Joriy yilning 2-4 aprel kunlari Germaniyaning Marburg davlat arxivi xodimi, tarix, siyosat, geografiya va arxivshunoslik bo’yicha doktor Helga Klayfeld Xorijiy filologiya fakulteti Nemis filologiyasi kafedrasiga tashrif buyurib, ushbu kafedraning iqtidorli talabalariga «O’lkashunoslik» (Germaniya) fanidan blok seminarlar olib bordi. Ushbu seminarlarda asosan Germaniyaning tarixi, uning siyosati, madaniyati, diqqatga sazovor joylari to’g’risida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, doktor Helga Klayfeld Germaniyada yoshlar hayoti, ularning ta’lim olishi, qiziqishlari haqida ham ma’ruzlar qildi va talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.
Ma’lumot o’rnida, janob doktor Helga Klayfeld 2016 yildan buyon Nemis filologiyasi kafedrasi bilan hamkorlik olib boradi va 2023 yildan O’zbekiston Milliy universitetining faxriy professori unvoniga ega.