Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

NEMIS FILOLOGIYASI KAFEDRASI

Kafedra mudiri - Imyaminova Shuxratxon Salijanovna

 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

 Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00

 +998 90 135-05-12

e-mail: rumrreich@mail.ru


Nemis filologiyasi kafedrasi 1962-yilda tashkil etilgan. Kafedra tarkibida malakali oʻqituvchilar Rashidova D.F., Dansiger O.A. va boshqalar faoliyat yuritishgan. Kafedraning ilk mudiri dos. Rashidova D.F. boʻlgan. Keyin kafedrani turli yillar davomida f.f.n., dotsentlar Abduqadirova G.M., Isxaqova A.A., f.f.d, prof. Avazbayev N.A., dos. N.Yu.Shakirova, katta oʻqituvchi Medjitova X.T., lar boshqarib kelishdi. Kafedraga 2017-yilgacha oʻqituvchi N.V.Tyan rahbarlik qildi. Hozirda kafedrani f.f.n., professor Sh.S.Imyaminova boshqarmoqda.

Sh.S.Imyaminova – filologiya fanlari nomzodi, professor. Zamonaviy nemis va oʻzbek tillari boʻyicha mutaxassis. Ixtisosligi qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻshtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik. 9 ta darslik, 2 ta monografiya, 15 ta oʻquv qoʻllanma, 10 ta uslubiy qoʻllanma, 4 ta biobibliografik koʻrsatgich, 6 ta lugʻat va 6 ta nemis tilidan oʻzbek tiliga va oʻzbek tilidan nemis tiliga badiiy asarlar tarjimasi muallifi va tarjimoni. 200 dan ortiq chet ellarda va respublikamizda chop etilgan maqola hamda tezislar muallifi. Sh.S.Imyaminova qiyosiy frazeologiya va tarjima nazariyasi va amaliyoti maktabini yaratgan olima. “Yosh tarjimon” toʻgaragi rahbari. U Oʻzbekiston jahon tillari universiteti filologiya sohasi boʻyicha falsafa doktori (PhD) va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qiluvchi maxsus Kengash qoshidagi ilmiy seminar aʼzosi va Oʻzbekiston Milliy universitetidagi   ilmiy seminar ilmiy kotibi. Oʻzbekistonda nemis tili boʻyicha yagona professor ayol.

Hozirgi kunda kafedrada filologiya fanlari nomzodi, professor (Sh.S.Imyaminova), filologiya fanlari nomzodi, dos.v.b.(Zulxonov M.J.), filologiya fanlari nomzodi, katta oʻqituvchi (Toʻraqulova S.T.), 4 ta katta oʻqituvchi va 10 ta oʻqituvchilar faoliyat koʻrsatmoqdalar.

Nemis filologiya kafedrasi 1962-yildan shu kungacha 1 ta fan doktori, prof. Avazbayev N.A va 10 ta fan nomzodlari (f.f.n. Rashidova D.X., f.f.n. Abduqadirova G.M., f.f.n. Isxakova A.A., f.f.n. Kirshner V.T., N.Yu.Shakirova, Shadijonova Sh.U. (Germaniyada himoya qilishgan), f.f.n. Rezyapova N.F., Sh.S.Imyaminova, S.T.Toʻraqulova va D.T.Ibragimova) tayyorladi. Nemis filologiyasi kafedrasi “Filologiya va tillarni oʻqitish (nemis tili)” va Tarjima nazariyasi va amaliyoti yoʻnalishi boʻyicha proffesional mutaxassislar tayyorlashda ishtirok etadi. Nemis tili va adabiyotidan oʻrta umumtaʼlim va oʻrta maxsus taʼlim yurtlarida, shuningdek ishlab chiqarish va tarjima faoliyati bilan mutanosiblikda olib boriladigan filologiya sohalariga bakalavr mutaxassislar hamda Lingvistika (nemis tili) mutaxassisligi boʻyicha magistratura taʼlim uchun mutaxassislar tayyorlaydi. Bundan tashqari kafedra oʻqituvchilari universitetning ijtimoiy va tabiiy yoʻnalishlar boʻyicha fakultetlar talabalariga nemis tilidan dars beradi.

Nemis filologiyasi kafedrasida ilmiy – tadqiqot ishlari ikki yoʻnalishda olib boriladi:

1) Nemis va oʻzbek tillari frazeologiyasini qiyosiy tadqiqi. 

2) Tilda, adabiyotda va madaniyatda hind-yevropa hamda hind-yevropa boʻlmagan tillarda aloqalar. Kafedra ushbu mavzu boʻyicha 1994-yildan 2016-yilgacha Germaniyaning Myunster shahridagi Vilgelm nomidagi Vestfal Universiteti Germanistika instituti bilan ilmiy hamkorlik qilgan.

 2003-yil 5-dekabrda Myunster Universitetida (Germaniyada) yuqorida nomlari zikr etilgan univeversitetlar oʻrtasida ilmiy aloqalar boʻyicha 2003-yildan 2006-yilgacha boʻlgan   hamkorlik loyihasi imzolandi. 2004-yildan esa ilmiy aloqalar boʻyicha loyiha Germaniya akademik almashinuv xizmati (DAAD) tomonidan “Germanistika institutlarining hamkorligi” (GIP) granti doirasida qoʻllab quvvatlandi. Grant rahbarlari prof. Tomas Tomasek (Myunster) hamda f.f.n., dos. A.A.Isxakova (Toshkent). GIP granti keyinchalik 2004-yildan 2008-yilgacha uzaytirilgan. 2015-yildan to shu kungacha GIP loyihasi davom etib kelmoqda.

5-dekabr 2003-yilda Myunster universiteti (Germaniya) bilan 2003-yildan to 2006-yilgacha boʻlgan yuqorida nomlari zikr etilgan universitetlar oʻrtasida ilmiy xamkorlik xaqida shartnoma imzolandi.

         Nemis filologiyasi kafedrasi Myunsterdagi Vestfaliya universitetining Germanistika instituti tomonidan 2000dan ortiq ilmiy va oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlandi va oʻquv zali hamda kutubxona tashkil etildi.

         Grant doirasida (GIP) VVU olimlari (prof. doktor T. Tomasek, prof. doktor F.Xonemann, doktor E.Noys va prof., doktor D.Kremer) nemis filologiyasi kafedrasi aspirantlarining nomzodlik   ishlariga, shuningdek, kurs ishi va bitiruv ishlariga hamda magistrlik dissertatsiyalariga   rahbarlik qilishdi.

         2004-yil mart oyidan OʻzMUda VVU olimlari tomonidan 13 ta blok seminarlar oʻtkazildi, unda XFF nemis tili boʻlimi hamda Respublikadagi boshqa Oliy oʻquv yurtlari talaba va magistrlari ishtirok etdilar. XFF talabalari hamda Vestfal universitetining doktarontlari (Katya Sheller, Katrin Xyoner, Kristina Rchexak, Lili Tonger-Erk) pedagogik amaliyotlarini oʻtadilar.

Xalqaro grant (GIP) doirasida VVU olimlari (prof. dr. T. Tomasek, prof. dr. F. Xonemann, dr. E. Noys i prof. dr. D. Kremer) nemis filologiya kafedrasi aspirantlarining (Ibragimova D.T., Tyan N.V., Toʻraqulova S.T., Achilova G.) ilmiy tadqiqotlariga va shuningdek, Myunster universiteti Germanistika institutining taniqli olimlari talabalarning kurs, bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalarga ilmiy raxbarlik qilishdi.

Hamkorlik davrida nemis filologiya boʻlimidan 35 ta talaba va magistrlar Vestfaliya universitetida tahsil olib qaytdilar. Bu davrda Vestfaliya universiteti tomonidan 10 nafar tyutorlar nemis filologiya boʻlimi talabalari bilan amaliy mashgʻulotlar va seminarlar olib bordilar.

Kafedrada talaba amaliyotchilar ayriboshlash ishlari amalga oshiriladi. Vestfaliya universiteti tomonidan yuborilgan nemis talabalari OʻzMU qoshidagi 2 akademik litseyda pedagogik amaliyot oʻtaydilar (hozirgacha 50 dan ortiq talaba amaliyot oʻtadi).

