paydo boʼlishi haqida asosiy maʼlumotlar olishni taʼminlaydi. Togʼ massivlarining kuchlanish maydonlarining parametrlarini oʼrganish, ularning mexanik yuklanishda, issiqlik va elektromagnit maydonlari vaqt boʼyicha oʼzgarishi, foydali qazilmalarni qidirishda, razvedka qilishda katta ilmiy va amaliy axamiyatga ega hisoblanadi.

Tadbir ishtirokchilari Navoiy davlat konchilik institutining oʼquv va ilmiy laboratoriya bazasi hamda texnoparki bilan yaqindan tanishib, Navoiy kon-metallurgiya kombinati va konchilik instituti oʼrtasida yaratilgan chuqur va oʼziga xos integratsiya tajribasi bilan yaqindan tanishdilar. Tadbir ishtirokchilari oʼquv va ilmiy tadqiqot sohalaridagi tajribalarni boshqa oliy taʼlim muassasalariga joriy qilish, laboratoriya bazalaridan jamoaviy foydalanishning samarali mexanizmalarini ishlab chiqish kabi dolzarb masalalarni muhokama qilishdi.

Mazkur forum doirasida oliy oʼquv yurtlari oʼzaro hamkorlikni maqsadli tashkil etish, ishlab chiqarish bilan mehnat bozori talablariga mos mutaxassislarni tayyorlash, korxonalardagi ishlab chiqarishga aloqador muammolarini yechishda kafedralar huzurida ilmiy markazlar tashkil etish orqali natijadorlikka erishishga kelishib olindi. Kelgusida ishlab chiqarish korxonalarining texnologik va iqtisodiy modernizatsiya qilishda oliy taʼlim muassasalari rolini oshirish mexanizmlari zarurligi qayd etildi.

Tadbir yakunida ishtirokchi oliy taʼlim muassasalari, Navoiy davlat konchilik instituti va Navoiy kon-metallurgiya kombinati oʼrtasida oʼzaro hamkorlik shartnomalar imzolandi.

OʼzMU Аxborot xizmati