Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Natija muborak universitetim, biroq bu hali chegara emas!

Maʼlumki, oxirgi ikki yilda Oʼzbekiston Milliy universiteti dunyoning bir qancha xalqaro reyting agentliklari tomonidan eʼlon qilib boriladigan reytinglarda ishtirok etib kelmoqda. Ilk qadam Green metric, Moscow International University Rankings, Times Higher Education Impact Rankings va QS University Rankings EECA kabi xalqaro reytinglarda ishtiroki boʼldi.

2020 yilda universitet xuddi shunday reytinglardan biri “Times Higher Education Impact Rankings 2020” reytingida 5 ta yoʼnalishda yaʼni Iqlim oʼzgarishiga qarshi kurash, Kambagʼalikni bartaraf etish, Ijtimoiy tenglik, Taʼlim sifati va barqaror ilmiy global xamkorlik boʼyicha ishtirok etgan edi. 2021 yilda esa universitet mazkur xalqaro reytingda oʼtgan yilga nisbatan koʼproq yoʼnalishlarda yaʼni 12 ta yoʼnalishda ishtirok etdi va bugun dunyoning 1000 tali kuchli universitetlar tarkibiga kirgan 1115 ta universitet orasidan 801+ oʼrinni egallab kuchli 1000 talik universitetlar qatoridan joy oldi.

Oʼtgan yilgi natijalar tahliliga qaralganda 2020 yil 5 ta yoʼnalish boʼyicha ishtirok etilgan boʼlsa, bu yil 12 ta yoʼnalish boʼyicha ishtirok etildi. Shuningdek, yoʼnalishlar boʼyicha natijalar tahlili shuni koʼrsatdiki, “Kambagʼallik yoʼq” (No poverty) yoʼnalishida 401+ oʼrinda, “Аrzon va toza energiya” (Affordable and clean energy) 301+, (Reduced inequalities) , “Iqlim oʼzgarishi” (Slimate action) 301+, “Gender tengligi” (Gender equality) 401+, “Sanoat, innovatsiya va infrastruktura” (Industry, innovation and infrastructure) 601+, “Barqaror jamiyat” 601+ natijalarga erishildi. Universitet professor-oʼqituvchilarining ilmiy izlanishlari, ilmiy loyihalari va universitetda mazkur yoʼnalishlarda amalga oshirilgan ishlar oʼtgan yilgiga nisbatan ancha oʼsganligi reyting koʼrsatkichlarida yaqqol koʼzga tashlandi.

Oʼzbekiston Milliy universiteti jamoasi 2021 yilda dunyoning boshqa reytinglarida ham ishtirok etib bugungi kunda oʼz natijalarini kutmoqda. Bu borada universitetda tizimli va manzilli ishlar olib borilmoqda. Bugun eʼlon qilingan Times Higher Education Impact Rankings natijalari biz uchun malaka va tajriba vazifasini bajargan boʼlsa eng asosiy reytinglar yaʼni Times Higher Education World University Rankings va QS World University Rankings larga kirish uchun esa albatta, vaqt va davomiy harakat zarur.

Xalqaro aloqalar boʼyicha prorektor

Raima Shirinova