Grant asosida Germaniyaga har yili oʻqish uchun eng yaxshi talaba, magistr  oʻqituvchilar  malakalarini oshirish uchun boradi. Kafedrada 2003-yildan toʻrtta xalqaro konferensiya oʻtkazildi:

1. 2002-yil 18-19-noyabr. Toshkentda  “Tilda, adabiyotda va madaniyatda hind-yevropa hamda hind-yevropa boʻlmagan kontakt” mavzusidagi birinchi xalqaro ilmiy konfenrensiya oʻtkazildi. Konferensiyada 26 ta oʻzbek va nemis olimlari oʻzlarining maʼruzalari bilan qatnashdi.

2. 2003-yil 1-3-dekabr. Myunsterdagi “Tilda, adabiyotda va madaniyatda hind-yevropa hamda hind-yevropa boʻlmagan kontakt” mavzusidagi ikkinchi xalqaro ilmiy konfenrensiya oʻtkazildi. 

3. 2007-yil 9-10-yanvar. Toshkentdagi  “Tilda, adabiyotda va madaniyatda hind-yevropa hamda tashqi hind-yevropa kontaktida” mavzusidagi uchinchi xalqaro ilmiy konferensiya oʻtkazildi. Unda ilk bor Germaniya hamda Oʻzbekiston olimlaridan tashqari xorijiy filologiya fakulteti nemis tili boʻlimi talabalari ham ishtirok etishdi. Uchinchi xalqaro konferensiyada nemis filologiyasi kafedrasining iqtidorli talaba va magistrlari oʻzining ilmiy-tadqiqot mavzulari bilan ishtirok etishdi.  2009-yil dekabr oyida  Toshkentda  “Tilda, adabiyotda va madaniyatda hind-yevropa hamda hind - yevropa boʻlmagan kontakt” mavzusidagi toʻrtinchi xalqaro ilmiy konferensiya oʻtkazilishi rejalashtirildi va bu anjuman boʻlib oʻtdi. Ushbu mavzudagi toʻrtinchi xalqaro anjuman 2012-yilning noyabr oyida Toshkentda boʻlib oʻtdi.

          2008-yil aprel oyida VVU hamda OʻzMUning  DAAD va Germaniyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi koʻmagida XFF nemis filologiyasi kafedrasi tarkibida “Germanistika markazi” ochildi.

Barcha oʻtkazilgan ilmiy anjumanlar ilmiy maqolalar toʻplamlarining 4 tasi Germaniyada chop etildi. 2012-yilda oʻtkazilgan ilmiy anjuman  maqolalar toʻplami  2016-yilning 10-martida OʻzMU rektoratida GFRning Oʻzbekistondagi elchisi janob  Naytxart Xyofer-Vissing ishtirokida mualliflarga tantanali topshirildi.

Nemis filologiyasi boʻlimini tugatgan talabalar respublikaning  oliy oʻquv yurtlarida, akademik-litsey, kasb-hunar kollejlarida shuningdek, xalq xoʻjaligining turli tarmoqlarida mehnat qilmoqdalar. Ular orasida chet elda mehnat qilayotgan diplomatlar, davlatning yuqori organlarida xizmat qilayotgan xizmatchilar, huquq tartibot organlari xizmatchilari, oliy oʻquv yurtlari nemis tili oʻqituvchilari bor.

Kafedra oʻqituvchilari  DAAD, Gyote institut va boshqa turli seminarlarda qatnashib oʻz malakalarini oshirib kelishmoqda.  

Nemis filologiya boʻlimi talabalari respublika va xalqaro miqiyosda nemis tilidan  oʻtkaziladigan turli olimpiada, konkurs hamda Myunster universitetining (Germaniya) talabalar almashish dasturida qatnashadilar. Keyingi uch yil ichida talabalar nemis tilidan respublika miqiyosida oʻtkazilgan olimpiadada ikki marta birinchi oʻrinni va Germaniya elchixonasi tomonidan oʻtkazilgan notiqlik sanʼati konkursida nufuzli oʻrinlarni egallashdi. Iqtidorli talabalarga kafedrada alohida eʼtibor beriladi. Kafedra qoshida bugungi kunda “Yosh tarjimon” toʻgaragi ish olib boradi va unga kafedra yetakchi oʻqituvchilaridan f.f.n., dos. Imyaminova Sh.S. va kat.oʻqit. Qoʻchqarova X. rahbarlik qilishadi. Oxirgi yillarida iqtidorli talabalarning 2 ta tarjimalar toʻplami kitobi chop etildi.

Bundan tashqari iqtidorli talabalar Respublika miqiyosida oʻtkaziladigan anjumanlarda oʻzlarining ilmiy raxbarlari bilan ilmiy izlanishlari natijalari toʻgʻrisida yozilgan maqolalari bilan qatnashishadi. Oxirgi 2 yilda kafedraning Novosbirsk Texnika universiteti chet tili kafedrasi bilan hamkorlikda oʻtkazilayotgan xalqaro yosh olimlar anjumanida iqtidorli talabalarimiz oʻzlarining ilmiy maqolalari bilan qatnashmoqdalar. Bu hamkorlik davom etmoqda. 


