Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

OʻzMU talabalari Olma-Ota shahridagi yozgi maktabda faol ishtirok etishdi

Qozog'istonning Olma-Ota shahridagi Qozoq-German Universitetida “Green Central Asia” dasturi doirasida “8-Green Summer School” bo'lib o'tdi. Unda yosh ilmiy izlanuvchilar, xususan, O'zbekiston Milliy universiteti Gidrometeorologiya fakulteti magistrant bitiruvchisi - Darxon Yarashev va 3-bosqich talabasi Farruh Imomnazarovlar "Suv va yer resurslarini boshqarish bo'yicha ilmiy bilimlarni Markaziy Osiyoda sohada qarorlar qabul qilish bilan bog'lash" mavzusida o'z bilimlarini oshirdilar.