Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

OʻzMU professor-oʻqituvchilari AQSHda oʻtkazilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

Oʻzbekiston Milliy universitetining bir guruh professor-oʻqituvchilari mazkur yilning 20-23-noyabr kunlari Amerika Qoʻshma Shtatlarining Chikago shahrida oʻtkazilgan xalqaro ilmiy konferensiyada ishtirok etishdi.

Jumladan, 20-noyabr kuni Ekologiya fakulteti professori, geografiya fanlari doktori N.Komilova va Fakultetlararo ingliz tili kafedrasi katta oʻqituvchisi D.Nazarovalar Shimoli-sharqiy Illinoys universiteti (Northeastern Illinois University) Geografiya va atrof-muhit fanlari kafedrasi tomonidan oʻtkazilgan “Geografik bilimdonlik” (“Geographical awareness”) nomli ilmiy-amaliy tadbirda qatnashishdi hamda shu kafedraning professor-oʻqituvchilari, ilmiy tadqiqotchi va talabalari bilan uchrashishdi.

Shimoli-sharqiy Illinoys universiteti (NEIU) professorlari Melinda Stori, Ting Liu, Aleks Broz va tadqoqotchi Irene Staki bilan o‘tgan uchrashuvda 2025-yilda hamkorlikda amalga oshiriladigan xalqaro innovatsion loyihalar bo‘yicha muhokama qilindi.

OʻzMU professor-oʻqituvchilari 21-23-noyabr kunlari “Atrof-muhit va hayot fanlari” (“Environment and life sciences”) xalqaro ilmiy konferensiyasida ishtirok etdi. Chikago universiteti Geografiya va urbanizatsiya kafedrasi ijrochi direktori, professor Mari Bez Pudup, Mansueto instituti Geografiya fanlari kafedrasi ilmiy tadqoqotchisi Cheril Veyantlar bilan hamkorlik rejalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Atrof-muhit va urbanistika fanlari kafedrasi professori Evan Karver va tadqiqotchilarga OʻzMU huzurida bajarilayotgan “Global iqlim o‘zgarishlari sharoitida Toshkent shahrining urboekologik vaziyati (inson ekologiyasi va kasalliklar hududiy tarkibidagi o‘zgarishlar, xaritalashtirish masalalari)” AL-7823051713-sonli loyiha mazmuni va loyiha doirasida olib borilayotgan ishlar, olingan natijalar bo‘yicha taqdimot qilindi.

O‘zMU Axborot xizmati