2 .Каfеdrada o’qitilayotgan fanlar

Bakalavr

Т/р Fanning nomi Fanning qisqa tavsifi
60230200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti (nemis tili) 1 kurs
  Oʻzbekiston oʻlkashunosligi Fanni oʻqitishdan maqsad –  talabalarga uzoq va porloq yoʻlga qadam qoʻygan Oʻzbekiston Respublikasi va xalqimiz ming yillik tarixini, hozirgi zamon sivilizatsiyasining eng yangi yutuqlarini egallayotgan, Vatanimiz maʼnaviy boyliklarini, anʼanalarini, iqtisodiyoti, madaniyati, fani yutuqlarini, uning bugungi xayoti va rivojlanish istiqbollari masalalarini talabalarimizga oʻrgatib borish va  ularni talabalar ongiga singdirishdan iboratdir.
  Tarjimashunoslikka kirish  Fanni oʻqitishdan maqsad - tarjimashunoslikning fan sifati, shakllanishi va rivojlanish tendensiyalari, ilk tarjima maktablari, fan rivojiga  hissa koʻshgan tarjimashunos olimlar va zamonaviy tarjima maktabi hamda tarjima ravnaqi toʻgʻrisida bilim, koʻnikma va malakaviy shakllantirishdan iborat.
  Tarjima amaliyoti koʻnikmalari  Fanni oʻqitishdan maqsad - tarjimashunoslikning fan sifatida shakllanishi va rivojlanish tendensiyalari, umumiy nazariy tushunchalar berish. Til sohasida toʻplangan nazariy bilimlarni tarjimachilikning muayyan turlariga yoʻnaltirish vazifasini bajaradi. Tarjimonlik sohasiga qobiliyati bor yoshlarda dastlabki fundamental tushunchalarni hosil qilish. Oʻrganilayotgan til vositasida tarjimaning nazariy muammolari va ularning amaliy yechimi borasida tarjimashunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilish mazkur fan doirasida amalga oshiriladi.
  Oʻrganilayotgan til amaliy aspektlari  Fanni oʻqitishdan maqsad – talabalarining chet tili boʻyicha bilim va koʻnikmalarini belgilangan meʼyorlarga muvofiq darajaga olib chiqish. Fanning vazifasi talabalarga chet tilini toʻrtta til koʻnikmalarini integrallashgan holda oʻrgatish hamda chet tilidan muloqot tili vositasi sifatida erkin foydalana olishlarini taʼminlashdan iborat.
  Ikkinchi xorijiy til  Fanni oʻqitishdan maqsad – ikkinchi chet tilining kommunikativ, lingvistik, sotsiologik, diskursiv, strategik, kasbiy, madaniy koʻnikmalarini tahlil qilishni oʻrgatish va integratsiyalashgan, kommunikativ yondashuvdan foydalanish.
5120200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti (nemis tili) kurs
1 Mamlakatshunoslik  Fanning oʻqitishdan maqsad - talabalarda tili oʻrganilayotgan mamlakatlar geografiyasi, tarixi, adabiyoti, sanʼati, fan va madaniyati, taʼlim tizimini shuningdek oʻzlarini oʻrab turgan atrof muhit haqidagi maʼlumotlar boʻyicha bilim, koʻnikma va malakalarni hamda sotsio-lingvistik va umum-madaniy kompetensiyalarini shakllantirishdan iborat. Fanning vazifasi - talabalar dunyoqarashini, estetik didini, mustaqil fikrlash qobiliyatini, xotirasini, aqliy mehnat madaniyatini, muloqot madaniyatini, mustaqil bilim olish malaka va koʻnikmalarini rivojlantirishdan iborat.
1 Tarjimashunoslikka kirish  Fanni oʻqitishdan maqsad - tarjimashunoslikning fan sifatida shakllanishi va rivojlanish tendensiyalari, ilk tarjima maktablari, fan rivojiga hissa qoʻshgan  tarjimashunos olimlar va zamonaviy tarjima maktabi hamda tarjima ravnaqi toʻgʻrisida bilim, koʻnikma va malakani shakllantirishdan iborat. Fanning vazifasi - tarjimashunoslik fani, tarjima taraqqiyoti, tarjima ravnaqi va tarjima maktablari hamda zamonaviy tarjima maktablari toʻgʻrisida chuqur va atroflicha bilim berishga qaratilgan. 
3 Tarjima amaliyoti koʻnikmalari  Fanni oʻqitishdan maqsad - tarjimashunoslikning fan sifatida shakllanishi va rivojlanish tendensiyalari, umumiy nazariy tushunchalar berish. Til sohasida toʻplangan nazariy bilimlarni tarjimachilikning muayyan turlariga yoʻnaltirish vazifasini bajaradi. Tarjimonlik sohasiga qobiliyati bor yoshlarda dastlabki fundamental tushunchalarni hosil qilish. Oʻrganilayotgan til vositasida tarjimaning nazariy muammolari va ularning amaliy yechimi borasida tarjimashunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilish mazkur fan doirasida amalga oshiriladi.
4 Oʻrganilayotgan til amaliy aspektlari  Fanni oʻqitishdan maqsad – talabalarining chet tili boʻyicha bilim va koʻnikmalarini belgilangan meʼyorlarga muvofiq darajaga olib chiqish. Fanning vazifasi talabalarga chet tilini toʻrtta til koʻnikmalarini integrallashgan holda oʻrgatish hamda chet tilidan muloqot tili vositasi sifatida erkin foydalana olishlarini taʼminlashdan iborat. Fanning asosiy vazifasi -  umumeʼtirof etilgan xalqaro meʼyorlarga koʻra talabalarning oʻrganilayotgan chet tilini S1 darajada egallashlari uchun zaruriy til aspektlarini oʻrgatish va muloqot malakalarini rivojlantirishdir.
5 Tarjima nazariyasi  Fanni oʻqitishdan  maqsad - tarjimaning keng jonli amaliyoti bilan bogʻliq boʻlgan qarashlar, nuqtai nazarlar, kuzatishlar, rang-barang tajribalarni ilmiy tanqidiy oʻrganadi, tarjima qoidalari va tamoyillarini, ularning chegaralari, meʼyorlarini talabalarga bayon qilish. Yevropa va Oʻzbekistonda tarjimachilikning rivojlanish tarixi, talabalarni tarjima jarayoni va tarjimadagi asosiy muammolar bilan tanishtirish asosiy maqsad qilib qoʻyilgan.
6 Ikkinchi xorijiy til   Fanni oʻqitishdan maqsad – ikkinchi chet tilining kommunikativ, lingvistik, sotsiologik, diskursiv, strategik, kasbiy, madaniy koʻnikmalarini tahlil qilishni oʻrgatish va integratsiyalashgan, kommunikativ yondashuvdan foydalanish.
5120200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti (nemis tili) kurs
1 Tarjima nazariyasi  “Tarjima nazariyasi” fani tarjimaning insoniyat faoliyatida tutgan oʻrnini, tarjimaning turlari, tilning oʻzidagi, tillar oʻrtasidagi tarjima, har hil koʻrinishdagi tarjima turlari, ogʻzaki va yozma tarjimalar, adabiy va texnik tarjimalar, adabiyot va maxsus matnlar tarjimalarining xususiyatlari, tarjima nazariyasining tarixi va hozirgi kundagi yoʻnalishlari, prinsiplari, hamda tarjima qilishning leksik, semantik va frazeologik muammolarini hal etishda tarjimashunoslikda muhim oʻrin tutadi.
2 Asosiy oʻrganilayotgan chet tili  Asosiy oʻrganilayotgan chet tili fani talabalarga chet tilida ogʻzaki nutqni tushunish, oʻz fikrini chet tilida bayon qilish, oʻqish va yozishni  oʻrgatish, chet tilida soʻzlashuvchi xalqlarning madaniyatini anglash hamda chet tilida chop etilgan turli autentik materiallarni tushuna olishni oʻrgatishni nazarda tutadi.
3 Til koʻnikmalari integratsiyasi  Til koʻnikmalari integratsiyasi fani lingvistik kurs hisoblanadi, hamda “Til koʻnikmalari integratsiyasi” va “Ogʻzaki nutq amaliyoti” (tinglash va gapirish) modullarini oʻz ichiga oladi. Mazkur fan til oʻrganishning toʻrt koʻnikmasi: soʻzlashish, tinglab tushunish, oʻqish va yozish buyicha koʻnikmalarni interfaollashgan holda rivojlantirishga xizmat qiladi. Fanni oʻzlashtirish jarayonida talabalarning Yevropa Kengashiiing “Chet tilini egallash umumevropa kompetensiyalari: oʻrganish, oʻqitish va baholash” toʻgʻrisidagi umumeʼtirof etilgan xalqaro meʼyorlari (CEFR) buyicha oʻrgangan chet tillarini kurslar kesimida B1 dan C1 darajagacha amalda qoʻllay olishlari nazarda tutiladi. Mazkur fan 1-4 kurslar davomida ikki modulga: “Til koʻnikmalari integratsiyasi” va “Ogʻzaki nutq amaliyoti” modullariga ajratilgan holda oʻqitiladi.
