O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi 3-bosqich talabasi
✔️Yutuqlari:
➖2024-2025 o‘quv yilida Navoiy nomli davlat stipendiyasi sohibasi.
➖2023-yil “Yil talabasi-2023” ko‘rik-tanlovining fakultet bosqichida “Yilning eng faol iqtidorli talabasi” nominatsiyasida 1-o‘rinni egallagan.
➖2023-yil O‘zbekiston Milliy universiteti miqyosida o‘tkazilgan “Yangi Konstitutsiya – taraqqiyot qomusi” ilmiy maqolalar tanlovida “Eng yaxshi xulosa va takliflar” nominatsiyasi bo‘yicha 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan.
➖2023-yil O‘zbekiston Milliy universiteti miqyosida o‘tkazilgan “Inson huquqlari bilimdoni –2023” ko‘rik-tanlovida ishtirok etib, “Eng yaxshi inson huquqlari universal shartnomalari bilimdoni” nominatsiyasida 3-o‘rinni olgan.
➖2024-yil O‘zbekiston Milliy universiteti iqtidorli talaba-yoshlari o‘rtasida Yoshlarni ekstremizm va terrorizm tahdidlaridan ogoh etishga bag‘ishlangan “Eng yaxshi infografika” tanlovida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan.
➖2024-yil “Yil talabasi-2024” Respublika tanlovining universitet bosqichida “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi boʻyicha faxrli 2-oʻrinni egallagan.
➖2024-yil Oliy ta’lim muassasalarining talaba-yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada shakllantirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan “Temur tuzuklari bilimdoni” nomli onlayn test sinovida 1-o‘rinni egallagan.
➖2024-yil “Sifatli ta’lim – taraqqiyot poydevori” mavzusidagi II Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida “Eng yaxshi maqola” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.
➖2024-yil “Yoshlarning qalbida vatanparvarlik ruhini yanada yuksaltirish” maqsadida tashkil etilgan tanlovda eng yaxshi insho bo’yicha
1-o’rinni egallagan.
➖2024-yil Respublika oliy ta’lim muassasalari talabari o‘rtasida oʻtkazilgan “Kitob bilan yuksalamiz” tanlovida 2-o‘rinni egallagan.
➖2024-yil O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovida jamoaviy ishtirok etib, 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan.
➖80 dan ortiq diplom, sertifikat va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan.
📑Ilmiy ishlari:
1 ta metodik qo‘llanma hammuallifi. 40 dan ortiq maqola va tezislari OAK ro‘yxatidagi jurnallar, xorijiy jurnallar, xalqaro va respublika konferensiyalarida chop etilgan.
B2 darajadagi milliy sertifikati mavjud.