Joriy yilning 10-yanvar kuni O’zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakultetida Germaniyaning akademik almashuv xizmati (DAAD tashkiloti) hamda Xorijiy filologiya fakulteti Nemis filologiyasi kafedrasi hamkorligida professor-o’qituvchilar uchun «Arbeiten mit Karten» («Xaritalar bilan ishlash») mavzusida mahorat darsi o’tkazildi.
Mahorat darsini DAAD tashkilotining O’zbekistondagi vakili hamda O’zbekiston Milliy universiteti Nemis filologiyasi kafedrasi lektori Daniel Gallmann olib bordi.
Mahorat darsida nemis tili darslarida geografik xaritalarni dars materiali sifatida qo’llashning ahamiyati, uning metodik jihatlari yoritilib, turli vazifa va topshiriqlar asosida mazkur bilimlar mustahkamlandi.
Ma’lumot o’rnida, germaniyalik mutaxassis Daniel Gallmann 2021-yildan buyon Nemis filologiyasi kafedrasi talabalariga «Mamlakatshunoslik», «O’rganilayotgan til amaliy aspektlari» kabi fanlardan bilimlar berish bilan birga, ularga Germaniyadagi turli grant va stipendiyalar yuzasidan amaliy yordam berib kelmoqda.