4 Stilistika va matn tahriri  Stilistika talabalarni til toʻgʻrisidagi asosiy nazariy tushunchalar, tilning ilmiy bilimlar tizimida tutgan oʻrni bilan tanishtirish, ularga til sathlarining nutqiy muloqot jarayonida kuzatiladigan asosiy qonuniyatlarini oʻrgatishni maqsad qiladi. Fanni oʻqitishdan maqsad – talabalarga tabiiy til mohiyatiga oid bilimlarni egallashga imkoniyat yaratish, ularda tilning ichki tuzilmasi, til qatlamlari va birliklarini ilmiy asosda tadqiq etish koʻnikmalarini shakllantirish, hamda ularning bir-biri bilan oʻzaro munosabatlari toʻgʻrisida tushunchalarga ega boʻlishlarini taʼminlash vazifalarini bajaradi.
5 Ketma-ket tarjima   Ketma-ket tarjima fanini oʻqitishdan asosiy maqsad – Chet tilini egallashning umumevropa kompetensiyalari: oʻrganish, oʻqitish va baholash (CEFR) toʻgʻrisidagi xalqaro meʼyoriy hujjatlari asosida talabalarning koʻrsatilgan fan boʻyicha olgan bilimlarini aniqlashni nazarda tutadi. Bunda chet tilini oʻqitishning kommunikativ, integrativ va boshqa yondashuvlarini hisobga olib, oʻrganilayotgan tillarda muloqot qilishga tayyorlash, talabalarda chet tilidan ona tiliga va ona tilidan chet tiliga tarjima qilish koʻnikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.
6 Yozma tarjima   Fanni oʻqitishdan maqsad talabalarning yozma tarjima qilish koʻnikmalarini shakllantirish va ularning yozma tarjima sohasidagi tushunchalarini shakllantirishdan iborat. Fanning vazifasi-oʻquv jarayonida zamonaviy tarjima usullarini qoʻllash, tarjima qilinadigan matnlarni asl nusxasi bilan taqqoslab tahlil qilish, tarjima sifatini aniqlash mezonlarini oʻrganish, zamonaviy va anʼanaviy usullarni ajrata olishga qaratilgan.
7 Leksikologiya va leksikografiya asoslari  Fanni oʻqitishdan maqsad – talabalarda hozirgi zamon ingliz tili leksikasining rivojlanish konuniyatlarini ochishga mos boʻlim, koʻnikma va malakalarini shakllantirishdir. Shuningdek, fanning maqsadi talabalarda lingvistik, lingvomadaniy va kommunikativ koʻnikma va malakalarni ingliz tili lugʻat boyligi orqali shakllantirishdan iborat. Fanning vazifasi talabalarga soʻz maʼnosi xususiyatlari, til lugʻat tarkibining asosiy birliklari, soʻzning morfologik, leksik semantik tuzilishi, soʻzlarning yasalishi, frazeologik birikmalar, soʻzlarning kelib chiqishini oʻrgatishdan iborat.
8 Qiyosiy tipologiya  Fanni oʻqitishdan asosiy maqsad – talabalarga tilshunoslikka oid bilimlarning nazariy asoslari, qiyosiy tipologiya fanining asosiy tushuncha va kategoriyalari, tamoyillarini oʻrgatish, hamda ularni amaliyotga tatbiq etish koʻnikmasini hosil qilishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy koʻnikmalar, tilning rivojlanish jarayonlariga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, toʻplangan nazariy bilimlarni til amaliyotida qoʻllash imkonini beradi
9 OAV tili  Ommaviy axborot vositasi fani doirasida talabalarga zamonviy mediya, ommaviy axborot vositalar tili va uslubi xaqida tushuncha, til birliklarini OAV tilida ifodasi, OAV til va uslub imkoniyatlaridan foydalanish, soʻz va matn ustida ishlash koʻnikmalari, OAV matnlarning grammatik tuzilishi kabi muhim bilimlar beriladi. Mazkur fanning maqsadi talabalarga kasbiy yoʻnalish doirasida tilning ijtimoiy-madaniy muloqot malakalarini rivojlantirish, xususan oʻrganilayotgan chet tilining funksional shakllari va uslublarini hamda egallangan bilim, koʻnikma, malakalarini kasbiy va ilmiy faoliyatda erkin qoʻllay olishlarini taʼminlashdir.
10 Xorijiy til (ikkinchi chet tili)   Fanning maqsadi – oʻrganilayotgan ikkinchi chet tilini kommunikativ, lingvistik, sotsiolingvistik, diskursiv, strategik, kasbiy, umummadaniy kompetentlikni integrallashgan yondashuv asosida oʻqitishdan iborat. Kompetentlik, kommunikativ va integrallashgan yondashuvlar xorijiy tilni faol kommunikativ muloqot vositasi sifatida kasbiy faoliyatda amaliy qoʻllay olish tamoyillariga koʻra belgilanadi.
60230100 – Filologiya va tillarni oʻqitish (nemis tili) kurs
1 Tilshunoslikka kirish   Fanni oʼqitishdan maqsad – tilshunoslik fani, uning boʼlimlari, oʼrganish obʼekti, boshqa fanlar bilan aloqasi haqida maʼlumot berish, talabalarni tilshunoslik fanining asosiy tushunchalari, kategoriyalari haqidagi bilimlar bilan taʼminlash, talabalarda olingan bilimlarni amalda qoʼllay olish malakasini shakllantirishdan iborat.
  Mustaqil taʼlim koʻnikmalari Fanni oʼqitishdan maqsad – talabalarga oliy taʼlim muassasasida taʼlim olishning oʼziga xos jihatlari, oʼz shaxsiy xususiyatlaridan kelib chiqib, oʼqish va oʼrganish usullarini mustaqil tanlash, taʼlim olishda refleksiyaning ahamiyati, oʼz-oʼzini baholash, bilimlarini takomillashtirish uchun maqsad va kelgusi rejalarni tuza olish borasida kerakli bilimlarni berishdan iborat.
  Oʻrganilayotgan til amaliy aspektlari  Fanni oʻqitishdan maqsad – talabalarining chet tili boʻyicha bilim va koʻnikmalarini belgilangan meʼyorlarga muvofiq darajaga olib chiqish. Fanning vazifasi talabalarga chet tilini toʻrtta til koʻnikmalarini integrallashgan holda oʻrgatish hamda chet tilidan muloqot tili vositasi sifatida erkin foydalana olishlarini taʼminlashdan iborat. Fanning asosiy vazifasi -  umumeʼtirof etilgan xalqaro meʼyorlarga koʻra talabalarning oʻrganilayotgan chet tilini S1 darajada egallashlari uchun zaruriy til aspektlarini oʻrgatish va muloqot malakalarini rivojlantirishdir.
  Amaliy fonetika  Fanni oʻkitishdan maqsad — talabalarga kasbiy yoʻnalish doirasida tilning ogʻzaki na yozma shakllarini oʻrgatish, ularning ijtimoiy-madaniy muloqot malakalarini rivojlantirish, xususan oʻrganilayotgan chet tilining funksional shakllari va uslublarini, til toʻgʻrisidagi amaliy va nazariy bilimlarini takomillashtirish hamda egallangan bilim, koʻnikma, malakalarini kasbiy va ilmiy faoliyatda erkin qoʻllay olishlarini taʼminlashdan iborat.
  Kommunikativ grammatika  Fanni oʻqitishdan maqsad - talabalarga kasbiy yoʻnalish doirasida tilning grammatikasi toʻgʻrisidagi amaliy va nazariy bilimlarini takomillashtirish hamda egallangan bilim, koʻnikma, malakalarini kasbiy faoliyatda erkin qoʻllay olishlarini taʼminlashdir.
  Adabiyotshunoslikka kirish   Fanni oʻqitishdan maqsad – talabalar “Adabiyotshunoslikka kirish” fani buyicha adabiyotning moxiyati, xususiyatlari, tarakkiyoti yullari, adabiy asar va adabiy xodisalar xakida bilim  berish va adabiy tahlil kunikmalarini xosil qilish.
  Ikkinchi xorijiy til  Fanni oʻqitishdan maqsad – ikkinchi chet tilining kommunikativ, lingvistik, sotsiologik, diskursiv, strategik, kasbiy, madaniy koʻnikmalarini tahlil qilishni oʻrgatish va integratsiyalashgan, kommunikativ yondashuvdan foydalanish.
5120100 – Filologiya va tillarni oʻqitish (nemis tili) kurs
1 Oʻrganilayotgan til amaliy aspektlari  Fanni oʻqitishdan maqsad – talabalarining chet tili boʻyicha bilim va koʻnikmalarini belgilangan meʼyorlarga muvofiq darajaga olib chiqish. Fanning vazifasi talabalarga chet tilini toʻrtta til koʻnikmalarini integrallashgan holda oʻrgatish hamda chet tilidan muloqot tili vositasi sifatida erkin foydalana olishlarini taʼminlashdan iborat. Fanning asosiy vazifasi -  umumeʼtirof etilgan xalqaro meʼyorlarga koʻra talabalarning oʻrganilayotgan chet tilini S1 darajada egallashlari uchun zaruriy til aspektlarini oʻrgatish va muloqot malakalarini rivojlantirishdir.
