E’lon! Bitiruvchi talabalar diqqatiga!

Namangan shahrida bitiruvchi yoshlar uchun tashkil etilgan “TalabaExpo–2025” kasb ko‘rgazmasi bugun, 7-avgust kuni o‘z ishini boshladi.
“Barkamol avlod” sport majmuasida bo‘lib o‘tayotgan ko‘rgazmada Namangan viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarining 10 867 nafar bitiruvchi talabalari qatnashmoqda.
Tadbir doirasida ishtirokchilarga 240 dan ortiq korxona va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan 1500 dan ziyod bo‘sh ish o‘rni, startap va innovatsion loyihalar, kredit dasturlari, moliyaviy maslahatlar, kasbga yo‘naltiruvchi seminar-treninglar, ish beruvchi tashkilotlar va institutlar taqdimotlari taklif etilmoqda.