
9-may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Milliy universitetida “Nomingiz dillarda mangu yashaydi” mavzusida jasorat darsi va ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Milliy universitetining Yoshlar masalalari ma’sullari, talabalar va magistrantlar, shuningdek, yurtimiz mudofaa tizimida uzoq yillar xizmat qilgan faxriy harbiylar ishtirok etdilar.


Tadbirning ochilish marosimida moderator tomonidan tashkiliy ma’lumotlar berilib, uchrashuvning ahamiyati va maqsadi haqida qisqacha to‘xtalib o‘tildi.
So‘nggi yillarda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, tarixiy xotira va milliy g‘ururni mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlar doirasida o‘tkazilgan ushbu uchrashuvda faxriy mehmonlar – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlari faxriysi, general-mayor Ataxanov Raxmatilla Nigmatillayevich va polkovnik Rajabov Odiljon Roxataliyevich ishtirok etib, o‘zlarining xizmat yo‘llari, Vatan oldidagi burchni sharaf bilan bajarish haqidagi xotiralari bilan bo‘lishdilar.




Tadbir yakunida talabalar faxriy harbiylarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, jonli muloqotda ishtirok etdilar.
Mazkur uchrashuv yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, tinchlik va jasorat kabi yuksak fazilatlarni shakllantirishga xizmat qilgan muhim ma’naviy-ma’rifiy dars bo‘ldi.
O‘zMU Axborot xizmati