2 Madaniyatlararo muloqot   Fanni oʻqitishning maqsadi – inson hayotining barcha jabhalarini, shu jumladan uning kommunikativ faoliyatini qamrab oluvchi tizim sifatida madaniyat gʻoyasini shakllantirish. Fanni oʻqitishning vazifalari – madaniyatlarning har xil turlari va ularning asosiy xususiyatlari, odamlarning kommunikativ xatti-harakatlariga taʼsir etuvchi madaniy omillar toʻgʻrisida bilimlarga ega boʻlish; madaniyat nuqtai nazaridan kommunikativ xatti-harakatlardagi tafovutlarni tahlil qilish, boshqa madaniyatlarga xos boʻlgan aloqa strategiyasi va taktikasining mahoratini rivojlantirish, maʼlum bir madaniyatlararo kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish.
  Mamlakatshunoslik  Fanning oʻqitishdan maqsad - talabalarda tili oʻrganilayotgan mamlakatlar geografiyasi, tarixi, adabiyoti, sanʼati, fan va madaniyati, taʼlim tizimini shuningdek oʻzlarini oʻrab turgan atrof muhit haqidagi maʼlumotlar boʻyicha bilim, koʻnikma va malakalarni hamda sotsio-lingvistik va umum-madaniy kompetensiyalarini shakllantirishdan iborat. Fanning vazifasi - talabalar dunyoqarashini, estetik didini, mustaqil fikrlash qobiliyatini, xotirasini, aqliy mehnat madaniyatini, muloqot madaniyatini, mustaqil bilim olish malaka va koʻnikmalarini rivojlantirishdan iborat.
  Oʻzbekiston oʻlkashunosligi   Fanni oʻqitishdan maqsad –  talabalarga uzoq va porloq yoʻlga qadam qoʻygan, milliy istiqlolga erishgan, oʻz taqdiri va oʻz taraqqiyoti yoʻlini oʻzi belgilab olgan jonajon Vatanimiz, Oʻzbekiston Respublikasi va xalqimiz ming yillik tarixini, hozirgi zamon sivilizatsiyasining eng yangi yutuqlarini egallayotgan, Vatanimiz maʼnaviy boyliklarini, anʼanalarini, iqtisodiyoti, madaniyati, fani yutuqlarini, uning bugungi xayoti va rivojlanish istiqbollari masalalarini talabalarimizga oʻrgatib borish va  ularni talabalar ongiga singdirishdan iboratdir.
  Ommaviy axborot vositalari tili   Fanini oʻqitishdan maqsad -talabalarda zamonaviy mediya, ommaviy axborot vositasitili va uslubi xaqida tushuncha xosil qilish, ularda OAV va mediamatnlarning grammatik tuzilishi, ularning leksik-semantik va morfologik-sintaktik xususiyatlarini taxlil qilish boʻyicha koʻnikmalarni shakllantirishdan iborat.
  Leksikologiya Leksikologiya fanining vazifasi zamonaviy nemis tilini hayotning turli jabhalarida qoʻllashni bilish, bugungi kunda tilning asosiy birligi boʻlgan soʻz, nemis tilining lugʻat tarkibi, uning rivojlanish jarayonlari va uning frazeologik fondi xaqida olimlarning nazariyalari hamda konsepsiyalari bilan talabalarni tanishtirish, amaliy jihatdan tilning lugʻat tarkibi jamiyat hayoti bilan chambarchas bogʻliq ekanligi va bugungi kunda hayotning barcha jabhalarida roʻy berayotgan va tilning lugʻat tarkibida aks etayotgan oʻzgarishlarni oʻrganishni, yangi soʻz va iboralar paydo boʻlishi, bir qator soʻz va iboralar faol qoʻllanishdan chiqishi va soʻz maʼnolari oʻzgarib borishi  toʻgʻrisida bilimlarni shakllantirish, bu xaqda toʻla maʼlumot bera olish bilim, koʻnikmalarga ega boʻlishni taʼminlashdir.
  Ikkinchi xorijiy til  Fanni oʻqitishdan maqsad – ikkinchi chet tilining kommunikativ, lingvistik, sotsiologik, diskursiv, strategik, kasbiy, madaniy koʻnikmalarini tahlil qilishni oʻrgatish va integratsiyalashgan, kommunikativ yondashuvdan foydalanish.
5120100 – Filologiya va tillarni oʻqitish (nemis tili) kurs
1 Adabiyotshunoslik va jahon adabiyoti  Chet tilida badiiy adabiyotni oʻqkish va mazmunini anglash, chop etilgan badiiy asarlar, davriy matbuot nashrlarida bu soha boʻyicha bayon etilgan asosiy vokea-hodisalar toʻgʻrisida oʻqib, maʼlumotga ega bulish hamda ularni ogʻzaki soʻzlab berish, mazmunini yozma bayon etish kabi fan doirasida oʻrganiladigan masalalar talabalarning kelajakdagi kasbiy faoliyatlarida katta ahamiyat kasb etadi. Ushbu fandan oʻtiladigan maʼruza, seminar mashgʻulotlarida matn bilan ishlash asosida talabalarning nutqiy malakasini oshirish orqali turli xil nutq uslublarini egallash imkoniyati yaratiladi. Mashgʻulotlarda asosiy eʼtibor kommunikativ yondashuvga qaratiladi.
2 Ogʻzaki nutq koʻnikmalari   Ogʻzaki nutq koʻnikmalari fani talabalarga chet tilida ogʻzaki nutqni tushunish, oʻz fikrini chet tilida bayon qilish nazarda tutadi. Mazkur fan doirasida talabalar Yevropa Kengashining “Chet tilini egallash umumevropa kompetensiyalari: oʻrganish, oʻqitish va baholash” toʻgʻrisidagi umumeʼtirof etilgan xalqaro meʼyorlari (CEFR) ga koʻra kurslar kesimida B1-C1  darajaga mos keladigan til materiallarini tushunish va oʻz fikrlarini ogʻzaki ravishda ifoda etishni oʻrganadilar.
3 Oʻqish va yozma nutq koʻnikmalari   Oʻqish va yozma nutq koʻnikmalari fani talabalarga oʻrganilayotgan chet tilida oʻqish va yozish mahoratini oʻrgatishni nazarda tutadi. Mazkur fan doirasida talabalar Yevropa Kengashining “Chet tilini egallash umumevropa kompetensiyalari: oʻrganish, oʻqitish va baholash” toʻgʻrisidagi umumeʼtirof etilgan xalqaro meʼyorlari (CEFR) ga koʻra kurslar kesimida B1 – C1 darajaga mos keladigan til materiallarini tushunish, mazmunini tahlil qilish, mavzularga oid turli matn turlarini oʻqib, tinglab mazmunini tushunishlari va oʻz fikrlarini yozma ravishda ifoda etishni oʻrganadilar.
4 Tinglab tushunish kompetensiyasi  Mazkur fanning maqsadi talabalarga kasbiy yoʻnalish doirasida tilning ogʻzaki shakllarini oʻrgatish, ularning ijtimoiy-madaniy muloqot malakalarini rivojlantirish, xususan oʻrganilayotgan chet tilining funksional shakllari va uslublarini, til toʻgʻrisidagi amaliy va nazariy bilimlarini takomillashtirish hamda egallangan bilim, koʻnikma, malakalarini kasbiy va ilmiy faoliyatda erkin qoʻllay olishlarini taʼminlashdir.
5 OAV tili   OAV tili  fani talabalarga chet tilida ommaviy axborot vositalarini va uslubini tushunish, OAV til va uslub ikoniyatlaridan foydalanish, oʻz fikrini chet tilida bayon qilish, tili urganilayotgan va chet tilida soʻzlashuvchi xalqlarning madaniyatini anglash hamda chet tilida chop etilgan turli matbuot manbaalaridagi autentik materiallarni tinglab tushuna olishni oʻrgatishni nazarda tugadi.
6 Nutq madaniyati  Fanni oʻqitishdan maqsad - talabalarga nutq madaniyatini oʻrganish tarixiga oid maʼlumotlar, madaniy nutq, unga qoʻyiladigan talablar xaqida toʻla maʼlumot berish, nutqning asosiy sifatlari (toʻgʻriligi, aniqligi, tozaligi mantiqiyligi, taʼsirchanligi, maqsadga muvofiqligi) toʻgʻrisida maʼlumot berish, olingan nazariy bilimlar asosida adabiy nutq malakalarini shakllantirish. “Nutq madaniyati” fanini oʻqitishda talabalarning oʻzbek tilshunosligi, falsafa, mantiq kabi fanlardan egallagan bilimlariga asoslanadi.
  7 Chet tillarni oʻqitish metodikasi   Tillar oʻqitish metodikasi va taʼlim texnologiyalari fani ixtisoslik fani sanalib, u talabalarni ham nazariy, ham amaliy jihatdan oliy va oʻrta taʼlim muassasalari oʻqituvchisini kasbiy faoliyatga tayyorlaydi. Fanning dolzarbligi oʻqituvchi faoliyati uchun birlamchi hisoblangan pedagogik koʻnikma va mahoratning shakllanish zaruriyati bilan belgilanadi.
