🔴 Bugun, 23 sentyabr kuni O‘zbekiston milliy universitetiga AQSh Savdo departamentining Yuridik maslahat xizmati (Commercial Law Development Program – CLDP) xodimi Jeyms D. Filpi, CLDP Xalqaro dasturlar bo‘yicha mutaxassisi hamda Richard Kahun Allen Kornell universitetining professori Gonsales-Villert tashrif buyurdi.
🔴 Mehmonlarni xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Raima Shirinova hamda universitet bo‘lim boshliqlari samimiy kutib oldilar. Mehmonlarga universitetning ta’lim va ilmiy yo‘nalishlari bo‘yicha ma’lumot berildi.
🔴 Delegatsiya rahbari Jeyms D. Filpi CLDP – AQSh Savdo departamentining faoliyati, ya’ni 60 dan ortiq mamlakatlarda savdo, investitsiya va innovatsiya sohasida huquqiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, akademik va ilmiy hamkorlikni rivojlantirishda hamda patentlarni xalqarolashtirishda faol ishtiroklari to‘g‘risida ma’lumot berdi.
🔴 Uchrashuv jarayonida asosiy e’tibor ilmiy loyihalarni amalga oshirish jarayonlarini takomillashtirish, ularning natijalariga xalqaro patent olish va ularni tijoratlashtirish masalalariga qaratildi.
🔴 Muloqot yakunida har ikki tomon universitet professorlarining noyob ishlanmalarini xalqaro patent olish va tijoratlashtirish bo‘yicha mualliflar bilan onlayn muloqotlar olib borishga kelishib oldilar.


