Novosibirsk Davlat universiteti vakillari Tarix fakultetiga tashrif buyurishdi
Bugun, 25-mart kuni O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakultetida Novosibirsk Davlat universiteti Gumanitar fanlar instituti rahbariyati va professor-o‘qituvchilari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
“Shimoliy va Markaziy Osiyo tadqiqotchilari Konsorsiumi doirasidagi ko‘p tomonlama ilmiy hamkorlikning dolzarb masalalari” mavzusida tashkil etilgan mazkur uchrashuv avvalida O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti dekani, professor Alisher Muminov hamda Novosibirsk Davlat universiteti Gumanitar fanlar instituti direktori, professor Andrey Zuyev hamkorlik samaralari va istiqbollari haqida fikr bildirishdi.
Uchrashuv davomida joriy yilda hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar muhokama qilindi. Har yili an’anaviy tarzda hamkorlikda tayyorlanadigan monografiyani ushbu yilda ham nashr etishga kelishib olindi.
Shuningdek, tashrif chog‘ida Novosibirsk Davlat universiteti Gumanitar fanlar instituti olimlarining talabalar uchun ma’ruzalari ham tashkil etildi.