8 Leksikologiya Leksikologiya lingvistikaning asosiy boʻlimi boʻlib, u tilning lugʻat tarkibi, til birliklarining semantik xususiyatlari, frazeologik birikmalari, soʻz yasash usullari, til lugʻat tarkibining etimologiyasi, lugʻatshunoslik, til variantlari, shevalari va shunga oʻxshash dolzarb muammolarni har tomonlama oʻrganib, oʻrganilayotgan tildagi soʻzlarning xususiyatlari va qonuniyatlarini yoritib beradi.
9 Stilistika   Fanni oʻqitishdan maqsad – talabalarga tabiiy til mohiyatiga oid bilimlarni egallashga imkoniyat yaratish, ularda tilning ichki tuzilmasi, til qatlamlari va birliklarini ilmiy asosda tadqiq etish koʻnikmalarini shakllantirish, hamda ularning bir-biri bilan oʻzaro munosabatlari toʻgʻrisida tushunchalarga ega boʻlishlarini taʼminlash vazifalarini bajaradi.
10 Til birliklari semantikasi  Fanni oʻqitishdan maqsad - lingvistik terminologiya mohiyatini tushungan holda va nazariy bilimlarni chet tillarini amaliy oʻrganish jarayonida qoʻllay olish koʻnikmalarini shakllantirishdan iborat. Fanning asosiy vazifalari - talabalarga tilning semantik tizimliligi toʻgʻrisida aniq tasavvur berish; talabalarni soʻzning maʼnosini uning tarixiy rivojlanishi natijasi sifatida koʻrib chiqishga oʻrgatish; talabalarni paradigmatika va sintagmatikadagi til birliklari semantikasini aniqlashga, soʻzlarni semantik xususiyatlari boʻyicha tasniflashga oʻrgatish; talabalarni semantik tadqiqot muammolari, zamonaviy semantik tadqiqot usullari va yondashuvlari bilan tanishtirishdan iborat.
11 Nemis  tili darslarida vazifalar va mashqlar  Nemis  tili darslarida vazifalar va mashqlar fani oʻqitishdan maqsad – talabani chet til oʻqituvchisi kasbiy faoliyatiga nazariy hamda amaliy jihatdan tayyorlashdan iborat. Zamonaviy metodikaning asosiy muammolari bilan tanishtirish, darsni tashkillashtirishda oʻquvchilarning bilim saviyasiga, qiziqishiga oid vazifalar va mashqlar tanlashni talabalarga oʻrgatish fanining asosiy vazifasi sanaladi.
12 Oʻquv va media materiallaridan foydalanish  Oʻquv va media materiallaridan foydalanish fanini oʻqitishdan maqsad – talabani chet til oʻqituvchisi kasbiy faoliyatiga nazariy hamda amaliy jihatdan tayyorlashdan iborat. Zamonaviy metodikaning asosiy muammolari bilan tanishtirish, oʻquv mashgʻulotlarida oʻquvchilarning bilim saviyasiga, qiziqishiga oid oʻquv va media materiallarini tanlashni va dars jarayonida ulardan unumli foydalanishni talabalarga oʻrgatish fanining asosiy vazifasi sanaladi.
13 Xorijiy til (Ikkinchi xorijiy til)  Fanning maqsadi – oʻrganilayotgan ikkinchi chet tilini kommunikativ, lingvistik, sotsiolingvistik, diskursiv, strategik, kasbiy, umummadaniy kompetentlikni integrallashgan yondashuv asosida oʻqitishdan iborat. Kompetentlik, kommunikativ va integrallashgan yondashuvlar xorijiy tilni faol kommunikativ muloqot vositasi sifatida kasbiy faoliyatda amaliy qoʻllay olish tamoyillariga koʻra belgilanadi
5120100 – Filologiya va tillarni oʻqitish (nemis tili) kurs
1 Asosiy oʻrganilayotgan chet tili  Mazkur fanning maqsadi talabalarga kasbiy yoʻnalish doirasida tilning ogʻzaki va yozma shakllarini oʻrgatish, ularning ijtimoiy-madaniy muloqot malakalarini rivojlantirish, xususan oʻrganilayotgan chet tilining funksional shakllari va uslublarini, til toʻgʻrisidagi amaliy va nazariy bilimlarini takomillashtirish hamda egallangan bilim, koʻnikma, malakalarini kasbiy va ilmiy faoliyatda erkin qoʻllay olishlarini taʼminlashdir.
2 Tilshunoslik   Tilshunoslik fanining asosiy maqsadi tilshunoslik fani, uning boʻlimlari, oʻrganish obyekti, boshqa fanlar bilan aloqasi haqida maʼlumot berish, talabalarni tilshunoslik fanining asosiy tushunchalari, kategoriyalari haqidagi bilimlar bilan qurollantirish, talabalarda olingan bilimlarni amalda qoʻllay olish malakasini shakllantirish kabi vazifalarni hal etishni taqozo qiladi.
3 Tili oʻrganilayotgan mamlakatlar adabiyoti  Fanning maqsadi - talabalarni nemis adabiyoti namoyandalari va ularning asarlari bilan tanishtirish jarayonida klassik namunalarni tahlil qilish, ulardagi nazariy va amaliy bilimlarini shakllantirish, taʼlimiy -tarbiyaviy va badiiy- estetik ruxni tarbiyalashni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻyadi.
    4 Oʻrganilayotgan til nazariy aspektlari   Oʻrganilayotgan til nazariy aspektlari Nazariy fonetika, Nazariy grammatika, Leksikologiya, Oʻrganilayotgan til tarixi, Stilistika, Qiyosiy tipologiya xususiyatlari kabi nazariy fanlarni oʻz ichiga oladi. Oʻrganilayotgan til nazariy aspektlari tilning jihatlari, tilning grammatik strukurasi (tuzilishi), tilning lugʻat tarkibi, til birliklarning shakllanishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari til variantlari, shevalarning funksional jihatlari va shuna oʻxshash dolzarb muammolari har tamonlama oʻrganib, oʻrganilayotgan tildagi soʻzlarning tarixi, maʼno oʻzgarishi turlari xususiyatlari va tillar tarihi davrlari hamda til taraqqiyotining qonuniyatlarini yoritib beradi.
5 Qiyosiy tipologiya  Fanni oʻqitishdan asosiy maqsad – talabalarga tilshunoslikka oid bilimlarning nazariy asoslari, qiyosiy tipologiya fanining asosiy tushuncha va kategoriyalari, tamoyillarini oʻrgatish, hamda ularni amaliyotga tatbiq etish koʻnikmasini hosil qilishdan iborat.
6   Tarjima nazariyasi va amaliyoti  Fanni oʻqitishdan maqsad – talabalarga chet tilidan ona tiliga va ona tilidan chet tiliga tarjima qilishning nazariy va amaliy jihatlarini oʻrgatish, yozma va ogʻzaki tarjima amaliyoti boʻyicha bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.
7 Adabiyotshunoslik   Fanning asosiy maqsadi talabaga adabiyotshunoslik boʻyicha bilim berish boʻlib, unda badiiy asar mohiyati va ijod psixologiyasi, adabiy tur va janrlar, badiiy asarning shakli va mazmuni, poetik nutq, uslub va shu kabi bir qator nazariy qonuniyatlarni aniq badiiy asarlarga tatbiq etgan holda oʻrgatishdan iboratdir
8   Darsni rejalashtirish  Dars rejalashtrish fani oʻqitishdan maqsad – talabani chet til oʻqituvchisi kasbiy faoliyatiga  amaliy jihatdan tayyorlashdan iborat. Zamonaviy metodikaning asosiy muammolari bilan tanishtirish, darsni rejalashtirish va tashkillashtirishda oʻquvchilarning bilim saviyasiga, qiziqishiga, mavzularning dolzarbligini va oʻquvchilarning imkoniyatlarini inobatga olgan xolda darsni rejalashtirishni talabalarga oʻrgatish fanining asosiy vazifasi sanaladi.
9 Frazeologiya va frazeografiyaning dolzarb muammolari  Frazeologiya va frazeografiyaning dolzarb muammolari maxsus kursini  oʻqitishdan maqsad – talabalarga Frazeologiyaning dolzarb muammolari maxsus kursining oʻrganish obyekti boʻlgan tilshunoslikning oʻz ichiga olgan frazeologiya boʻlimi nemis tilining lugʻat tarkibining asosi uning frazeologik fondi toʻgʻrisida maʼlumot berishdan iboratdir. Tilning lugʻat tarkibini frazeologizmlar xisobiga boyib borishi  jamiyat hayoti bilan chambarchas bogʻliqdir.
10 Xorijiy til (ikkinchi chet tili)  Fanning maqsadi – oʻrganilayotgan ikkinchi chet tilini kommunikativ, lingvistik, sotsiolingvistik, diskursiv, strategik, kasbiy, umummadaniy kompetentlikni integrallashgan yondashuv asosida oʻqitishdan iborat. Kompetentlik, kommunikativ va integrallashgan yondashuvlar xorijiy tilni faol kommunikativ muloqot vositasi sifatida kasbiy faoliyatda amaliy qoʻllay olish tamoyillariga koʻra belgilanadi.

2. Kafedrada o‘qitilayotgan fanlar

Magistratura

Т/р Fanning nomi Fanning qisqa tavsifi
70230101 – Lingvistika (nemis tili) 1-kurs
1 Zamonaviy lingvistika  Fanni oʻqitishdan maqsad – magistrlarga lingvistik tahlil metodlari hamda ularga oid zarur termin va tushunchalar, shuningdek, mazkur metodlarning yaratilishi, ularning taraqqiyot bosqichlari, asoschilari hamda ilmiy tushunchalarning ilmiy mohiyatini oʻrgatishdan iborat. Fanning vazifasi - talabalarga umumiy tilshunoslikning zamonaviy yoʻnalishlari talqinida chogʻishtirma metodologiyasini qoʻllanilishi hamda ularni amaliyotda tatbiq etish koʻnikmasini hosil qilishdan iborat.
2 Chogʻishtirma tilshunoslik  Fanni oʻqitishdan maqsad – talabalarda chogʻishtirma tilshunoslikka oid bilimlarining nazariy asoslarini, uning asosiy tushuncha va terminologik apparatini, kategoriyalash muammolarini, chogʻishtirma metodikasi va tamoyillarini oʻrgatishdan iborat.
3 Lingvistik tahlil metodlari  Fanni oʻqitishdan maqsad - magistrlarga lingvistik tahlil metodlari hamda ularga oid zarur termin va tushunchalar, shuningdek, mazkur metodlarning yaratilishi, ularning taraqqiyot bosqichlari, asoschilari hamda ilmiy tushunchalarning ilmiy mohiyatini oʻrgatishdan iborat. Fanning vazifasi - talabalarga umumiy tilshunoslikning zamonaviy yoʻnalishlari talqinida lingvistik tahdil metodlari qoʻllanilishi hamda ularni amaliyotda tatbiq etish koʻnikmasini hosil qilishdan iborat.
4 Mutaxassislik tanlov fani 1: Matn lingvistika   Fanning maqsadi  – magistrantlarda  matn lingvistikasi metodologik,  tamoyillari,  bazaviy  muammolari  va  asosiy  tushunchalari boʻyicha mutaxassislik profiliga mos ilmiy bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirish  va  takomillashtirish,  hamda  matn  lingvistikai  sohasida ilmiy tadqiqot olib borish koʻnikmalarini rivojlantirish.
5 Mutaxassislik tanlov fani 1: Lingvokulturologiya asoslari  Fanni oʻqitishdan maqsad – magistrantlarda lingvokulturologiyaning metodologik prinsiplari, dolzarb muammolari va asosiy tushunchalari boʻyicha mutaxassislik profiliga mos ilmiy bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirish va takomillashtirish hamda zamonaviy lingvistik yoʻnalishlari sohasida ilmiy tadqiqot olib borish koʻnikmalarini rivojlantirishdan iborat.
6 Mutaxassislik tanlov fani 2: Leksikografiya asoslari   Fanni oʻqitishdan maqsad – magistrantlarda leksikografiyaning metodologik prinsiplari, dolzarb muammolari va asosiy tushunchalari boʻyicha mutaxassislik profiliga mos ilmiy bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirish va takomillashtirish hamda zamonaviy lingvistik yoʻnalishlari sohasida ilmiy tadqiqot olib borish koʻnikmalarini rivojlantirishdan iborat.
7 Mutaxassislik tanlov fani 2: Qiyosiy frazeologiyaning dolzarb muammolari  Fanni oʻqitishdan maqsad – talabalarda qiyosiy frazeologiyaga oid  bilimlarining  nazariy asoslarini, uning asosiy tushuncha va terminologik apparatini, kategoriyalash muammolarini, chogʻishtirma metodikasi va tamoyillarini oʻrgatishdan iborat. Fanning vazifasi - talabalarga frazeologiyaning zamonaviy yoʻnalishlari talqinida  chogʻishtirma metodologiyasini qoʻllanilishi hamda ularni amaliyotda tatbiq etish koʻnikmasini hosil qilishdan iborat.
8 Mutaxassislik tanlov fani 3: Semantika   Fanni oʻqitishdan maqsad – talabalarda til toʻgʻrisidagi asosiy nazariy tushunchalar, chet tilini oʻrganishning uslub va yondashuvlari, tilning ilmiy bilimlar tizimida tutgan oʻrni bilan tanishtirish, ularga til sathlarining nutqiy muloqot jarayonida kuzatiladigan asosiy qonuniyatlarini oʻrgatishdan iborat.
9 Mutaxassislik tanlov fani 3: Psixolingvistika asoslari  Fanni oʻqitishdan maqsad – talabalarda til toʻgʻrisidagi asosiy nazariy tushunchalar, chet tilini oʻrganishning uslub va yondashuvlari, tilning ilmiy bilimlar tizimida tutgan oʻrni bilan tanishtirish, ularga til sathlarining nutqiy muloqot jarayonida kuzatiladigan asosiy qonuniyatlarini oʻrgatishdan iborat.
5А 120102 – Lingvistika (nemis tili) 2-kurs
1 Mutaxassislik tanlov fani 4: Korpus lingvistika  Fanni oʻqitishdan maqsad – magistrantlarda korpus tilshunosligi tushunchalari bilan tanishtirish, korpus texnologiyalar asoslarini oʻrgatish, korpuslar bilan ishlash texnologiyalarini egallashdan iborat.
2 Mutaxassislik tanlov fani 4: Maxsus fanlarni oʻqitish metodikasi  Ushbu fanning maqsadi magistrantlarni oliy taʼlim tizimida maxsus fanlarni oʻqitish metodikasi, metodologiyasi, nazariy va amaliy asoslari, ularning kelgusidagi pedagogik va ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun zarur boʻladigan zamonaviy pedagogik va psixologik bilimlar bilan tanishtirish
3 Mutaxassislik tanlov fani 5: Sotsiolongistika  Fanni oʻqitishdan maqsad – magistrlarda sotsiolingistikaning  metodologik prinsiplari, dolzarb muammolari va asosiy tushunchalari boʻyicha mutaxassislikka oid  ilmiy bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirish va takomillashtirish hamda zamonaviy lingvistik yoʻnalishlari sohasida ilmiy tadqiqot olib borish koʻnikmalarini rivojlantirish.
4 Mutaxassislik tanlov fani 5: Pragmalingvistika  Fanni oʻqitishdan maqsad – magistrantlarda pragmalingvistikaning asosiy muammolari boʻyicha tayanch ilmiy bilimlar berish va pragmalingvistikaning dolzarb muammolari va asosiy tushunchalari boʻyicha mutaxassislikka mos ilmiy bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirish va takomillashtirish hamda zamonaviy lingvistik yoʻnalishlari sohasida ilmiy tadqiqot olib borish koʻnikmalarini rivojlantirishdan iborat.

3. Tadqiqotchilar va ilmiy ishlar to‘g‘risida

  Tadqiqotchi professor-o‘qituvchining F.I.Sh Ilmiy darajasi, unvoni   Dissertatsiya ishi mavzusi
1 Imyaminova Shuhratxon Salijanovna f.f.n., professor Bo’g’in hosil bo’lishining lingvistik va statistik tadqiqi (ko’p bo’g’inli so’zlar misolida)
2 Yakubov Sadirjon Bakiyevich f.f.n., dotsent O’zbekiston va Germaniya adabiy, madaniy, siyosiy va iqtisodiy aloqalari(1960-1975)
3 Zulxonov Mustafo Jurayevich f.f.n., dot.v.b. Turli tizimdagi tillarda so’z oxiridagi ikki fonemali undosh birikmalarning linvostatistik tahlili (nemis va o’zbek tillari materiali asosida)
Tasdiqlangan dissertasiya mavzulari
10 Tyan Natalya Viktorovna katta o’qituvchi German-skiv leksik izoglosslari, O’zMU kengashining 2021-yil 29-oktabridagi 4-son yig’ilishi qarori
11 Umirzoqova Fotima Irisbayevna katta o’qituvchi O’zbek va nemis tillaridagi (tafakkur) semali birliklarning semantik, sintagmatik tadqiqi
12 Zoirov Alisher Abdugapporovich o’qituvchi Nemis va o’zbek tillarida “zamon” konseptining kommunikativ-kognitiv xususiyatlari
Magistrlik dissertasiyalari mavzulari
70230101 – Lingvistika (nemis tili) 1-kurs
1 Yusupova Iroda Yusupovna magistrant Nemis tilida “Ayol” konseptiga oid frazeologik birliklar semantikasi
2 Rizayeva Manzura Numon qizi magistrant Nemis tilida metonimiyaga asoslangan frazeologizmlar
3 Jo’ramirzayev Iqboljon Soxibjon o’g’li magistrant Nemis tilida zoonomik frazeologik birliklarning lingvokulturologik va pragmatik aspekti
4 Mansurova Shahlo Odilbekovna magistrant Nemis tilida frazeologizmlarning semantik va pragmatik tadqiqi
5 Ahmedova Gulira’no Ibragim qizi magistrant Nemis tilida pul munosabatlari bilan bog’liq frazeologizmlarning xususiyati
6 Ilyosov Alisher Ne’matullayevich magistrant Nemis tilida gazeta va publisistik matnlardagi komizmlarda til vositalarining berilishi
7 Asilxonova Irodaxon Nuriddinxo’ja qizi magistrant Стилистические аспекы функционирование характерологической лексики в современном немецком языке
8 Kaxorova Munisa Tulkinovna magistrant Nemis tilida somantik frazeologizmlarning lingvokognitiv aspekti
9 Sodiqov Tolibjon O’rolboy o’g’li magistrant Nemis tilidagi frazeologizmlarning lingvo-stranavik aspekti
10 Ergasheva Gulshan Sadriddin qizi magistrant Nemis tilida insonning intellektual salohiyatini aks ettiruvchi frazeologizmlar
5А 120102 – Lingvistika (nemis tili) 2-kurs
1 Ergasheva Zuhra Qahramon qizi  magistrant Nemis tilida frazeologik antroponimlar va ularning struktur – semantik xususiyatlarining tadqiqi
2 Primqulova Pokiza Shuxrat qizi    magistrant Nemis tilida konseptual metaforaning xususiyatlari
3 Nurqulov Javlon Rashid oʻgʻli  magistrant Hozirgi zamon nemis tili siyosiy diskursida evfemizmlarning struktural, semantik va pragmatik aspekti
4 Ernazarov Uchqun Abdixalilovich  magistrant Hozirgi nemis ommaviy axborot vositalarida frazemalarning semantik tadqiqi
5 Matxaliqova Nilufar Shukurillayevna  magistrant Nemis tilida frazeologik sinonimiya va uning struktrual -semantik tadqiqi
6 Karimova Ozoda Norbek qizi  magistrant Nemis tilida idiomalarning lingvomadaniy xususiyatlari
7 Saidzokirov Ahmadshoh Amrumiyayevich    magistrant Nemis tilida kinoya va pichingni ifodalovchi soʻzlarning lingvomadaniy xususiyatlari
8 Zaripova Ziyodajon Rustam qizi  magistrant Nemis tilidagi anekdotlarning lingvomadaniy xususiyatlari tadqiqi
9 Jabborova Dilobar Abdiqodir qizi  magistrant Nemis tilida “schön (hübsch)”- goʻzallik konseptining kognitiv metaforik va lingvokognitiv tadqiqi
10 Roʻziyeva Xadicha Nusratullayevna  magistrant Nemis tilida “Hand” komponentli frazeologizmlarning kognitiv xususiyati
11 Umarova Kamola Murodillayevna  magistrant Nemis tilida frazeologik antonim va uning struktural va semantik tadqiqi
12 Nekmurodova Dildora Ixtiyorovna  magistrant Nemischa-oʻzbekcha lugʻat tuzishning nazariy va amaliy asoslari tadqiqi
13 Hamrayeva Muattar  Azimjanovna  magistrant Nemis tilidagi badiiy asarlarda frazeologizmlarning struktural semantik tadqiqi
             

4 Mahalliy va xorijiy hamkorlar haqida ma'lumot

т\р Xorijiy/mahalliy universitet nomi Shartnoma yoki memorandum imzolangan sana Universitet bilan aloqa olib boradigan mas'ul shaxsning ismi sharifi va tel raqami Shartnoma muddati
1 Gyote Instituti 13.12.2021 Germaniyaning Gyote Instituti direktori Yan Helfer 2 yillik
2 Toshkent viloyati Ohangaron tuman XTB ga qarashli 42-sonli maktab 15.09.2021 42-sonli maktab direktori Sh. Xidirboyev +998(71) 252 43 59 10 yillik
3 Toshkent shahridagi Gyote nomidagi 60-ixtisoslashgan umumta’lim maktabi 25.10.2021 Toshkent shahridagi Gyote nomidagi 60-ixtisoslashgan umumta’lim maktabi direktori T.P. Nekrasova +998 (71) 252 34 59 10 yillik

5. Kafedra tarkibi

Фамилия исми шарифи Электрон почта
1. Imyaminova Shuxratxon Salijanovna rumrreich@mail.ru
2. Yakubov Sadirjon Bakiyevich sadirjan.yakubov1@gamil.com
3. Zulxonov Mustafo Jurayevich mustafozulxonov@gmail.com
4. Umirzakova Fotima Irisbayevna umirzakova_f@mail.ru
5. Boʻribayeva Sharofat Abduraxmanovna sharofat-74@mail.ru
6. Tyan Natalya Viktorovna nat_tyan@mail.ru
7. Narmatova Ayjan Polatovna naramatova_1982@mail.ru
8. Hafizov Gʻayrat Abduhakimovich gayrat.khafizov@mail.ru
9. Achilova Nilufar Mansurovna nilufar_uz2002@mail.ru
10. Tashpulatov Shuxrat Ximmatillayevich tashpulatov_sh@mail.ru
11. Komolova Shaxnozaxon Adxamovna komolova_shahnoza@mail.ru
12. Saidova Durdona Akrom qizi  
13. Xudanova Shaxnoza Norbutayevna xudanova_sh@mail.ru
14. Malikov Fazliddin Sabidin qizi fazliddinmalikovshox@mail.ru
15. Xasanova Musallam Moʻminovna hasanovamusallam@gmail.com
16. Shamuroatova Guliston Yuldashevna guliston.shamuratova@bk.ru
17. Zoirov Alisher Abdugapparovich olmos1978@inbox.ru

7. To’garaklar

1. “Yosh tarjimon".  to‘garak  raxbari  Imyaminova Shuxratxon Salijanovna